O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə75/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146
Укув кулланма 2022

Nazorat uchun savollar:


  1. Jamoa nima?

  2. O‘quvchilar jamoasi ishlab chiqarish jamoalaridan qanday farqlanadi?

  3. Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.

  4. Jamoani shakllantirish qanday bosqichlarda kechadi?

  5. Jamoani tashkil etish metodikasida nimalar aks etishi lozim?

10 – MAVZU: OILA - SHAXS TARBIYASINING SUB'YEKTI SIFATIDA




Reja:


  1. Shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o’rni.

  2. Oilada o’quvchilar hayotini tashkil etish

  3. Oilaning tarbiyaviy vazifalari

  4. Oila, mahalla va maktab hamkorligi.



Tayanch tushunchalar!


Oila, tarbiya, zamonaviy oilalar rivoji, komil inson tarbiyasi, oila funksiyalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya.



  1. Shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o’rni. Oila – jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.

Mustaqillik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma'naviy o‘zgarishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy e'tibor berib kelinmoqda.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab qo‘yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari va boshqa zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, bu borada tegishli huquqiy poydevor yaratilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Oila har qaysi jamiyatning kichik bo‘g‘inidir, oilalar birlashib, jamiyatni tashkil etadi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi, shu bilan birga oila-murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-maydagi PF-3434-raqamli farmoni va unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni bajarilishi bo'yicha bugungi kunda respublikamizda qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta'sirini ko'trsatganidek, oiladagi o'zgarishlar ham jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi, oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi, uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat mafaatdor bo‘ladi. Oilada ma'naviy va jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozimligi zarur. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog'ligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalshning
ustivor yo'nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi to'g'risida”gi 242-sonli qarorining bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Oilashunos olimlar: D.Abdullaeva, N.Islomova, F.Xabibullaevlar tomonidan oilaning asosiy funksiyalari turlicha tasniflangan:
Bu o'rinda oilaning xo'jalik-maishiy va emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalari; oilaning iqtisodiy funksiyasi - oila iqtisodi, byudjeti, daromadi, kundalik xarajati; oilaning reproduktiv funksiyasi (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash); oilaning tarbiyaviy funksiyasi – oila a'zolarining aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga asos solinishi.
Oilada asosan quyidagi omillarga tayaniladi: ruhiy xotirjamlik, samimiylik munosabatlarining shakllangan bo'lishi, ota-onaning obro'si yuqori darajadaligi, bolalarga talab qo'yishda oiladagi kattalar o'rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatda tarbiyalashda alohida e'tibor berish lozimligidir. Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, kommunikativ, rekreativ, tarbiyaviy funksiyalarida jamiyatning, davlatning ahamiyati beqiyos. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi va yordam beradi.
Bolalarni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash masalalari xalqimiz uchun qadimdan muhim masala bo‘lib kelgan. Bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar. Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilada farzandlar baxtiyor bo‘lishlari, o‘sib ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari, sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamolotga yetishishlari lozim. Oilaning har bir a'zosi g‘amho‘rlik, baxt, mehr-muhabbat tuyg‘ulari asosida o‘zining qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, tenglik va birdamlikka ega bo‘lishlari kerak. Ta'lim jarayoni sub'ektlari bo‘lmish bolalar uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlar ta'minlanishi, hurmat qilinishi zarur. Voyaga yetmaganlarning shaxs va sub'ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasining o‘sishi, jamiyat tomonidan belgilangan odob-axloq, xulq normalariga mosligi ularning kelajakda jamiyatning teng huquqli fuqarosi sifatida faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Bolaning ongi asosan 5—7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta'sirida ma'naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Xalqimizning «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», degan dono maqoli shu azaliy haqiqatni yaqqol aks ettiradi.
Odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi, yetakchilik xislatlariga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi, dunyoqarashi — bularning barchasi avvalo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasdiqlab beradi.
Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay boshlaydi, uning beg‘ubor ongi bamisoli bosma qog‘oz singari oiladagi, yon-atrofdagi barcha voqyea-hodisalarni, ularning‘ zamiridagi taassurotlarni o‘ziga shimib-sing‘dirib oladi. Uning ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va hurmati, o‘zini o‘rab turgan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib boradi.
Xonadondagi har bir narsa — daraxt va o‘simliklarlardan, turli o‘yinchoqlar, uy hayvonlarigacha barchasi bolaning ko‘ziga go‘yoki olamning beqiyos mo‘jizasi bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni o‘zi uchun kashf qiladi.
Taassufki, ba'zi ota-onalar o‘z farzandining ana shunday qiziqishi va intilishlariga, uning ongu tafakkurida har kuni bir o‘zgarish ro‘y berib, ko‘zida yangi- yangi savollar paydo bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Biz o‘z farzandlarimizning baxtu saodatini, iqboli va kamolini ko‘rishni istar ekanmiz, nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko‘ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida doimo o‘ylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan mas'uliyat borligini unutmasligimiz zarur.
Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Oila tarbiyasi o‘z milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a'zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi. Oiladagi sog‘lom turmush tarzi- kelgusida farzandlarning qanday inson sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv maskanlarida beriladigan ta'lim-tarbiya darajasi bilan o‘quvchi-talaba shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan ta'minlanganligi hamda ta'lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning tarkib topib borishini jadallashtiradi.
“Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi”1. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma'qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud emas.
O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‘p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi.


  1. Yüklə 1,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin