O‘quvchilar jamoasi o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyish etadi: 1) o‘quvchilarning jamoaviy faoliyatga tayyorliklari, ruhiy tetiklikka egaliklari; 2) jamoa uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar mohiyatini anglash, ularni ardoqlash va o‘z qadr-qimmatini baholash; 3) jamoa a’zolari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro birlik, hamjihatlik va yordam ko‘rsatish tuyg‘usining qaror topganligi; 4) jamoadagi ishchan, jamoa faoliyatini tashkil etishda faollik ko‘rsatish; 6) jamoa a’zolarida o‘z hissiy tuyg‘ularini boshqara olishlari, muomala, muloqot, nutq va yurish-turish qoidalariga amal qilish ko‘nikmasining shakllanganligi.
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o‘quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Puxta o‘ylangan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning o‘rnatilishini ta’minlaydi.
O‘qituvchilar tomonidan puxta o‘ylab qo‘yilgan talablar quyidagi holatlarda ijobiy natija beradi:
Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.
Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim.
Jamoaga nisbatan qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.
O‘quvchi qo‘yilayotgan talablar hajmi va tizimini bilibgina qolmasdan, talab qo‘yish metodikasini ham o‘zlashtira olgan bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar jamoasiga nisbatan talablarni qo‘yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirish, talablarning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish, o‘quvchilar faoliyati, qo‘yilayotgan talablarning bajarilishini muntazam nazorat qilib turishdan iborat.
O‘quvchilarni talablar bilan tanishtirish ko‘pincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta’lim muassasasining direktori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktr o‘rinbosari istiqbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. Tanishtirish ko‘pincha amalda ko‘rsatish, guruhlarda guruh majlislari yoki maxsus suhbatlarni uyushtirish asosida amalga oshiriladi.
Xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni
tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish. O‘quvchilar talablarni yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi.
Talablarning qo‘yilishi jarayonida ularga o‘quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat o‘rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Qo‘yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo‘lishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan o‘quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq. Har bir o‘qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakati jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. Ishchan jamoa faolini shakllantirish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir o‘quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur.
Faollarni tarbiyalashda o‘quvchilarning jamoadagi obro‘si ham inobatga olinadi. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o‘zlari o‘qituvchi ishtiroki va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.
Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. O‘qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo‘yadi. O‘quvchilar jamoasida faol rahbarligida o‘z-o‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. Shu bois o‘qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.
O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishi bu o‘qituvchilar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda o‘quvchilarning faol ishtirok etishidir. O‘z-o‘zini boshqarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yig‘ilishi, konferensiyasi hamda turli komissiyalar (masalan, o‘quv komissiyasi yoki tozalik komissiyasi) faoliyati muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa an’analarijamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati va jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Jamoaan’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: