O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish andozasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə73/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146
Укув кулланма 2022

Shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish andozasi


O‘quvchilar jamoalarida rasmiy yetakchilar bilan birga norasmiy yo‘lboshchilarning mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Odatda rasmiy yo‘lboshchilar tarkibini a’lo baholarga o‘qiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi o‘quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga ko‘ra tengdoshlarini o‘z ortlaridan ergashtira oladilar. Bunday o‘quvchilar boshqalardan jismonan kuchliligi, qat’iyatliligi, hech narsadan cho‘chimasligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy
qiyofasi boshqa o‘quvchilarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois sinf rahbari hamda maktab pedagogik jamoasi bunday liderlarning faoliyatini bevosita va bilvosita nazorat qilib borishlari zarur.
O‘quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to‘laqonli ma’lumotlarga ega bo‘lishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
Demak, jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Jamoa o‘zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon qiladi. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlariga ko‘ra to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi. Jamoani shakllantirish o‘ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Jamoaning mustahkam bo‘lishi, a’zolari o‘rtasida o‘zaro yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.
4. O’quvchilar jamoasiga pedagogik rahbarlik. Shaxsning jamoada qaror topishi. AL va KHK o‘quvchilarining jamoalarga o‘qituvchi va rasmiy saylangan (tayinlangan) o‘quvchi yo‘lboshchilik qiladi. Ular sirasiga guruh rahbari, guruh faollari (xususan, guruh yetakchisi (starosta), “Yoshlar” itiffoqining guruh bo‘limi raisi, tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muharriri va boshqalar).
O‘quvchilar jamoasi unga rahbarlik qiladigan o‘qituvchilar va bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo‘lib, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga, o‘ziga xos psixologik muhit va an’analariga ega bo‘ladi.
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. Jamoaning har bir a’zosida ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish ko‘nikmasini hosil qila olishi jamoa a’zolari orasida barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin