O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə44/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

O‘n birinchi mavzu: Terminologik lug‘atlar, ularning mazmun
va sifatini aniqlash


Reja:

  1. O‘zbek terminografiyasining shakllanishi. 2.Mustaqillik davri o‘zbek terminografiyasi.



Asosiy tushunchalar: terminologik lug‘atlar, izohli lug‘at, etimologik lug‘at, lug‘at tuzilishi, baynalmilal so‘zlar, biologik jins, bosh so‘z, tarix terminlari, harbiy terminlar, yuridik terminlar, tibbiy terminlar, klinik terminlar.

O‘zbek terminologik lug‘atlari, ta’bir joiz bo‘lsa, fan sohalarining deyarli barchasini qamrab olgan deyish mumkin. Aniq fan sohalari kabi ijtimoiy-gumanitar fan sohalari doirasida qo‘llanuvchi terminlarning ma’no-mohiyatini ifodalashga yo‘naltirilgan lug‘atnavislik (terminografiya) ishlari respublika ilmiy-tadqiqot institutilari yetakchi olimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan. Terminologik lug‘atlarning aksariyati rus tilidan o‘zlashgan terminlarning o‘zbek tilida ifodalanish masalasiga bag‘ishlangan. Albatta, o‘zbek terminografiyasida mavjud asarlarning ko‘lamini hisobga olib, ayrim fan sohalari, chunonchi, tibbiyot, huquqshunoslik, tarix, tilshunoslik, harbiy ish doirasida yaratilgan ba’zi terminologik lug‘atlarga to‘xtalamiz.


O.Usmonov va R.Doniyorov tomonidan 1979-yili “O‘zbekiston” nashriyotida 15000 adadda tuzatilgan va to‘ldirilgan holda ikkinchi marta nashr qilingan “Ruscha internatsional so‘zlar izohli lug‘ati”, mualliflar ta’kidlaganidek, o‘zbek tilining keng ma’nodagi izohli lug‘ati bo‘lmay, uning vazifasiga faqat rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlarni, shuningdek, o‘zbekcha gazeta va jurnallarda, ilmiy-ommabop va ijtimoiy-siyosiy asarlarda uchraydigan ruscha-baynalmilal va ilmiy-publitsistik terminlarnigina o‘z ichiga olgan va ularga o‘zbek tilida o‘zlashtirilishi asosida izoh berilgan, izohlanayotgan so‘zlarning etimologiyasi (kelib chiqishi) haqida ham ba’zi ma’lumotlar keltirilgan. Lug‘atdan joy olgan so‘z va terminlar rus tilidan va rus tili orqali qadimgi yunon, lotin hamda Yevropa va qisman Sharq xalqlari tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar va terminlar hisoblanadi. Bu so‘z va terminlarning bir qismi sof ruscha o‘zlashmalar bo‘lib, qolgan qismi esa xalqaro, baynalmilal yoki internatsional xarakterga ega
bo‘lgan. Mazkur lug‘at mutaxassislarga emas, balki keng o‘quvchilar ommasiga, xususan, ziyolilar va talabalarga mo‘ljallangan edi. Lug‘atning tuzilish tartibi tubandagicha ko‘rinishni hosil qilgan:
Bosh so‘zlarning barcha so‘z va terminlari alifbe tartibida berilgan va ular yirik qora harflar bilan terilib, har qaysisi abzatsdan boshlangan.
So‘z yoki termin ko‘p ma’noli bo‘lsa, u holda ma’nolarning har biri arab raqamlari bilan ko‘rsatilgan va ular o‘zaro nuqta bilan ajratilgan.
Bosh so‘z yoki termin boshqa so‘z bilan qo‘shilib ishlatilganda, u holda bosh so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yilib, ketidan tarkibida o‘sha so‘z yoxud termin kelgan so‘z birikmasi berilgan.
Tarkibida bosh so‘z ishlatilgan turg‘un so‘z birikmalari, tarkibli terminlar ham misol tarzida berilgan. Lug‘atda ular romba ishorasi bilan ajratilib, qora kursiv bilan belgilangan: absolyut... absolyut namlik va h.k.
Biologik jinsni anglatuvchi so‘zlarning har ikki shakli ham lug‘atga kiritilgan: laborant – laborantka, stenografist – stenografistka va h.k.
Mexanizatsiya, dezinfeksiya, koordinatsiya kabi so‘zlar mexanizatsiyalash, dezinfeksiyalash, koordinatsiyalash singari o‘zbekcha shakllari bilan yonma-yon berilgan.
Vuz, zags, dot, dzot, nep, radar singari qisqartmalar o‘zbek tilida mustaqil, yaxlit so‘z yoki termin sifatida lug‘atdan o‘rin olgan.
Omonimlar lug‘atda alohida-alohida berilgan, bir-biridan rim raqami bilan ajratilgan.
Omoformlar ham rim raqamlari bilan ajratilib, alohida-alohida talqin qilingan.
Sinonimlar mutlaq ma’noniga ega bo‘lsa, u holda izoh eng faol qo‘llanadigan sinonimga berilib, kam ishlatiladigan yoki eskirgan ma’nodoshi so‘z.ayn.o‘zi. ishorasi orqali unga havola qilingan: Lokator. Radiolokator so‘z.ayn.o‘zi va h.k.
Antonim so‘z yoki terminlar mustaqil tarzda berilgan bo‘lsa-da, lekin ular bir-biriga havola qilinmaydi. Mobodo bunday xavola antonim so‘zlardan birining yoki har ikkisining ma’nosini ochishga, izohlashga yordam bersa, unday holatda ular bir-biriga havola qilingan: mikroskopik...; aksi –makroskopik va h.k.
O‘zbek ilmiy terminlogiyasiga mansub bo‘lgan qo‘shma va murakkab qisqartma so‘zlarning tarkibiy qismlari lug‘atda bosh so‘z tariqasida berilgan: avia-, avto-, agro-, geo-, gidro-, mikro-, moto-, radio-, tele-, ultra-, foto- kabi.
Lug‘atda keltirilgan so‘zlarga o‘rni bilan fiz., tex., mat., geol., astr.,

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin