O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə41/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

ma’raka “jang”. Hozirgi o‘zbek terminologiyasi ham stilistik sinonimlardan xoli emas: gepatit-sariq, moychechak-romashka, qiynash- azoblash-iskanjaga olish va h.k. Ilmiy-texnikaviy terminlar tarkibida stilistik terminlar uchramaydi.
Turli terminologik sistemalarda qo‘llanuvchi ayg‘oqchi-josus, implantatsiya-transplantatsiya “ko‘chirib o‘tkazish”, maosh-nafaqa, miqdoriy ustunlik-miqdoriy ortiqlik, narx-baho, xandaq-choh-o‘ra, asir- til, hujum-hamla, karvon-oboz,biyobon-dasht-sahro-cho‘l, frazeologiya- idioma-turg‘un so‘z birikmasi-turg‘un birikma-frazeologik birlik- frazeologik birikma-frazeologizm-frazema singari leksik birliklar semantik termin-sinonimlar uyasini yuzaga chiqaradi.
Sir emaski, ikki so‘z yoki termin leksik ma’nosining o‘zaro zid ifodaga ega bo‘lishi ekstralingvistik hodisa hisoblanmish antonimiyani yuzaga chiqaradi (Mirtojiyev 2010.233).
Bir semantik maydonda mavjud bo‘ladigan antonim juftliklar o‘zbek terminlogiyasi tizimiida azaldan faol qo‘llangan. Qadimgi turkiy til va eski turkiy til leksik boyligida bay “boy, badavlat, mulkdor”/čiǧay “yo‘qsil”; qullïǧ “quldor”/qul “qul, g‘ulom”; yatǧaq “tungi soqchilar” / turǧaq “kunduzgi soqchilar”; asïǧ “foyda, kirim” / yas “ziyon, chiqim”; alïmcï “qarz, kredit beruvchi” / berimči “qarzdor, kredit oluvchi”; alïm “kirim, foyda” / berim “qarz, chiqim”; yaylaǧ “yozgi qo‘nimgoh” / qïšlaǧ “qishki qo‘nimgoh”; yaš “hayot” / olum “o‘lim”; yaǧuq “qarindosh” / yat “begona, yot”; yaǧï “dushman”/ yaǧuq “do‘st, birodar” singari antonim juftliklar keng qo‘llanishda bo‘lgan.
Eski o‘zbek adabiy tilida ushbu hodisaning yanada rivojlangani kuzatiladi: foyda/ziyon; g‘aniy “boy, badavlat”/yo‘qsul “kambag‘al”; boylik/faqrlik; do‘st/aduv “dushman”; burang‘ar “qo‘shinning o‘ng qanoti”/juvang‘ar “qo‘shinning so‘l qanoti”; g‘olib/mag‘lub; g‘alaba/shikast; hujum/mudofaa shular jumlasidandir.
Tezlatgich/sekinlatgich, ochiq pozitsiya/yopiq pozitsiya, hujum- chekinish, yengil suv/og‘ir suv (kimyo), og‘ir tank/yengil tank (harb.), keng front/tor front (harb.), suv usti kemasi/suv osti kemasi (harb.), mahfiy/nomahfiy, qo‘nish/uchish (harb.), qo‘shuv/ayiruv (mat.), manfiy- musbat (fiz.), fermentlar/antifermentlar (tib.), assimilyatsiya/dissimilyatsiya (tib.; til.), funksiya/disfunksiya (tib.), semizlik/oriqlik (tib.), eksport-import (iqt.), jazoni yengillashtiradigan holatlar-jazoni og‘irlashtiradigan holatlar (huq.), simmetriya/asimmetriya (til.) singari termin-antonimlar hozirgi o‘zbek terminologyasida istalgancha topiladi.
Keyingi paytlarda leksik-semantik jihatdan zid munosabatda bo‘lgan, paradigmatik jihatdan yagona differensiyalovchi belgi orqali farqlanuvchi antonimik birliklar kontrar, kontradiktiv, komplementar va gradual turlarga bo‘lingan tarzda tasniflanmoqda (Fedorchenko 2004.91).
Komplementar antonimlar ikki termin orasidagi binar munosabatga asoslanadi: tergovchi/jinoyatchi (yur.), minalashtirish/minasizlantirish (harb.), kirim/chiqim (iqt.), kun/tun, implisitlik/eksplisitlik, simmetriya/asimmetriya (til.) va h.k.
Konradiktiv antonimlar sirasiga termin-birikmalar kiritiladi: barqaror narx/beqaror narx; qadrli valyuta/qadrsiz valyuta; ochiq nishon/yashirin nishon (harb.); suyuq yoqilg‘i/qattiq yoqilg‘i; yoyilish rayoni/jamlanish rayoni; og‘ir artilleriya/yengil artilleriya (harb.); foizli depozit/foizsiz depozit; ochiq safarbarlik/yashirin safarbarlik; katta leytenant/kichik leytenant; og‘ir atletika/yengil atletika va h.k.
Kontrar ziddiyat terner, ya’ni ikkidan ortiq terminlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik oqibatida yuzaga chiqadi: hujum, hamla/chekinish, orqaga qaytish;shafqatli,rahmdil, mehribon, ko‘ngilchan/shafqatsiz, berahm, bag‘ritosh va h.k.
So‘z yoki terminlar orasidagi antonimlikni aniqlashda ular o‘rtasidagi umumiy belgilarni izlash muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi paytlarda ana shunday umumiy belgilardan biri sifatida antonim juftliklarni voqelantirishda ikki so‘z yoxud termin o‘rtasida oraliq tushunchaning mavjudligiga e’tibor qaratilmoqda. Qayd etilgan fikrni quyidagi ashyoviy misollar ham dalillaydi: og‘ir tank/o‘rtacha tank/yengil tank; balandlab uchish/o‘rtacha balandlikda uchish/pastlab uchish (harb.); yengil soliq yuki/o‘rtacha soliq yuki/og‘ir soliq yuki va h.k.
Xullas, umumtilda sodir bo‘luvchi leksik-semantik jarayonlar terminologiyada qisqartirilgan ko‘lam yoxud o‘zgargan tarzda voqelanadi.
Terminologiyadagi polisemiya asosan metaforik va metonimik ma’no ko‘chishi oqibatida yuzaga chiqadi.
Omonimiya ko‘pma’noli so‘zlarning boshqa-boshqa leksemalarga aylanishi jarayoni natijasi bo‘lib, fanlararo va sistemalararo omonimiya nomi ostida terminologiyadan joy oladi (Danilenko 1077; 205).
Soha terminologiyasining dastlabki shakllanish bosqichlarida o‘ta faol bo‘lgan sinonimlarning ma’noviy ko‘rinishi ularga xos egalik qilish va aniqlik kiritish singari vazifalar bilan amalga oshadi.
Fan tilida antonimlarning ikki turi, ya’ni leksik hamda so‘z yasovchi antonimlar o‘z ifodasini topadi.



Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin