O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə37/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Savol va topshiriqlar:


  1. Morfologik usul bilan yasalgan sifat-terminlar necha guruhga bo‘linadi?

  2. Tilning lug‘at tarkibi qancha mustaqil qatlamdan tashkil topadi?

  3. Kam- affiksoidi borasida o‘zbek tili grammatikasiga doir asarlardagi baholarga e’tibor bering.

  4. Qanday affikslar sifat-terminlar yasashda qatnashadi?

  5. la affiksli mahsuldor modelning fe’l-terminlar yasashdagi o‘rnini baholang.

  6. (v)iy qo‘shimchasining hozirgi paytda termin yasashdagi ishtirokiga to‘xtaling.

  7. Qo‘shma terminlarning tarixiy xususiyatlarini misollar yordamida oching.

  8. Qo‘shma terminlar komponentlari munosabatiga ko‘ra necha turga ajratiladi?

  9. Gibrid terminlarni mavjud lug‘atlardan toping va izohlang.

  10. Terminlarning metaforalashish yo‘llariga diqqat qarating.

  11. Quyidagi matnda ishlatilgan terminlarni qatlam jihatidan tahlilga torting, kalkalarga diqqat qiling. Tahlil jarayonida SWOT metodini qo‘llang: Avtomobilning yurish qismi rama, osma, o‘q(ko‘priklar) va g‘ildiraklardan iborat. Ramaga kuzov, kabina, dvigatel, uzatmalar qutisi va boshqa mexanizm hamda uzellar mahkamlanadi. Yengil avtomobil va avtobuslarda kuzov rama vazifasini bajaradi. Osma rama (kuzov) bilan o‘qlarni elastik bog‘laydi va dinamik kuchlarni yumshatadi. G‘ildiraklarning mustaqil osmasi keng tarqalgan. Boshqarish mexanizmlariga rul boshqarmasi va tormaz tizimlari kiradi. Rul boshqarmasi avtomobilning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Rul chambaragi burilganda valni, val esa o‘z navbatida rul mexanizmlarini, ular esa sapfalarga o‘rnatilgan old g‘ildiraklarni buradi.



Test:

  1. Morfologik usul bilan yasalgan sifat-terminlar nechta guruhga bo‘linadi?

    1. uch

    2. ikki

S) to‘rt
D) besh

  1. Nimagadir yaroqlilikni ifodalovchi sifat-terminni ko‘rsating.

    1. zaharli

    2. tuzli

S) qimmatli
D) yeyimli

  1. simon affiksli sifat-terminlar qaysi fan sohalarida faol ishlatiladi?

    1. tilshunoslik va adabiyotshunoslik

    2. geologiya va geografiya

S) astronimiya va tibbiyot
D) zoologiya va biologiya

  1. O‘tgan asrning 60-yillarida kammahsul bo‘lgan qaysi affiks hozir unumli affiks hisoblanadi?

    1. –simon

    2. –(v)iy

S) ser-
D) kam-

  1. ma affiksli model qanday fe’llardan passiv ma’noli sifat- terminlar yasaydi?

    1. shaxssiz

    2. o‘timsiz

S) o‘timli
D) harakat

  1. Genetik jihatdan o‘zbek tili qo‘shma terminlari nechta guruhga bo‘linadi?

    1. ikki

    2. uch

S) to‘rt
D) besh

  1. son+ot strukturali qo‘shma terminlar qaysi terminlar sistemasida faol qo‘llanadi?

    1. tibbiy, biologiya

    2. harbiy, ijtimoiy-siyosiy

S) barcha
D) ilmiy-texnikaviy


  1. Yüklə 350,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin