O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə33/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

aro so‘z - affiksli so‘z yasovchi model

Asl turkiy –aro (“promejutok”) so‘z - affiksli ushbu sermahsul model ilmiy va texnikaviy sohaga xos terminlarni yasashda faol ishtirok etadi: xalqaro, qit’alararo, planetalararo, fanlararo, korxonalararo, millatlararo, xo‘jaliklararo, hujayralararo (biol. hujayra), qobirg‘alararo (tib. qobirg‘a), turlararo (biol.tur), zonalararo, banklararo (iqt.) va h.k.
be- prefiksli so‘z yasovchi model
Kelib chiqishi jihatidan fors - tojik tiliga xos be- prefiksli ushbu kammahsul model asosdan anglashilgan sifat, fazilatning mavjud emasligi, yo‘qligini ifodalaydi: betaraf, bevosita (harb. vosita ), begunoh, bexatar, bevatan va h.k.
no- prefiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan ancha barvaqt o‘zbek adabiy tiliga kirib kelgan no- old qo‘shimchali mazkur kammahsul model ishtirokida inkor ma’nosini bildiruvchi sifat-terminlar yasaladi: nomahfiy, noqonuniy, noma’lum (harb. ma’lum), nodavlat, notijorat, noaniq (lingv. aniq), nochiziqli, norasmiy, nostandart, nokontakt, nobiologik, nokristallilik va h.k.
ser- prefiksli so‘z yasovchi model
Forscha – tojikcha ser – prefiksli bu mahsuldor model ot so‘z turkumli so‘zlardan asosda voqelangan mo‘l-ko‘llik ma’nosini ifodalovchi sifat-terminlarni yuzaga chiqaradi: sersuv, sergo‘sht, seryomg‘ir, serildiz, serkepak, sersut, sertola, serchiqit, serunum va h.k.
Ser – prefiksli modelning nafaqat sof o‘zbekcha (turkcha) shuningdek, forscha-tojikcha, arabcha va ruscha-baynalmilal leksik
birliklardan ham sifat-terminlar yasashini alohida ta’kidlash kerak bo‘ladi- serdaromad, sermahsul va h.k.
kam - prefiksoidli so‘z yasovchi model
Kam – o‘zbek tili grammatikasiga tegishli ba’zi bir asarlarda qo‘shma sifatlarning birinchi komponenti tarzida baholansa, boshqa birlarida prefiksoid sifatida belgilanadi.
Ilmiy terminologiyada ancha mahsuldor hamda faol hisoblanuvchi kam- prefiksoidi qatnashgan model boshlang‘ich asosdan anglashilgan miqdorning ozligi ma’nosini ifodalovchi sifat-terminlarni yasaydi: kamqon, kamsut, kamsuv, kamhosil, kamdaromad, kamxarj, kamxarajat, kamquvvat, kamchiqim, kammahsul va h.k.
(v) iy affiksli so‘z yasovchi model
Arab tilidan o‘zlashgan - (v) iy affiksli model ot turkumidan sifat- terminlarni yasash uchun xizmat qiladi.
-(v) iy affiksli model unli fonemelar bilan tugagan otlardan tubandagi terminlarni hosil qiladi: konstitutsiyaviy, yadroviy, kimyoviy, fizikaviy, ma’noviy, fuqaroviy, samoviy, kolliziyaviy (kolliziya), oilaviy, fazoviy va h.k.
Undosh fonema bilan tugagan otlardan nisbiy sifat-terminlar yasaydi: miqdoriy, ma’muriy, harbiy, tibbiy, qonuniy, intizomiy, iqtisodiy, majburiy, ixtiyoriy, majoziy, tahliliy, tavsifiy, tanqidiy,turkiy, forsiy va h.k.
-(v)iy affiksi qo‘shilishi natijasida –a, -at bilan tugaydigan arabcha otlar ushbu qo‘shimchlarini tushirib qoldiradi: milliy (millat), siyosiy (siyosat), ijtimoiy (ijtimoiyot), moddiy (modda), ma’naviy (ma’naviyat), ma’rifiy (ma’rifat ), tijoriy (tijorat) va h.k.
Yuqorida keltirilgan ashyoviy misollar o‘tgan asrning 60-yillarida kammahsul deb topilgan –(v)iy affiksining (Kononov, 1960;152) hozirgi vaqtga kelib nisbatan unumli affiksga aylanganligidan dalolat beradi.
Kezi kelganda aniq fanlar terminologiyasida –(v)iy affiksi ishtirokida atoqli otlar (kishi ismlari, joy nomlari va h.k.) asosida yuzaga chiqqan kyuriy, nilsboriy, eynshteyniy, hamroboyeviy, poloniy (Poloniya- Polshaning lotincha nomi), prometiy (Prometey-afsonaviy qahramon) kabi familyaviy terminlar (Lotte, 1961, 427)ning keng qo‘llanishini ta’kidlash o‘rinli.
Fe’llardan sifat-terminlar yasashda quyidagi modellar faol sanaladi:

  • (i) q /(i) k affiksli so‘z yasovchi model

Mazkur model o‘zbek tilida fe’l turkumli so‘zlardan nafaqat ot- terminlar, balki sifat-terminlarni hosil qilishda ham unumlidir. -q/-k
(unli asoslardan keyin keladi), - (i)q//-(i)k (undoshli asoslardan keyin keladi) o‘timli fe’llardan passiv ma’nodagi sifat-terminlar, o‘timsiz fe’llardan esa shu fe’lga xos leksik-semantik ma’noga ega sifat-terminlar yasaydi (Kononov 1960;155): yaltiroq (yaltira-moq), siqiq, ochiq ( til. bo‘g‘in), yopiq (mat.; til.), cho‘ziq (til.), qattiq, o‘lik, chaqiriq (harb.; yur.) va h.k.

  • ma affiksli so‘z yasovchi model

Mahsuldorligi chegaralangan ushbu model o‘timli fe’llardan passiv ma’noli sifat – terminlarni hosil qilsa: yozma, chizma, terma (sport; mus.), yasama (til.), burama, ko‘chirma (til.) va sh.k; o‘timsiz fe’llardan esa ular boshlang‘ich asosiga xos leksik-semantik mazmunni anglatuvchi sifat-terminlarni yasaydi (Kononov 1960; 155): ko‘chma, yonlama (harb.), og‘ma (mat.), tug‘ma (tib.) va sh. k.
qoq//-g‘oq affiksli so‘z yasovchi model
Namoyon bo‘ladigan xususiyat, xossani ifodalovchi mazkur kammahsul model ayrim sifat–terminlarni yasaydi: yopishqoq, burishqoq, ilishqoq, qorishqoq, qurushqoq, qaqroq va h.k.
qir/- kir//-g‘ir/- gir affiksli so‘z yasovchi model
Bu kammahsul model faol namoyon bo‘ladigan xususiyat, fazilatni anglatadigan sifat-terminlarni shakllantiradi: o‘tkir, uchqir, chopqir, olg‘ir, topqir, keskir, sezgir (tib.) va h.k.

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin