O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə30/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Savol va topshiriqlar:


  1. Struktur-semantik jihatdan o‘zbek terminologiyasining asosini qanday so‘zlar tashkil qiladi?

  2. Chet tilidan o‘zlashayotgan terminlarni aynan qabul qilish maqsadga muvofiqmi?

  3. Terminologiyada polisemiyaning mavjud bo‘lishi ma’qulmi?

  4. Termin yasashda qaysi usul eng sermahsul hisoblanadi?

  5. O‘zbek tili terminlarini yasashda qaysi so‘z turkumlari ishtirok etadi?

  6. Ot turkumli termin(turdosh ot)larning affiksal usul bilan yasalishi haqida baxs yuriting.

  7. -chi affiksli model bilan yasalgan tarixiy terminlarni tavsiflang.

  8. lik affiksli model qanday ma’noli ot-terminlarni hosil qiladi?

  9. g‘ich/-gich//-qich/-kich affiksli model qanday ma’noli terminlarni yasaydi?

  10. O‘zbek tili terminlarining yasalishida o‘zlashma qo‘shimchalarning o‘rnini belgilang.

  11. ma affiksli yasama terminlarning ma’no-mazmuniga diqqat qarating.

  12. Quyidagi matnda qo‘llangan o‘zlashma terminlarni izohlashda germenevtik suhbat usulidan foydalaning:

Absorbsiya-eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq jism yoki suyuqlik (absorbent)larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga absorbsiyalanishidan neftni qayta ishlash, koks-benzol va h.k. sanoat sohalarida foyalaniladi.
Absorbsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbsiya deyiladi, u eritma yutgan gazni ajratib olish va absorbentni regeneratsiya qilishda qo‘llanadi.


Test:


  1. Termin yasashning eng mahsuldor usulini belgilang.

    1. kompozitsiya

    2. kalkalash

S) affiksatsiya
D) konversiya

  1. Qaysi so‘z turkumiga oid terminlar o‘zbek terminologiyasining

asosini tashkil etadi?

    1. fe’l

    2. ot

S) sifat
D) ravish

  1. Alisher Navoiyning qaysi asarida so‘z yasalishi xususida fikr yuritilgan?

    1. Mezon ul-avzon

    2. Tarixi muluki ajam

S) Muhokamat ul-lug‘atayn
D) Tarixi anbiyo va hukamo


  1. Yüklə 350,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin