O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


To‘qqizinchi mavzu: Sifat –terminlar, fe’l– terminlar va qo‘shma terminlarning yasalishi



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə32/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

To‘qqizinchi mavzu: Sifat –terminlar, fe’l– terminlar va qo‘shma terminlarning yasalishi




Reja:

  1. Ismlardan sifat-terminlarning yasalishi.

  2. Sifat – terminlarning fe’llardan yasalishi.

  3. Fe’l –terminlarning hosil qilinishi.



Asosiy tushunchalar: ismlardan yasalgan sifat-terminlar, fe’llardan yasalgan sifat-terminlar, prefiks, sermahsul, kammahsul, gibrid termin, fe’l-terminlar, qo‘shma terminlar, model, komponent, termin-birikmalar, termin-element.

Ma’lumki, ot so‘z turukumiga xos leksik birliklarning termin tarzida qo‘llanishi bo‘yicha so‘z turkumlari qatorida yetakchilikka egaligi hech kim uchun yangilik emas. Shu bilan birga, ilm-fan tilida (ya’ni mavjud ilmiy adabiyotda qo‘llangan) maxsus tushunchalarni ifodalaydigan hamda terminologik nomlarga doir barcha talablarga javob beradigan terminlar o‘rnida ham fe’l (fe’ldan yasalgan bir o‘zakli ismlar), ham sifat, ham ravishlarning erkin ishlatilishi mumkinligini ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Sifat-terminlarning yasalishi. Morfologik usul bilan hosil qilingan sifat – terminlar quyidagi ikki guruhga taqsimlanadi: 1) ismlardan yasalgan sifat-terminlar; 2) fe’llardan yasalgan sifat-terminlar.
Ismlardan sifat-terminlar yasashda tubandagi modellar qatnashadi:
-li affiksli so‘z yasovchi model
Sof o‘zbek(turk)cha -li affiksli so‘z yasovchi model quyidagi ma’noli terminlarni yuzaga chiqaradi:

    1. boshlang‘ich asosda nomlangan egalik, mavjudlik, borlikni ifodalaydi: zaharli, misli, sharikli, kislotali, tuzli, yarog‘li, fosforli, dukkakli, to‘yimli va h.k.;

    2. dastlabki asosning predmetlik nomini bildiradi: zararli, muddatli, maqsadli, qimmatli, nuqsonli, foydali va h.k.;

  1. nimagadir yaroqlilikni anglatadi: yaroqli, yeyimli, yeyishli, xavfli, ichimli va h.k.

  • siz affiksli so‘z yasovchi model

-siz affiksli sifat-terminlar –li affiksli sifat-terminlarning antonimi, ya’ni ziddi (gilzali-gilzasiz, stvolli-stvolsiz, mo‘ynali – mo‘ynasiz , gazli gazsiz, temirli-temirsiz va h.k.) bo‘lib, quyidagi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi:

    1. boshlang‘ich asos orqali ifodalangan narsaning mavjud emasligi: ishsiz, aybsiz, vizasiz, gunohsiz, nikohsiz, xavfsiz, dalilsiz, jarangsiz, qurolsiz, mablag‘siz, kreditsiz, tutunsiz, mo‘ljalsiz (o‘q otish), minasiz va h.k.;

    2. dastlabki asosning oz miqdordaligini ko‘rsatadi: jirsiz (jir), tuzsiz (tuz), suvsiz (suv ) va h.k.

- chan affiksli so‘z yasovchi model
chan qo‘shimchali ushbu kammahsul model tub hamda yasama fe’llardan yasalgan ot turkumli so‘zlardan “qat’iy ravishda namoyon bo‘luvchi fazilat, xarakter belgisi va moyillik”ni ifodalaydagan terminlarni hosil qiladi : yashovchan, o‘zgaruvchan, sezuvchan, uchuvchan ( kimyo. uchuv), eruvchan, ko‘rinuvchan (harb. ko‘rinuv), tovlanuvchan, sochiluvchan (fiz. sochiluv), egiluvchan va h.k.

  • chil affiksli so‘z yasovchi model

-chan qo‘shimchasining fonetik turi bo‘lmish kammahsul –chil affiksli so‘z yasovchi model biron narsaga bo‘lgan “moyillik, berilganlik” ma’nosini anglatuvchi chegaralangan miqdordagi terminlarni yasashda qatnashadi: dardchil, izchil, xalqchil, epchil va h.k.

  • simon affiksli so‘z yasovchi model

Mazkur model hozirgi o‘zbek tili zoologiya hamda biologiya terminlari tizimida o‘xshashlik, bir xillik ma’nosini ifodalovchi nisbatan salmoqli miqdordagi leksemalarni hosil qilishda o‘z ifodasini topgan. – simon affiksli sifat-terminlar ma’no jihatidan rus tilidagi ikkinchi komponenti «...podobniy», «…obrazniy», «vidniy» elementlaridan tashkil topgan qo‘shma sifatlarga muvofiq kelib, boshqa terminologik tizmlarda ham faol ishlatilishi bilan ajralib turadi: ivasasimon (kit), tumshuqsimon, zanjirsimon (biol.), odamsimon, qisqichbaqasimon, kitsimon, krotsimon (ko‘rsichqonlar), o‘rgimchaksimon, maymunsimon, tatinsimon (masalan, burunduqlar, olasichqonlar), mushuksimon, itsimon, bug‘usimon. Ba’zan tibbiyot, kimyo va anatomiyaga doir tushunchalarni ifodalashda qatnashadi: bargsimon (tib. barg), gazsimon, qalqonsimon (anat. bez), ipsimon, kipriksimon va h.k. Biologiyada nashtarsimon (barg, yaproq), ko‘zachasimon (gul), singari sifat-terminlar qo‘llanadi.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin