O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Qo‘shma terminlarning yasalishi



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə35/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Qo‘shma terminlarning yasalishi. Hozirgi o‘zbek terminologiyasi sistemasida fan va texnikaning turfa sohalarida voqelanayotgan qator qo‘shma terminlar ikki tushunchani ifodalash uchun xizmat qilmoqda. Moziydan o‘zbek tili lug‘at fondida faol qo‘llanib kelayotgan tub (asl) hamda arab va fors-tojik so‘zlaridan yasalgan qo‘shma so‘zlar o‘zbek terminologiyasida muayyan salmoqqa ega.
Internet va globallashuv davrida xorijiy tillarning o‘zbek tili so‘z boyligiga sezilarli ta’siri oqibatida terminlar sistemasi yangi tip va modellardagi qo‘shma terminlar hisobiga yanada kengaydi.
Qo‘shma terminlar tarkibining genetik nuqtayi nazardan tavsifi ularning ikki, ya’ni muayyan tildagi qatlamga oid so‘z birikmalaridan yasalgan qo‘shma terminlar hamda turli tillarga taalluqli so‘z birikmalaridan yuzaga chiqqan qo‘shma terminlarga guruhlanishidan guvohlik beradi.
Tarkib (komponent)lari muayyan (bir) leksik qatlamga tegishli so‘zlardan tashkil topgan qo‘shma terminlar o‘z navbatida ikki guruhga taqsimlanadi: 1) o‘zbek tilida qadimdan qo‘llanishda bo‘lgan asl o‘zbekcha, arabcha va forscha-tojikcha leksemalarning birikishidan voqelangan qo‘shma terminlar; 2) tarkiblari ruscha-baynalmilal termin yoxud termin-elementlardan tashkil topgan, ya’ni o‘zlashtirilgan qo‘shma terminlar (Madvaliyev 2017.60-66).
Birinchi tip terminlar struktur jihatdan tubandagi modellarga ega:

  1. ot+ ot - texnika, zoologiya, botanika, tibbiyot singari sohalar terminologiyasida faol qo‘llanadi: tuyaqush, boyo‘g‘li, baqaterak, shohparda, shamolparrak, ohaktosh, g‘ozpanja, tishcharxlagich, eshakem, qo‘ltiqtayoq, tirnoqgul, g‘ovqoziq (harb.), qorovulboshi, tutunparda, safarxalta (harb.), suvto‘siq (harb.) va h.k.;

  2. sifat+ot – aksariyat zoologiya, tibbiyot, ilm-fan va texnikaga oid terminlar yasashda faol ishlatiladi: ko‘richak, panajoy (harb.), qizilo‘ngach, qorajigar, sariqsuv, achchiqtosh, sassiqpopishak, qizilishton va h.k.;

v) son+ot - deyarli barcha terminologik sistemalarda aksini topadi: uchburchak, mingoyoq, uchhad, oltiqirralik, beshyulduz, Yetti ayiq , o‘n ikki burj va h.k.;
g) ot+fe’l (-ar shaklli sifatdosh): echkiemar, izquvar, muzyorar, toshkesar, suvsepar, go‘ngsochar, yong‘into‘sar, tankborar, issiqsevar, namsevar (barg) va h.k.;
d) ot+fe’l+-gich (-g‘ich, -qich-kich) affiksi- asosan texnika, harbiy san’at va fizika sohalarida keng ishlatiladi:
muzlatgich, tovushtutgich, tutunchiqargich, bombaqidirgich, minaqo‘ygich, minaqidirgich, ko‘prikqo‘ygich (mostoukladchik), raketaeltgich, xamirqorgich, changso‘rgich, go‘shtqiymalagich, suvpurkagich, yashinqaytargich, yo‘lqurgich, yo‘lbuzgich, chala o‘tkazgich va h.k.;
s) ravish +ot (harakat nomi) –texnika terminlari sirasida oz bo‘lsa- da qayd etiladi: o‘ta qizish, o‘ta to‘yinish, qisqa tutashuv va h.k.
Qo‘shma terminlarning leksik-morfologik nuqtayi nazardan quyidagi qoliplari ham bor:

  1. ot+ot modelli aniqlovchi qo‘shma terminlar – issiqbardosh, yerosti (boyliklar), tillarang (hashorot), kulrang (cho‘yan) va h.k.;

  2. ravish+sifat modelli qo‘shma terminlar o‘taqattiq (qotishma),

o‘tasezgir (apparat), o‘taingichka (sim) va h.k.;
v) ravish +fe’l (sifatdosh) tipli qo‘shma terminlar- tezuchar
(samolyot), o‘tato‘yingan (eritma), tezyurar (poyezd) va h.k.;
g) olmosh +fe’l tipli qo‘shma terminlar – o‘ziuchar (apparat), o‘ziyurar (tank), o‘ziyozar (asbob), o‘ziag‘darar (mashina), o‘zisiljir (to‘p) va h.k.
Ikkinchi tip qo‘shma terminlar sirasiga turli tillarga xos (ruscha- baynalmilal) so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan, ya’ni gibrid qo‘shma terminlar kiradi. A.Madvaliyevning fikriga ko‘ra, o‘zbekcha so‘zlar bilan arabcha yoxud forscha-tojikcha leksik birliklar qo‘shilishidan yuzaga chiqqan gibrid qo‘shma terminlar tayyor holda umumadabiy tildan o‘zlashtirilgan. Ruscha-baynalmilal terminelementlar bilan o‘zbekcha, arabcha yoki forscha-tojikcha so‘zlarning birikuvidan yasalgan gibrid qo‘shma terminlar esa, aksincha, terminologik sistemalardan umumadabiy tilga o‘zlashib, uni boyitadi, umumadabiy til uchun neologizm hisoblangan leksik bazani voqelantiradi (Madvaliyev, 2017, 66-67).
Gibrid terminlar o‘zbek terminologiyasi tizimida so‘nggi yilllarda yuzaga chiqqani bilan xarakterlanadi.

  1. asrning o‘rtalarida o‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti negizida voqelangan gibrid qo‘shma terminlar hozirgi paytda deyarli barcha terminologik sistemalarda faolligi bilan ajralib turadi.

Avia-, avto-, agro-, geo-, gidro-, giper-, infra-, mikro-, makro-, moto-, radio-, tele-, ultra-, foto- va h.k. terminelementlar ishtirokida yasalgan qo‘shma terminlar sanoat, ilm-fan va texnika, harb ishi va boshqa sohalarga doir tushunchalarni ifodalaydi: aviapurkagich, avtosanoat, avtoyo‘l, agrosanoat, agroqoidalar, geosiyosat, gidromarkaz, gipertovush, infraqizil, mikrokredit, mikroto‘lqin, makroiqtisodiyot, makromatn, motopoyga, radiourush, radioportlatgich, teleboshqarish, ultratovush, fotohujjat, fotoma’lumot va h.k. Keltirilgan faktik misollar o‘zbekcha gibrid terminlarning aynan ruscha terminlardan nusxa olish asosida voqelanganidan dalolat bermoqda. Baynalmilal elementlar ishtirokida bunday terminlarni yasash jarayonida gibrid terminning baynalmilal komponenti saqlanib, ikkinchi, ya’ni ruscha komponenti o‘zbekchalashtiriladi.
Gibrid terminlarning boshqa bir turi ham mavjud bo‘lib, bunda gibridlarning har ikkala komponenti mustaqil ma’no va qo‘llanishli so‘z- terminlardan tashkil topadi: gazpana, bombapana, gazo‘lchagich, kartoshkaqazgich, minaqo‘ygich, fenilsirka, elektrarra, yodmoy, atomkema, magnitmaydon va h.k.
Qo‘shma terminlar komponentlari munosabatiga ko‘ra ikki turga taqsimlanadi:
Aniqlovchi+aniqlanmish tipidagi qo‘shma terminlar ikki yoki undan ortiq ism turkumli so‘zlarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi va yaxlit ma’noni ifodalaydi. Kompozitsiya usulida yasalgan qo‘shma terminlarning mazkur turi terminlar sistemasi, xususan, ilm, fan, texnika, zoologiya, biologiya va boshqa soha terminologiyalarida faol qo‘llanayotganligi bilan ajralib turadi. M., qo‘lkuchi, qo‘lsoat, to‘rtburchak, qirqoyoq, makkajo‘xori, balxtut va h.k.
To‘ldiruvchi+to‘ldirilmish tipidagi qo‘shma terminlar nisbatan keyingi davrda voqelangan yangi turdagi terminlar hisoblanadi. Ushbu tipdagi qo‘shma terminlarning katta qismi uch elementli birikma terminlarning semantik o‘zgarishlar bilan elipsis hodisasiga uchrashi oqibatida paydo bo‘lgan: bombaqidirgich, yo‘lbuzgich, yo‘lqurgich, tutunchiqargich, tovushtutgich, betonqorgich, asfaltyotqizgich, suvpurkagich, betonteshgich.
Qayd etilgan qo‘shma terminalar bombani qidiradigan apparat, yo‘lni quradigan(buzadigan) mashina, tovushni tutadigan apparat,
betonni qoradigan(teshadigan) mashina kabi so‘z birikmalarining ixchamlashuvi, ya’ni to‘ldiruvchili so‘z birikmalaridagi –ni affiksining tushirilib qoldirilishi, kesim qismiga esa –gich (-kich, g‘ich,-qich) qo‘shimchasining qo‘shilishi bilan yasalgan.
Hozirgi davrda o‘zbek terminologiyasining termin-birikmalar hisobiga boyib borishi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Termin-birikmlar deyarli barcha terminlogik sistemalarda mavjud bo‘lib, ular tarkib nuqtayi nazaridan bir qancha tiplarga bo‘linadi.

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin