O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Ikki tarkibli termin-birikmalar



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə36/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Ikki tarkibli termin-birikmalar: so‘z turkumi, atoqli ot, umumiy summa, axborot maxfiyligi, kodlash usuli, korporotiv sayt, aksiz boj, yashirin soliq, yillik daromad, valyuta tushumi, zarbdor aviatsiya, avtomobilchilar rotasi, kosmik texnologiyalar, isitish qozoni, yengil atletika, ot sporti, qo‘l t o‘pi , qiyosiy tilshunoslik, kvantitativ urg‘u va h.k.
Uch tarkibli termin-birikmalar: global kompyuter tarmog‘i, internet xizmati turlari, xalqaro soliq konvensiyasi, yalpi ichki mahsulot, aviatsiyani boshqarish markazi, erkin uchish hududi, taktik jangovar mashg‘ulot, chim ustida xokkey va h.k.
To‘rt tarkibli termin-birikmalar: axborot muhofazasini sug‘urta qilish, qarzni bo‘lib to‘lash muddati, raketa eltuvchi dengiz aviatsiyasi, juft konturli turboreaktiv dvigatel, fiskal xotirali nazorat mashinasi va h.k.
Besh va undan ortiq tarkibli termin-birikmalar: pul birligi rasmiy darajasining pasayishi,qattiq yoqilg‘i bilan ishlaydigan to‘g‘ri oqimli havo-reaktiv dvigatel,suvosti kemasiga qarshi boshqariladigan reaktiv qurol , talabning oshib ketishi bilan bog‘liq inflyatsiya, moliyaviy va iqtisodiy hisob-kitoblarda qo‘llanuvchi vaqt birligi va h.k.
O‘zbek tili terminologiyasi tizimada semantik yo‘l bilan yasalgan terminlar ham ko‘zga tashlanadi. Terminlar sistemasida metaforaning o‘rni va rolini o‘rganish XX asrning 60-yillaridan boshlangan edi. M. Pavlovaning ta’kidlashicha, termin-metaforaning yuzaga kelishi har doim aniq individning ijodiy akti bilan boshlanadi. Metaforik ijod aktida albatta ikkita shaxs, ya’ni metaforani yasovchi va ushbu metaforaning mazmun-ma’nosini idrok etuvchi qatnashishi shart. Aks holda obraz, o‘xshatish, analogiya tom ma’nodagi metafora bo‘lmaydi. Zotan, uning asosiy, ya’ni ma’lumot (informatsiya) uzatish va muloqot vositasi sifatida xizmat qilish vazifasi yo‘qolishi mumkin (Pavlova,1998).
Semantik kalka (metaforalashish)da kelib chiqishi jihatidan chet tiliga xos bo‘lgan yangi ma’noni o‘zbek tili lug‘at tarkibida ishlatilib
kelayotgan so‘z o‘zlashtiradi. Globallashuv, internet va kompyuterlashtirish zamonida o‘zbek tili tomonidan o‘zlashtirilayotgan ruscha-baynalmilal terminlar, xalq turmush tarzining turfa jabhalarini qamrab olgan holda, o‘zbek adabiy tili lug‘at tarkibidan mustahkam o‘rin egallamoqda.
O‘zbek tili terminologiyasi, xususan, ilmiy-texnikaviy terminologiya ham semantik kalkalash yordamida muttasil boyib bormoqda. Ma’noviy kalkalash jarayonida muayyan ruscha-baynalmilal ilmiy-texnikaviy terminning ma’nosini ifodalash o‘zlashtiruvchi, ya’ni o‘zbek tilidagi mutanosib, mos leksik birlikka yuklatiladi. Ruscha-baynalmilal ilmiy- texnikaviy terminlarni semantik kalkalash oqibatida yangi ma’no kasb etgan asl o‘zbekcha so‘zlar til terminologiyasi tizimining taraqqiyotida munosib ulushga ega.
Quyida misol tariqasida keltirilgan terminlar bevosita semantik (metaforik) kalkaning mahsuli hisoblanadi: barmoq (tex.palets), oziqlash//oziqlantirish (tex. pitaniye), quloq (tex. uxo), ko‘ylak (tex. rubashka), yeng (tex. rukav), yostiq (tex. podushka), belbog‘ (tex. poyas), cho‘ntak (tex. karman), qalpoq (bot. shlyapka), qalpoqcha (tex.golovka), tish (tex. zub, zubets), tirsakli (tex. kolenchatiy), jism (mat.;fiz.telo), tuxumhujayra ( biol. yaytsekletka) va h.k.
Terminlarning meforalashishi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
tashqi yoki shakliy o‘xshashlik asosida: barmoq halqasi, yashil kompyuter, tumshuq (kema tumshug‘i), tuynuk, quti (harb. magazin qutisi), zamburug‘ (tib.), saraton (tib.) va h.k.;
vazifalarning o‘xshashligi asosida: elektron hamyon, elektron armiya, manzil niqobi, qalpoq qurilmasi va h.k.;
harakat tarzi o‘xshashligi asosida: sun’iy tafakkur, sukut (internet), boshi berk holat, ma’lumotlar bo‘lagi va h.k.;
rang-tusdagi o‘xshashlik asosida: yolg‘on simvol, avvalgi iz, qaynoq almashtirish, davriy halqa va h.k.;
amaldagi terminni yangi tushunchani ifodalash maqsadida qo‘llash asosida: tezkor xotira (main memory), ko‘zgu (mirror), tarmoq choki (network wearing), elektron aravacha (shopping cart program) singari terminlar internent terminologiyasida keng qo‘llanmoqda (Saidqodirova, 2018, 21).

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin