O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə39/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

hodisalar


Reja:

  1. O‘zbek terminologiyasi sistemasidagi paradigmatik munosabatlar.

  2. O‘zbek terminologiyasi sistemasida polisemiya,sinonimiya va antonimiya.



Asosiy tushunchalar: monosemantika, polisemiya, paradigmatik munosabatlar, giperonim,-giponim, partonimik munosabatlar, graduonimik munosabatlar, omonimik qatorlar, sinonimiya, antonimiya, antonim juftliklar, kontrar, komplementar.

E’tirof etish joizki, terminologik sistemadagi terminlarning salmoqli qismi monosemantik hisoblanadi. Terminning tabiati ham ayni shuni talab qiladi. Turli terminlogik sistemalarda qo‘llanayotgan quyidagi terminlar shu jihati bilan xarakterlanadi: saylovchi, ko‘chirmakash, qarzdor, hissador, daromad,soliq, qo‘riqxona, parlament, kansler, kompilatsiya, konstitutsiya, konsul, tintuv, patent, ombudsman, tergov, jinoyatchi, ishonch yorlig‘i, oliy sud va h.k.


Shu bilan birga, u yoki bu sohada qo‘llanayotgan ayrim terminlardan bir nechta ma’noni ifodalash uchun foydalanilayotgani ham sir emas. Xususan, tilshunoslikda aksentuatsiya o‘zlashmasi 1. so‘z yoki gapdagi ma’lum qismlarni urg‘u yordamida ajratish; 2. tilning urg‘u sistemasi; 3. matnda urg‘uni belgilash ma’nolarini ifdalash maqsadida ishlatilmoqda (Hojiyev, 2002.24).
Huquqshunoslik sohasida akt o‘zlashmasining 1. akt; 2. harakat, ish;

  1. dalolatnoma ma’nolarini ifodalashi qayd etilgan (Ahmedov, Bektemirov. 2002.15).

Harbiy terminlar sirasidan o‘rin olgan vaxta termini 1. kemada navbatchilik; posbonlik, soqchilik; 2. kema ekipajining navbatda turgan, posbonlik qilayotgan qismi; 3. muhim obyektlardagi navbatchilik, soqchilik ma’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan (RO‘L 1,1983.100). Ayni terminologik sistemada faol qo‘llanuvchi granata termini 1. portlovchi snaryad hamda 2. irg‘itiladigan gimnastika asbobini anglatishda qatnashadi.
Shaklan o‘xshash terminlarning turli fan sohalari terminlogiyasida qo‘llanib, omonimik qatorlarni yuzaga chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Chunonchi, boks I –sport. boks; boks II- tib. boks, alohida xona;
giperbola I- til. mubolag‘a; giperbola II - mat. giperbola (konus kesimlaridan biri); morfologiya I -til. grammatikaning so‘z turkumlari haqidagi bo‘limi; morfologiya II -tib.; biol.odam va hayvon tanasidagi organlar va to‘qimalar shakli hamda tuzilishini o‘rganadigan fan; konvergensiya I- biol. turli organizmlarda bir xil tashqi muhit ta’sirida o‘xshash belgilarning paydo bo‘lishi; konvergensiya II -fiz. ikkala ko‘z o‘q chizig‘ining bir nuqtada uchrashuvi; konvergensiya III.- tib. o‘xshashlik, yaqinlik; konvergensiya IV- til.-birdan ortiq tovushning tarixiy taraqqiyot natijasida bir tovushga birlashishi; bo‘z I- mato turi; bo‘z II –ot turi (rangi bo‘yicha); bo‘z III- cho‘l, dasht, yobon; bo‘z IV- bot. tuklikovil; assotsiatsiya I-psix. muayyan sharoitda psixologik hosilalar orasida paydo bo‘ladigan aloqa; assotsiatsiya II-biol.tuzilishi va turlari bir xil fitotsenozlar majmui; assotsiatsiya III –kimyo. molekulalar yoki ionlarning molekulalararo elektr tabiatli harakat kuchi ta’sirida guruhlarga bo‘linishi; assotsiatsiya IV-siyos. uyushma, birlashma; assotsiatsiya V –til. til birliklarining shakli yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashishi va h.k. Shunga o‘xshash holat tibbiyot, tilshunoslik va boshqa sohalarda qo‘llanayotgan konversiya, substansiya, substitutsiya, transformatsiya kabi omonimlar qatorida ham aksini topgan.
O‘zbek terminologiyasi sistemasida paradigmatik munosabatlar ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Turli soha terminologiyasi tilning leksik qatlamlari singari ochiq sistema hisoblanib, unda giper-giponimik, partonimik, graduonimik munosabatlar aksini topgan.
Giper-giponimik munosabatlar deyarli barcha terminologik sistemalarda mavjud bo‘lib, tabiat va jamiyatdagi o‘ta murakkab munosabatlarni ifodalovchi o‘ziga xos xususiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Chunonchi, “qon aylanish sistemasining markaziy a’zosisememali yurak giperonimining aortal yurak, astenik yurak, atletik yurak, buqoq yurak, limfatik yurak, litral yurak, yo‘lbars yurak(RLO‘TTIL,1999); “yiring hosil qiluvchi jarayonlarda ajralib chiqadigan moddalardan zaharlanish” sememali sepsis giperonimining ginekologik sepsis, kiprik sepsisi, kriptogen sepsis, kindik sepsisi, odontogen sepsis, og‘iz sepsisi,tonzillogen sepsis, xirurgik sepsis, chilla sepsisi, yara sepsisi, quloq sepsis i(RLO‘TTIL,1999) kabi giponimlari tibbiyotda faol qo‘llanadi.

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin