O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Fe’l –terminlarning yasalishi



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə34/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Fe’l –terminlarning yasalishi. O‘zbek terminologiyasi tizimida qator affikslar yordamida asosan ot va sifatlardan, ayrim hollarda esa boshqa so‘z turkumlardan yasalgan fe’l – terminlarning katta miqdorda qo‘llanishi kuzatiladi.
Ism asoslardan fe’l – terminlar yasashda quyidagi modellar ishtirok etadi:
-la affiksli so‘z yasovchi model
Ushbu o‘ta mahsuldor model quyidagi ma’no-mazmunli fe’l - terminlarni yasashda xizmat qiladi:

  1. jarayon, ish-harakat, natijani ifodalaydi: hisob-la-, yiring-la-, shamol -la-, sud-la-, em-la-, o‘g‘ir-la - (o‘g‘ri), payvand-la-, dalil-la-, litsenziya-la- va h.k.;

  2. boshlang‘ich asosdan anglashilgan narsa-predmet, buyum bilan birga qilinadigan harakatni bildiradi: beton-la-, asfalt-la-, tormoz-la-, shtamp-la-, egov-la-, shifr-la-, press-la-, kumush-la-, bomba-la-, urug‘- la-, kavshar-la-, parma-la- va h.k.;

v) kimnidir yoxud nimanidir boshlang‘ich asosdan anglashilgan narsa-predmet, buyum, modda ta’siriga yo‘liqtirish, duchor qilishni
bildiradi: o‘q-la-, moy-la-, lok-la-, sement-la-, sirka-la-, tuz-la-, yod-la-, sir-la- va h.k.;
g) dastlabki asosga xos belgi-xususiyat, sifat, fazilat, xossa, shakl, tuzilishga ega bo‘lmoq ma’nosini anglatadi: yax-la-, qurt-la-, muz-la-, sho‘ra-la-, gul-la- va h.k.;
d) boshlang‘ich asosga oid bo‘lgan xususiyat, xossa, fazilat, ko‘rinish, tuzilish, shakl haqida kimgadir yoxud nimagadir xabar berish ma’nosini ifodalaydi: ayb-la-, saf-la-, dud-la-, chegara-la-, jazo-la-, ko‘l-la-, kurtak-la- va sh. k.
- lan affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur sermahsul model tubandagi ma’noli fe’l – terminlarni hosil qiladi:

  1. dastlabki asosdan anglashilgan narsa, buyumga egalik qilishni bildiradi: qurol-lan-, yaroq-lan-, kasal-lan-, xasta-lan-, qopqoq-lan-, kojux-lan- va h.k.;

  2. natijani anglatadi: qadoq-lan-, kristal-lan-, gaz-lan-, gudron-lan, botqoq-lan-, osh-lan-, butoq-lan-, tormoz-lan-, davo-lan- va h.k.;

v) boshlang‘ich asosdan anglashilgan biron narsaga duchor bo‘moq, uning ta’siri ostida qolmoq ma’nosini ifodalaydi: zarar-lan-, foyda-lan-, jazo-lan-, zahar-lan- va h.k.;

  1. jarayon nomini bildiradi: sur-lan-, sir-lan-, nur-lan-, oziq-lan-, o‘g‘it-lan-, oksid-lan-, loyiha-lan-, imzo-lan-, sarf-lan-, saf-lan-, xrom- lan-, ion-lan- (Kononov 1960; 249-250) va h.k.

    • lash affiksli so‘z yasovchi model

-lash affiksli mazkur sermahsul model boshlang‘ich asosning leksik ma’nosidan kelib chiqib, qator fe’l – terminlarni yuzaga chiqaradi.
Boshlang‘ich asosdan anglashilgan xususiyat, xossa, fazilat, shakl, holat, vaziyatga egalik qiluvchi jarayon yoxud pirovard natija yoki dastlabki asosdan anglashilgan narsaga aylanish, o‘tish jarayonini ifodalaydi (Kononov 1960; 251): xira-lash-, sodda-lash-, o‘troq-lash-, chet-lash-, standart-lash-, sust-lash-, konsentratsiya-lash-, demokrat- lash-, radio-lash- , markaz-lash-, kompyuter-lash- va h.k.
lashtir affiksli so‘z yasovchi model
-lashtir (-lash-tir) qo‘shimchali bu o‘ta unumli model jarayon, natija, belgi-xususiyat, shakl, vaziyat, holat nomini ifodalovchi fe’l – terminlar yasaydi: gaz-lashtir-, elektr-lashtir-, sikl-lashtir-, chet-lashtir-, chuqur- lashtir-, shablon-lashtir-, ekran-lashtir-, qalbaki-lashtir-, mashina- lashtir-, mexanizatsiya-lashtir-, militarizatsiya-lashtir-, kompyuter- lashtir-, legal-lashtir-, robot-lashtir- va h.k.

    • lashtiril affiksli so‘z yasovchi model

lashtiril (-lash+tir+il ) qo‘shimchali bu qolip jarayon, natija, belgi- xususiyat nomini anglatuvchi fe’l - terminlarni hosil qiladi: mashina- lashtiril-, maxsus-lashtiril-, mahalliy-lashtiril-, mexanizatsiya-lashtiril-, kompyuter-lashtiril-, milliy-lashtiril-, ixtisos-lashtiril-, avtomat-lashtiril-, aniq-lashtiril-, demokrat-lashtiril-, yer-lashtiril-, robot-lashtiril- va h. k.

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin