-(u)v//-(o)vaffiksli so‘z yasovchi model
O‘zbek adabiy tili grammatikasiga xos mavjud adabiyotlarning ba’zi birlarida –(u)v //-(o)v affiksi kammahsul deb e’tirof etilsa (Kononov 1960; 117; Begmatov 1985; 140), boshqa birida mahsuldor tarzida baholangan (Karimov 1985; 22). Bizning kuzatishlarimiz tahlil
etilayotgan so‘z yasovchi affiksning harbiy, ijtimoiy-siyosiy, yuridik va
h.k. terminologik tizimlarda haqiqatdan ham sermahsulligini tasdiqladi.
-(u)v//-(o)v affiksi (-i fonemali asoslar ushbu affiks bilan birkkanda –i ning –u fonemasiga o‘tishi kuzatiladi):
jarayon, voqea, hodisani ifodalaydi – siquv, tintuv; qurshov (-a fonemali fe’l asoslari bu qo‘shimcha bilan munosabatga kirishganda undagi –a fonemasining –o fonemasiga o‘tishi voqelanadi), kechuv, qidiruv, ishlov, surishtiruv, cheklov, almashuv, singuv, o‘rnashuv, yemiruv, kemiruv va h.k.;
ish-harakatning nomi yoxud natijasini anglatadi: to‘qnashuv, tergov, to‘lov, o‘lchov va h.k.
Demak, -(u)v//-(o)v affiksli modelning hozirgi o‘zbek adabiy tilida ot-terminlar hosil qilishdagi vazifasi ancha faollashgan. Ta’kidlangan jihatni mazkur affiks ko‘magida yuzaga chiqqan turfa xarakterdagi terminlar ham tasdiqlaydi: tortishuv (fiz.; tib.) saylov, to‘lov, kelishuv, bitishuv (til.), so‘rov, aralashuv, kuzatuv (harb.) va h.k.
-(i)m//-(a)m/-/(u)maffiksli so‘z yasovchi model
Bu model nisbatan kammahsul hisoblanib, quyidagi ma’nolarni ifodalovchi terminlarni hosil qiladi:
natija, voqea-hodisa, jarayon yoki ish-harakat nomini anglatadi - bosim, chiqim, kirim, bitim, ajrim (ajra-moq), bo‘lim, qatlam, yuqum, otim, oqim, tizim va h.k.;
kam hollarda narsa,buyum otini bildiradi (Kononov, 1960;140; Begmatov 1977;117) - to‘plam, to‘qim, so‘qim ( so‘q-moq “urmoq”)), sig‘im, qoplam va h.k.
–g‘i/-gi/–g‘u//-qi/-kiaffiksli so‘z yasovchi model
Mazkur –g‘i/-gi-/g‘u//-qi/- ki affiksi nisbatan keyingi davrlarda shakllangan –(u)v varianti kabi muayyan ma’noga ega ot-terminlar yasaydi ( Kononov 1960;121; Shoabdurahmonov 1980):
ish-harakat vositasini ifodalaydi: tepki 1 (1. harb.; 2.maxs.), tepki II (tib.), chopqi, chalg‘i , chalg‘u (mus.), burg‘i, burg‘u va h.k.;
onda-sonda ish -harakatni ataydi: urg‘u;
natija, ish - harakat predmetini bildiradi: achitqi, yoqilg‘i, yonilg‘i, ko‘chki, kuydirgi (tib.), sachratqi 1 (bot.); sachratqi II (tib.) va h.k.
– (a)q,-//-(i)q,-(i)k affiksli so‘z yasovchi model
Tarixan -g‘oq//-qoq affiksal shaklga borib taqaluvchi -(a)q//-(i)q affiksi (Kononov 1960;121; Shoabdurahmonov 1980; 183) nisbatan mahsuldor bo‘lib, bir qancha ma’noni ifodalovchi ot-terminlarni hosil
qilishda qatnashadi:
ish-harakat nomini yoki uning amalga oshganligini bildiradi : o‘toq, guldurak, buyruq (buyur-moq), chaqiriq, ko‘rik, so‘roq, tarqoq (harb.) va h.k.;
ish-harakat natijasi yoxud jarayonini anglatadi: to‘siq, yoriq, qavariq, chirik, soliq, yoyiq (harb. saf) va h.k.;
v) obyekt, o‘rin, joy nomini ifodalaydi: yo‘lak,kechik, toshloq (toshla-moq), qamoq(qama-moq) va h.k.;
g) ish-harakat vositasini ataydi: o‘roq,pichoq,tuzoq,taroq; d) o‘xtin-o‘xtin ish-harakat egasi (subyekti)ni anglatadi: qochoqva
h.k.
-qon//-gan/-kanaffiksli so‘z yasovchi model
Mazkur kammahsul model yordamida ish-harakatning vositasi,
narsa-predmeti ma’nosini ifodalovchi ot (sifat) turkumiga xos terminlar yasalgan bo‘lib, ular azaldan o‘zbek adabiy tili so‘z xazinasida o‘z aksini topgan: bosqon, qopqon, yelkan, o‘pqon va h.k.
–qoq//-g‘oqaffiksli so‘z yasovchi model
Ushbu –qoq//-g‘oq affiksli kammahsul model ba’zi bir terminlarni yasashdagina qatnashganligi bilan xarakterlanadi: qazg‘oq (qazi-moq), qadoq (qada-moq), yorg‘oq (anat.), tutqoq (1.epilepsiya; 2. epileptik), botqoq va h.k.
–dak//-doqaffiksli so‘z yasovchi model
Faqat sanoqli ot (sifat) - terminlargina ushbu kammahsul affiks ko‘magida yasalganligini o‘zbek tili lug‘at boyligida bor bo‘lgan faktik materiallar tasdiqlaydi: qo‘ndoq, kekirdak, yugurdak, qovurdoq, likildoq (likilla-moq) va h.k.
– diaffiksli so‘z yasovchi model
Ba’zi bir miqdordagi terminlarning mazkur –di affiksli kammahsul so‘z yasovchi qolip ishtirokida voqelanishi hamda ish-harakat natijasi ma’nosini ifodalashi kuzatiladi: yig‘indi (mat.), qirindi, chirindi, chiqindi, cho‘kindi, oqindi va h.k.
–diq/-dik affiksli so‘z yasovchi model
Barmoq bilan sanarli terminlar ushbu o‘ta kammahsul -diq//-dik affiksli model ishtirokida yuzaga kelgan: qoldiq (mat.), siydik. -ichaffiksli so‘z yasovchi model
Ushbu –ich qo‘shimchali model ishtirokida narsa-predmet, buyum nomini ifolalovchi ba’zi bir terminlargina yasalgan: cho‘kich, cho‘mich.
–qin/-kinaffiksli so‘z yasovchi model
Bu kammahsul model jarayon, natija nomini anglatuvchi terminlarni
yasashda qatnashgan: otqin(geol.), toshqin,qochqin,sotqin,to‘lqin(to‘l- moq), bosqin, chirkin, chopqin va h.k.