O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə25/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Test:


  1. O‘zbek kurashi bo‘yicha ilk jahon birinchiligi qachon o‘tkazilgan?

    1. 1996

    2. 1997

S) 1998
D) 1999

  1. Ruscha okosteneniye terminining o‘zbekcha muqobilini belgilang.

    1. suyako‘sish

    2. suyaklanish

S) suyakqaynash
D) suyaksinish

  1. O‘zbek tili internet terminlari qayd etilgan qatorni aniqlang.

    1. massiv, yakor, overley

    2. gerundiy, plagin, piksel

S) idioma, trakt, yakor
D) paket, metateza, reduksiya

  1. Akklamatsiya o‘zlashmasi qaysi o‘zbekcha so‘zning dubleti hisoblanadi?

    1. ulug‘lash

    2. madh

S) olqish
D) qo‘llash

  1. Strukturasi o‘zbek tilida jiddiy o‘zgargan o‘zlashma terminni aniqlang.

    1. avianos

    2. dozimetrchi

S) pudrat
D) betonlash

  1. Boshqaruv organi nomini ifodalovchi terminni ko‘rsating.

    1. milliy davlatchilik

    2. kichik biznes

S) demping
D) xolding

  1. Ko‘p ukladli iqtisodiyot termini xalq xo‘jaligining qaysi sektorida qo‘llanadi?

    1. og‘ir sanoat

    2. agrar

S) harbiy
D) yengil sanoat

  1. Chiqindilarni qayta ishlash termini qaysi sohaga xos?

    1. geologiya

    2. biologiya

S) eklologiya
D) geografiya

  1. Yashil iqtisodiyot termini qo‘llanadigan sohani ko‘rsating.

    1. agrar

    2. texnika

S) ekologiya

  1. yengil sanoat



Adabiyotlar


    1. Бектемиров Ҳ., Бегматов Э. Мустақиллик даври атамалари. - Тошкент, 2002

    2. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. Тошкент: Фан, 1977.

    3. Кадирбекова Д. Инглизча-ўзбекча ахборот коммуникaция технологиялари терминологияси ва унинг лексикографик хусусиятлари. Филол. фан. бўйича фалс. док. дисс. автореф.- Тошкент, 2017.

    4. Лотте Д.С. Краткие формы научно-технических терминов. - М.: Наука, 1971.

    5. Лотте Д.С. Очередные задачи технической терминологии. Т.1.-М.: Московский лицей, 1994.

    6. Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари.-Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2017.

    7. Проблемы языка науки и техники.-М.: Наука, 1970.

    8. Саидқодирова Д. Инглиз ва ўзбек тилларида интернет терминларининг лингвистик тадқиқи. Филол. фан. бўйича фалс. док. дисс. автореф. -Тошкент, 2018.

    9. Ўзбекистон Республикасининг 1995 йил 21 декабрда янги таҳрирда қабул қилинган “Давлат тили ҳақида”ги Қонуни.

Sakkizinchi mavzu: Istiqlol davrida sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlarning o‘zbek terminologiyasiga ta’siri




Reja:

  1. Mustaqillik davri xalq hayotida yuz bergan tub o‘zgarishlarining o‘zbek terminologiyasi rivojiga ta’siri.

  2. O‘zbek terminologiyasida mavjud qusurlar.

  3. Terminlarning yasalishida faol modellarning o‘rni.



Asosiy tushunchalar: ijtimoiy-siyosiy hayot, termin yasash modellari, motivlangan terminlar, motivlanmagan terminlar, metonimik ko‘chim, affiksal termin yasash, sermahsul affiks, kammahsul qo‘shimcha, mutaxassislik terminlari, zoonimlar, texnikaviy terminlar, sohaviy terminologiya, guruhlashtirish, sheva va lahja materiallari, tilning ichki imkoniyatlari, ekstralingvistik omillar, texnologiya.

Ma’lumki, terminlar oddiy so‘zlar singari umumadabiy va maxsus leksikada bor bo‘lgan so‘z va o‘zaklardan yasaladi.


O‘zbek tili terminlari sistemasi o‘zga qarindosh turkiy tillardagi singari mavjud struktur turlar, ya’ni sodda, yasama, qo‘shma, qisqartma va so‘z birikmalarini qamrab oladi.
O‘zbek terminologiyasini takomillashtirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar yetarlicha.
Bugungi kunda o‘zbek tili soha terminologiyasi har tomonlama takomillashish jarayonini boshidan kechirmoqda. Terminlarning ular ifodalaydigan narsa-buyum, voqea-hodisa tushunchasi, ma’no- mazmuniga mutanosib, mos tushishi, struktur(shakl) jihatdan ixcham bo‘lishi, yakka ma’noni ifodalashi, ma’nodoshlik(sinonimik) qatorlariga kirmasligi kabi talablar terminshunoslar diqqat markazidan joy olganligi yangilik emas. Ayniqsa, chet tillardan shiddat bilan kirib kelayotgan ilm, fan, texnika, texnologiyaga doir terminlarni qanday tarzda qabul qilish, o‘zlashtirish xususida har xil yondashuvlar ko‘zga tashlanadi. Istiqloldan keyin o‘zbek terminologiyasi nafaqat miqdor, shuningdek, sifat o‘zgarishlarga ham yuz qo‘ydi. O‘zbek tili imkoniyatlaridan foydalangan tarzda terminlar tizimini tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, muayyan narsa-buyum, tushuncha, voqea- hodisani ifodalashda ona tili qatori, o‘rni bilan, o‘zbek tili shevalari va lahjalari so‘z xazinasida mavjud tayyor so‘zlardan foydalanilmoqda, o‘zbek tilida asrlar osha sinovlarga bardosh bergan so‘z yasovchi
affikslarning termin hosil qilishdagi ishtirokidan unumli istifoda etilmoqda, kalkalashning mavjud turlari yordamida terminlar hosil qilishga jiddiy diqqat qaratilmoqda, mazkur usullarning birortasi ham qo‘l kelmagan kezlarda chet tili terminlari aynan, tayyor holda o‘zbek terminologiyasi tarkibiga olinmoqda. So‘nggi fikrning isbotini AKT va zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kompyuter, internet bilan bog‘liq terminlarning qo‘llanishida ko‘ramiz.
Shubhasiz, o‘zbek terminologiyasi tizimi sezilarli rivojlanishda bo‘lishiga qaramay, ushbu soha ham muayyan qusur va kamchiliklardan xoli emas. Bizning nazarimizda, ularni quyidagi tarzda guruhlashtirish o‘zini oqlaydi:

  1. Ilmiy-texnikaviy terminlarning yanada taraqqiy etishi va takomillashuvida ona tilining ichki manbalari va so‘z yasash usullaridan qoniqarli tarzda foydalanmaslik. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bugungi kunda dunyodagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hayotida lokomativ rolini ado etmoqda. Eng zamonaviy qurol-aslahalar, asbob-anjomlar, dastgohlar, robotlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz kelajak jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilish amri mahol. O‘zbek modeli asosida o‘z rivojlanish yo‘lini belgilab olgan mamlakatimizda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, xususan, og‘ir va yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport sohalari ildam qadamlar bilan rivojlanmoqda. Buning natijasida O‘zbekiston jahon hamjamiyatining faol a’zosiga aylandi. Dunyoning yetakchi davlatlari bilan o‘rnatilgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, madaniy, diniy va h.k. aloqalar negizida taraqqiyotning yangi pallasini boshidan kechirayotgan xalqimiz chet ellardan olib kelinayotgan eng so‘nggi texnika va texnologiyalar bilan oshno bo‘lmoqda, ularni kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Vatandoshlarimiz, ayniqsa, iste’dodli yoshlarning xorijning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishi, yosh mutaxassislarning chet ellardagi universitetlarda malaka oshirishi, zamonaviy axborot texnologiyalarining insonlar turmushidan o‘rin olishi kabi omillar oqibatida yangidan yangi tushunchalar va ular bilan bog‘liq terminlar tilimizning so‘z xazinasidan o‘rin olmoqda. Mubolag‘asiz ta’kidlash joizki, ayni kezlarda o‘zbek tili terminologik tizimiga G‘arbiy Yevropa tillaridan bevosita va bilvosita yopirilib kirib kelayotgan terminlarni tartibga solish, unifikatsiya qilish, ularni o‘zbek tili qoidalariga bo‘ysundirish qiyin kechmoqda. Chetdan kelayotgan axborotning haddan tashqari ko‘pligi va serqirraligi terminologiyaga xos jihatlarni har doim ham diqqat markazida ushlab

turish imkoniyatini bermayapdi. Bu holat terminlarni o‘zlashtirish, kalkalash, izohlash paytida muayyan qiyinchiliklarni yuzaga chiqarmoqda. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanishga zarur e’tibor qaratilmoqda, so‘z yasash usullaridan har doim ham unumli iste’foda etilmoqda, deb bo‘lmaydi. Chet tilidan o‘zlashayotgan terminlarni aynan qabul qilish an’anasi hamon yetakchilik qilmoqda. Masalan, internet tarmog‘ida qo‘llanayotgan netabayt, ping, piksel, plagin, rastr, gigabayt, gigabit, interfeys, megabayt, terabayt, exabayt, zettabayt, yottabayt, portativ, additiv, tilshunoslikka doir abzats, agglyutinatsiya, aksent, analogiya, apokopa, grammatika, denotat, diglossiya, jargon, ideogramma, intonatsiya, kalka, konvergensiya, semasiologiya, sotsiolekt, jismoniy tarbiya va sportdagi boks, futbol, xokkey, kikboksing, konfu, karate, gimnastika, arena, stadion kabi terminlar shular sirasidandir.

  1. Ayni bir termin bilan bir nechta yoki har xil ma’nolarni ifodalash. Terminologiyada salbiy jihat hisoblangan mazkur holat qator terminlar sistemasidagi chalkashliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Masalan, byulleten leksemasi 1. xabarnoma; 2. byulleten (saylov byulleteni); 3. varaqa (kasallik varaqasi) ma’nolarida ishlatilmoqda. Terminning faqat yakka ma’noni ifodalashi lozimligini hisobga oladigan bo‘lsak, ayni holatni o‘nglash borasida jiddiy ishlarni amalga oshirishning zarurligi oydinlashadi.

  2. Bir ma’noni ifodalashda ikki, ba’zan bir nechta termin-sinonim (dublet, leksik variant)larning parallel ishlatilishi.

Terminologiyaga oid tadqiqot ishlarining barchasida bir ma’noni ifodalash uchun faqat bitta termin qo‘llanishi zarurligi bot-bot takrorlangan. Shunga qaramasdan, nafaqat o‘zbek terminologiyasi, balki boshqa til teraminologiyalarida ham muayyan ma’noning bir nechta termin-sinonimlar yoki dubletlar va leksik variantlar yordamida ifodalanishi ko‘zga tashlanadi. Tibbiy terminlar tizimida qo‘llanayotgan aqlpastlik- telbalik; zayflik-sustlik; ko‘rlik-so‘qirlik; tortishish-qisqarish- tarang tortish, iqtisodiy terminlar sirasidagi budjet-mablag‘, hisobchi- buxgalter; homiy-sponsor; bo‘nak-avans; hisob varag‘i-to‘lovnoma; taftish-reviziya; kirim-debit; qarzdor-debitor; soliq va bojxona terminologiyasidagi jarima-peniya; dallol-broker; qiymat-tannarx; badal-vznos; daromad-tushum-foyda; xaridor-mijoz-sotib oluvchi; soliqchi-soliq yig‘uvchi; bojmon-bojxonachi; ijtimoiy, harbiy, huquqshunoslik terminlari sistemasidagi diktator-yakka hokim; aparteid- irqiy ayirmachilik; vazifa-funksiya; ofitser-zobit; gipoteza-faraz-taxmin;
prolongatsiya-uzaytirish; konversiya-o‘zgartirish-almashtirish; jarayon terminlari qatoridagi boshqarish-boshqaruv; yig‘ish-yig‘uv; ko‘paytirish- ko‘paytiruv; siqish-siquv; sport sohasidagi penalti - 11 metrlik jarima; birinchilik-chempionat; qoshimcha taim - overtaiym singari terminlar shular jumlasidandir.
O‘zbek terminshunoslari oldida yuqorida keltirilgan muammolar qatori, tubandagi masalalarni ham hal etish mas’uliyati ko‘ndalang turibdi:
umumqo‘llanish xarakteridagi ba’zi terminlarning mutanosib variantlarining mavjud emasligi;
ilm-fan va texnika soha terminlarini tartibga solish hamda bir xillashtirishning qoniqarsizligi;
terminlarni qo‘llashda imloviy chalkashliklarga yo‘l qo‘yish; terminografiya masalalariga bugungi talablardan kelib chiqib
yondashish, turli turdagi terminologik lug‘atlar tuzish va nashr qilish jarayonini boshqarish hamda nazorat qilishning sustligi;
turli sohalarda qo‘llanuvchi terminlar aynanligini ta’minlaydigan metodik qo‘llanma va davriy byulletenning mavjud emasligi;
terminologik leksika, ayniqsa, Mustaqillik davri ilmiy-texnikaviy terminlar haqida olib borilayotgan nazariy tadqiqotlarning qoniqarli emasligi;
terminologiya masalalari bilan maxsus shug‘ullanadigan boshqaruv hamda monitoring qiluvchi organining yo‘qligi.
O‘zbek terminologiyasi tizimida tub terminlar singari derivativ terminlarning ham roli salmoqlidir. Tub terminlar o‘zbek terminologiyasining barcha shakllanish va rivojlanish bosqichlarida ko‘zga tashlanadi. Xususan: el, yurt, yoy, o‘q, to‘p, to‘ra, tamg‘a, til, qin, boy, kung “joriya, kanizak”, qul, yov, qorin, jag‘, o‘pka, ko‘z, oy, kun kabi tub terminlar deyarli barcha terminologik sistemalar uchun xosdir.
Yasama terminlar, shubhasiz, o‘zbek terminlogiyasining ulkan qismini tashkil etadi. Yasama terminlar morfologik, sintaktik va semantik yo‘l bilan hosil qilinishi jihatidan umumleksikadan farqlanmaydi.
Affiksatsiya termin yasashning eng mahsuldor usuli bo‘lib, bu usul o‘zbek terminlogiyasi qaror topishining biz bilgan yuqoridagi bosqichlarida yetakchilik qilgan.
So‘z yasalishi o‘zbek tilshunosligida chuqur va atroflicha tadqiq etilgan masalalardan hisoblanadi. Mazkur muammoga oid bir qancha dissertatsiyalar himoya qilingan, talaygina monografiya hamda
maqolalar chop etilgan. Termin yasalishi ham o‘zbek tilshunoslari diqqat markazidan o‘rin olgan sohalardan sanaladi.
Termin yasalishida morfologik, sintaktik hamda semantik usullar o‘ta mahsuldor va faol bo‘lib, bularning ko‘magida terminologik tarkib muttasil boyib, taraqqiy etmoqda.
O‘zbek tili terminlarining aksariyatini motivlangan, ya’ni so‘z- terminlar (qo‘shimchalar bilan yasalgan), termin-qo‘shma so‘zlar, termin-birikmalar hamda semantik (asosan metaforik) ko‘chim asosida hosil qilingan terminlar tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda, terminlarning salmoqli qismi motivlanmagan, ya’ni o‘zbek tilining o‘z sodda so‘zlari, o‘zlashmalar, termin-kalkalar va antrponimlardan metonimik ko‘chim vositasida voqelangan.
So‘z turkumlari nuqtayi nazaridan o‘zbek tili terminologiyasi asosan ot, sifat, ravish va fe’l so‘z turkumlariga oid so‘zlardan iborat. Shak- shubhasiz, ot-terminlar o‘zbek terminlogiyasining poydevorini tashkil etadi. Ayni paytda, sifat turkumiga dahldor so‘zlarning terminologik leksika tarkibi taraqqiyotidagi o‘rni salmoqli ekanligini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Fe’l-terminlar ham o‘zbek terminologiyasining sezilarli ulushi sanaladi.
O‘zbek tilida morfologik usul bilan termin yasalishi umumadabiy til leksik birliklarini hosil qiluvchi ayni so‘z yasovchi qo‘shimchalar hamda so‘z yasovchi qolip (model)lar yordamida amalga oshiriladi.
Affiksal termin yasalishi umumadabiy so‘zlarning hosil qilinishi singari juda qadimdan yetakchi va sermahsul usul hisoblanadi. O‘z vaqtida Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Ibn Muhanna lug‘atlarida, XIII-XIV asrlarda turkiy til grammatikasiga doir arab tilida yaratilgan risolalarda, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘zbek (turkiy) tili so‘z yasalishi vositalari va yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan edi.
Hozirgi paytda o‘zbek tili so‘z yasalishi masalasiga tegishli ilmiy adabiyotlarda so‘z yasovchi affikslarining to‘la tarkibi ma’lum darajada tartibga solingan.



Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin