O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə22/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Naqliyot yasamasi nega ommalashmadi?

  1. sun’iyligi

  2. o‘zga tilga oidligi

S) ilgari qo‘llanmagani
D) so‘z boyligida yo‘qligi

  1. 90-yil boshlarida bandargoh o‘zlashmasi qaysi termin o‘rnida ishlatilgan edi?

    1. park

    2. aeroport

S) port

  1. lager



Adabiyotlar


    1. Бектемиров Ҳ., Бегматов Э. Мустақиллик даври атамалари. - Тошкент, 2002

    2. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. Тошкент: Фан, 1977.

    3. Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари.-Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2017.

    4. Ўзбекистон Республикасининг 1995 йил 21 декабрда янги таҳрирда қабул қилинган “Давлат тили ҳақида”ги Қонуни.

Yettinchi mavzu: Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasining
taraqqiyoti


Reja:

  1. Globallashuv va integratsiya davrida tillararo munosabatlarning terminologiyada aks etishi.

  2. O‘zlashma terminlarning o‘zbek adabiy tili qonunlariga bo‘ysundirilishi.

  3. Xalq xo‘jaligidagi yangi sohalarning o‘zbek terminologiyasi rivojidagi roli.



Asosiy tushunchalar: mustaqillik davri, globallashuv,internet davri, realiyalar, o‘zbek kurashi, donor til, mutanosib, almashtirish, tarjima qilish, so‘z yasalish usullari, dublet, davlat boshqaruvi, lug‘at fondi, moslashish, milliy siyosat, ekotermin, kimyo terminologiyasi, til qonunlari, yangi nomlanishlarning voqelanishi.

Globalllashuv, internet va kompyuterlashtirish asrida O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati safidan o‘rin olishi davlatlararo iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va h.k. aloqalarning qizg‘in, jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi.


Bunday munosabatlarning ijobiy natijalari nafaqat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy hayotda, shuningdek, tilda ham o‘z ifodasini topmoqda. So‘nggi yillarda o‘zbek terminologiyasi tayyor xorijiy leksik birliklar hamda ular anglatuvchi akademik litsey, kollej, magistr, magistratura, bakalavr, tender, preferensiya, investitsiya, litsenziya, diler, megapolis, ekologiya, ekspert, demping, inflyatsiya, kliring, supermarket, minimarket, giper market, chat, paynet, elektorat, narkobiznes, milliy aviakompaniya, klasster, robot-taksi, drayver, elektron viza, tranzit biznes, trend, brend, logistika, vatsapp, rouming, instagram, telegram, mikrozaym, investor, onlayn, oflayn, onlayn- broker, onlayn rejim, keys-stadi, innovatsion texnopark singari mutlaqo yangi tushunchalar va realiyalar hisobiga boyib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi olimlarining dunyoning rivojlangan mamlakatlari yetakchi muassasalari ilm ahli bilan o‘rnatgan ilmiy-texnik munosabatlarining jadallashuvi, hamkorlikda dolzarb ilmiy masalalar ustida izlanishlar olib borishning yo‘lga qo‘yilishi, yosh iste’dod egalarining nufuzli chet el universitetlari va institutlarida o‘qishi yoxud malaka oshirishi terminlar sistemasining yaqinlashuvi, boyishiga ko‘mak
beradi. Hozirgi o‘zbek terminologiyasi uchun G‘arb tillari, ayniqsa, ingliz tilidan ko‘plab terminlarning bevosita kirib kelishi diqqatga sazovordir.
Shu bilan bir qatorda, o‘zbek tili terminlarining boshqa tillar tomonidan o‘zlashtirilayotgani ajablanarli hol emas. Zero, so‘z o‘zlashtirish hodisasining ikki tomonlama sodir bo‘lishi tilshunoslikda allaqachon tasdig‘ini topgan.
Ta’kidlash joizki, 1999-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusiga muvofiq o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon birinchiligi o‘tkazildi. Keyinchalik, bu sport turining ommalashuvi va dunyo sahnasiga chiqishi natijasida kurash, yonbosh, chala, halol, g‘irrom kabi terminlar xalqaro sport terminologiyasining mulkiga aylandi (Bektemirov, 2002;10). “Sharq taronalari” (Vostochniye melodiy), “O‘zbek modeli” (Uzbekskaya model) singari terminlar jahonga mashhur bo‘ldi. Mahalla institutining qayta tiklanishi fuqarolar yig‘ini, fuqarolar yig‘ini raisi, oqsaqol va h.k. terminlarning o‘zga tillar so‘z boyligidan mustahkam o‘rin olishi yoki tarjima qilinishiga bois bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, o‘zbek terminologiyasi tizimida xorijiy tillarga taalluqli tushunchalarni o‘z ichki imkoniyatlar asosida ifodalash tamoyili yetakchilik qilmoqda. Bunday jarayon paytida chetdan kelayotgan o‘zlashmalarning bir qismi o‘zbekcha mutanosiblari bilan almashtiriladi yoki tarjima (kalka) qilinadi. Ushbu usul yangi tushunchalarni atashda o‘ta qulayligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Masalan, aksiyadorlik jamiyati (aksionernoye obshestvo), erkinlashtirish (liberalizatsiya), tijorat banki (kommercheskiy bank), muzyorar (ledokol), kichik biznes (maliy biznes), soliq stavkasi (nalogovaya stavka), tadbirkor (predprinimatel), xususiy sektor (chastniy sektor), infratuzilma (infrastruktura), ekologik xavfsizlik (ekologicheskaya bezopastnost), siyosiy ekstremizm (politicheskiy ekstremizm), potensial xavf-xatar (potensialnaya ugroza), mintaqaviy mojaro (regionalniy konflikt), nevrojarohat (tib.nevrologiya), tabofalajlik (tib.taboparalich), ekspert kengashi (ekspertnaya komissiya), yuridik shaxs (yuridicheskoye litso), plastik kartochka (plastikovaya kartochka), kichik biznes subyektlari (subyekti malogo biznesa), moliyaviy organlar (finansoviye organi), raqamli tarmoq (digital network), manzil niqobi (address mask), alfa- sinov (alpha testing), yashil kompyuter (green computer), elektron hamyon (electronic purse) va h.k. shular jumlasidandir. O‘zlashma terminlarni muqobili bilan almashtirish ham faol sanaladi: burun

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin