Bitiktoshlar matnida qanday mavzuiy guruhlarga oid terminlar qayd etilgan?
Eski turkiy til terminologiyasining shakllanish manbalarini belgilang.
Eski o‘zbek tili terminologiyasi rivojiga bois bo‘lgan qanday omillarni bilasiz?
XIX asrning ikkinchi yarmidan o‘zbek terminologiyasi tizimi qanday manbalar hisobiga rivojlandi?
O‘zbek tili terminologiyasining shakllanishida o‘z qatlamning o‘rni xususida bahs yuriting.
Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining yasalish yo‘llariga e’tibor qarating.
Mo‘g‘ulcha o‘zlashmalar eski o‘zbek tilining qaysi fan sohasida miqdoran aksariyatni tashkil qiladi?
Quyida “Gul-u Navruz” dostonidan olingan she’riy matndagi istilohlarni toping va ularni izohlashda aqliy hujum usuliga murojaat qiling:
Qaravulǧa kelib edi Gul özi, Haminkimbučerikkätüštiközi. Čïnäbtaptïkisardάrï zabundur, Heč iš bilmäs yaraǧsïz befunundur. Čerigi butrašïb tunqal yasaq yoq, Qošunlarbošalïbhečbašayaqyoq.
Test:
Runik bitiklar janr jihatdan nechta guruhga bo‘linadi?
yetti
besh
S) to‘rt
D) olti
Qadimgi turkiy tilda “mis tanga” ma’nosini ifodalagan terminni aniqlang.
aqcha
birinj
S) baqir
D) dirham
Rabjat termini eski turkiy tilda qanday ma’noni ifodalagan?
joriyalardan olinadigan soliq
savdogarlardan olinadigan soliq
S) qullardan olinadigan soliq
D) boylardan olinadigan soliq