O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə16/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Asosiy tushunchalar: adabiy til, til xususiyatlari, so‘zboylik, runik bitiktoshlar, ijtimoiy-siyosiy terminlar, soliq va boj terminlari, tibbiy terminlar, ekstralingvistik omillar, terminlarning yasalishi, o‘zlashmalar, eski o‘zbek adabiy tili, zoonimlar, anatomik terminlar, astroponimlar.

Turkiy yozma-adabiy tilning dastlabki namunalari sirasiga tegishli qadimgi run bitiklari, shubhasiz, turkiy xalqlar ajdodlariga xos yuqori darajada shakllangan lisoniy madaniyatidan darak beruvchi manba vazifasini o‘taydi. Qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik, morfem- morfologik, leksik-semantik va sintaktik xususiyatlari O‘rxun- Yenisey(Enasoy) tosh bitiklari va epitafiyalarida o‘z ifodasini topgan. Runik obidalar janr nuqtai nazaridan olti guruhga taqsimlanadi:


tarixiy-biografik bitiklar: Kultegin, Mo‘g‘ilon (Bilga qag‘an), Kulicho’r, To‘nyuquq, O‘ngin, Selenga, Sujun, Qorabalg‘asun bitiktoshlari;
epitafik bitiklar: Yenisey, Talas, Tuva, Xaqosiya qabr toshlari; qoyalar, toshlar va qurilishlardagi (Xo‘yto‘-Temir) bitiklar; diniy matnlar: “Folnoma” folkitobi;
Turfondan topilgan yuridik/huquqiy hujjatlar; Maishiy narsa-buyumlardagi bitiklar.
Runik bitiklar va ilk eski turkiy til obidalari leksikasi tarkibida bir qancha terminologik tizimlarning mavjudligini turkiyshunoslikda olib borilgan izlanish va maxsus tadqiqotlar tasdiqlagan. Xususan, quyidagi mavzui guruhlarga oid terminologik tizimlar bitiklar matnida faol qo‘llangan:
Ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimi – qağan “Oliy hukmdor, xoqon”, tegin “taxt vorisi, xonzoda”, šad “Turk va Uyg‘ur xoqonligida oliy harbiy-ma’muriy unvon”, yabğu “G‘arbiy turk xoqonligi hukmdori”, qatun “malika”, tudun “nazoratchi”, tutuq “viloyatning harbiy hukmdori”, tarqan “ hokim, boshliq”, beg “bek, boshliq”, eltäbär
“azlarning sarkardasi”, sabčï “elchi”, yolčï “boshliq”, bağa (sug‘d)“unvon, lavozim”, ïšbara (sanskrit) “unvon, mansab” va h.k.
Harbiy terminlar – kőrűg “ayg‘oqchi, josus”, ayğučï “harbiy maslahatchi”, sűbašï “sarkarda, lashkarboshi”, yerči “yo‘l ko‘rsatuvchi, qulavuz”, sűƞűš “jang, urush”, sűƞűg “nayza”, “lashkar, qo‘shin”, buyruq/buyuruq “farmonbardor”, qïšlaq “qish mavsumi uchun mo‘ljallangan lashkargoh, lager”, qurğan “qo‘rg‘on, istehkom”, barğu “o‘lja”, tegiš “jang”, kedim “sovut; yopinchiq”, yelmä “g‘oratgar askariy guruh”, bulun “bandi, tutqun”, asir (ar.) “tutqun, asir” va h.k.
Savdo-sotiq, moliya bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi istilohlar: arqïš “savdo-sotiq karvoni”, sat- “sotmoq”, satïğ “savdo- sotiq”, satïğčï “tojir, savdogar”, berim alïm “qarz”, alïm berim “qarz”, otağ “qarz”, otağčï “qarzdor”, ribat “rabot, karvonsaroy”, bergűči “sudxo‘r, qarz beruvchi”, baqïr “pul birligi; mis tanga”, dinar “dinor (oltin tanga) va h.k.
Soliq va boj terminlari – berim “to‘lov”, qabïn “tayyor mahsulot bilan to‘lanadigan soliq turi”, qubčïr “davlat tomonidan fuqarolardan undiriladigan jon solig‘i”, rabjat “qullardan undiriladigan soliq”va h.k.
Zoonimlar – buğra “ erkak tuya”, arslan “arslon, sher”, at “ot”, ud “qoramol (buqa yoki sigir), qağatïr “xo‘kiz”, bőri “bo‘ri”, bars “yo‘lbars”, tiši bars “urg‘ochi yo‘lbars”, va h.k.
Astroponimlar: ay “oy”, kűn “quyosh”, Altun yultuz “Cho‘lpon, Venera”, Baqïr soqïm “Mars”, Čadan//Čazan// Čayan “Chayon yulduzlar turkumi”, Yetigän “”Katta Ayiq”, nujum “astronomiya”, Ot yulduz “Mars”, Suv yulduz “Merkuriy”, Topraq yulduz “Saturn”, Yïğač yulduz “Yupiter”, yer “yer, zamin” va h.k.
Anatomik terminlar – yűräk “yurak”, qaraq “ko‘z, ko‘z gavhari”, qarïn “qorin”, qol “qo‘l”, baš “bosh”, bağïr “jigar”, ővkä/őpkä “o‘pka” va h.k.
Tibbiy terminlar – buğan “chipqon”, kaka tau “yiringli yara, chipqon”, ig “dard, kasallik”, ig ağrïğ “kasallik, dard”, ig kegän “dard, kasallik”, adaq ağrïğ “oyoq og‘rig‘i”, ağïz ağrïğ ig “og‘iz kasalligi”, burun ağrïğ ig “burun kasalligi”, boğuz ağrïğ ig “qizilo‘ngach, halqum kasalligi”, yűräk ağrïğ ig “yurak kasalligi”, onunč ağrïğ ig “tomog‘ og‘rig‘i kasalligi”, qulğaq ağrĭğ ig “quloq kasalligi”, ağrïğčï “kasal, bemor, dardmand”, tib “tibbiyot”, čurnï (sanskrit) “surgi dori” va h.k.
Ma’dan nomlarlarini anglatuvchi terminlar: altun “oltin, tilla, zar”,

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin