O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə12/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

To‘rtini mavzu: Terminologik leksikaning umumadabiy leksika
bilan munosabati


Reja:

  1. Umumadabiy so‘zlarning terminologiya shakllanishi va rivojlanishidagi roli.

  2. Terminologiya tarqqiyotida sheva elementlarining o‘rni.



Asosiy tushunchalar: leksik fond, umumadabiy leksika, terminologik leksika, xoslanmoq, maxsus tushuncha, maxsus ma’no, dastlabki ma’no, transterminlashuv, denotat, nominativ-denotativ vazifa.

Terminologiyaning shakllanish va taraqqiy etish jarayoni tilga xos so‘z yasalishi qonuniyatlari hamda tilning leksik fondi asosida sodir bo‘ladi. Umumiste’molga oid leksikaning terminlashuvi tarixiy hisoblanadi. Bu hodisa til va terminologiya orasidagi ikki tomonlama munosabatning mavjudligini ko‘rsatadi. Mazkur jarayon shuningdek, umumadabiy leksika va terminologik leksika o‘rtasidagi jips aloqalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.


Umumadabiy so‘zlar so‘zlashuv tili, dialektlar, lahjalar va sotsial jargon, argolarning leksik boyligi va meyorini tashkil qiladi. Ayni zamonda, umumxalq so‘zlari har qanday milliy til terminologiyasini hamisha to‘ldirib, kentaytirib boruvchi manbalardan biri tarzida e’tirof etiladi.
Umumadabiy so‘zlarning terminologik leksika tizimiga ko‘chishi, ya’ni transterminlashuv (Ismailov 2011)ning ikki turi mavjudligi aniqlangan:
terminologiyaga ko‘chgan umumadabiy leksik birliklarning ma’lum qismi o‘z ma’nosini saqlab qolgan holda ishlatiladi: ildiz, suv, shamol, dengiz, daryo, oy, quyosh, bug‘doy, tol, uzum, shimol, janub, yer, ayg‘ir, baliq va h.k. Bu o‘ta keng qamrovli leksika qatlami bo‘lib, mavzu jihatdan jamiyat, inson, tabiat, ekologiya, hayvonot (fauna) va o‘simlik
dunyosi (flora) bilan mustahkam aloqada bo‘lgan. Qayd etilgan so‘zlar keng umumadabiy hamda o‘z navbatida, tor, maxsus sohaga taalluqlidir. Mazkur so‘zlarning ifodalanuvchisi va ifodalovchisi turli sohalarda mos tushadi, ammo ular ma’no obyekti, axborot ko‘lami, mazmun-ma’no turi bilan farqlanadi (Danilenko, 1977; 23).
Umumadabiy leksikaning boshqa bo‘lagi yuz bergan ma’noviy o‘zgarish oqibatida terminlar safiga o‘tadi. Qoidaga ko‘ra umumadabiy tildan terminologik tizimga olingan so‘zlar muayyan ilmiy tushunchani ifodalash uchun xoslanadi, ilmiy termin maqomiga ega bo‘ladi.
Masalan, o‘zbek tili texnik terminologiyasi tizimida detallar, mexanizmlar, mashina qismlari hamda turli buyum-asboblarni anglatish uchun xoslangan ko‘z, oyoq, qadam, barmoq, qo‘ltiq, to‘siq, qobirg‘a, og‘iz, tirnoq, quloq, pichoq, quti, taroq, qozon, qoshiq, panja, musht, tuynuk, til, tish singari so‘zlar talay miqdorni tashkil qiladi. Ilmiy matnlarda bu so‘zlar o‘zlarining birlamchi (denotativ) ma’nosini yo‘qotib, yakka ma’noli ilmiy terminga aylanadi.
Ushbu maxsus tushunchalarni atash usuli an’anaviy, obyektiv hamda juda sermahsul hisoblanadi.
Yangi terminlarni hosil qilish hisobiga mavjud ehtiyojlarni qondirish mushkul kechgan hollarda, majburiy chora sifatida til lug‘at fondidagi so‘zlarga murojaat etiladi (Danilenko, 1977; 23). Mazkur guruha tegishli so‘z-ot va termin-otlar har xil denotatlarni ifodalashi bilan o‘zaro farq qiladi. Ba’zi bir leksik birliklar misolida maxsus ma’noning shakllanish jarayonini kuzatish mumkin.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida čanaq so‘zi

  1. o‘yib yasalgan kichik hajmdagi yog‘och idish; 2) kosa, tovoq, lagancha ma’nolarida qo‘llanagan (DTS, 1969; 138). Bu leksema eski o‘zbek adabiy tilida “hayvonlar suv ichadigan idish”(ANATIL, III,1984;450) ma’nosini anglatgan. Fanning keyingi rivoji bosqichlari davrida kuzatilayotgan so‘z tibbiyot terminologiyasi tizimiga maxsus ma’noni ifodalovchi termin sifatida kirgan hamda “tos suyagi, dumg‘aza suyagi” va “kosasimon o‘yiqli suyak” ma’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan.

Yuqorida qayd etilgan vaziyatda hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘zining dastlabki ma’nosini yo‘qotgan umumiste’mol so‘z ma’nosidan metaforik ko‘chim asosida maxsus terminning yasalish jarayoni yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunonchi, chanoq tibbiy termini quyidagi sintagmatik birikmalar tarkibida faol qo‘llanishi bilan diqqatni tortadi: katta chanoq («taz bolshoy»), bolalar chanog‘i («taz detskiy»), infantil

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin