O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Fe’l asoslardan yasalgan ot-terminlar



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə28/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Fe’l asoslardan yasalgan ot-terminlar


-g‘ich/gich//-qich/-kich affiksli model
-g‘ich/-gich (jarangli undoshlardan keyin)// -qich/-kich (jarangsiz undoshlardan keyin) affiksi yordamida yasalgan ot-terminlar.
Azaldan mazkur ko‘hna tub affiksning bosh vazifasi o‘timli fe’llar o‘zagidan sodir bo‘ladigan ish-harakat vositasi yoki qurol-aslahani ifodalovchi terminlar hosil qilish hisoblangan. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridayoq örküč “uch oyoqlik qozon” (DLT, 1, 121), yergüč “qilichsimon tayoq” (DLT, 1,422), bičgüč “qaychi” (DLT, 1, 421) kabi terminlar o‘z ifodasini topgan.
Hozirgi o‘zbek tili terminologiyasi tizimida –g‘ich/- gich//-qich/- kich affiksi o‘ta mahsuldor bo‘lib, uning ishtirokida ulkan miqdordagi terminlar hosil qilinmoqda. Masalan, “Mexanizatorlar uchun lug‘at- ma’lumotnoma” da mashina, asbob-uskuna, mexanizmlar va ularning detellari hamda qismlari nomlarini anglatadigan 422 termin o‘z aksini topgan. Qayd etilgan terminlardan 78 tasi ko‘rilayotgan affiks(variantlari bilan)ning faol qatnashuvida yasalgan (Doniyorov, 1977; 90-91).
Binobarin, –g‘ich/-gich//-qich/-kich affiksli model quyidagi mazmundagi terminlarni hosil qiladi:

  1. ish-harakatni bajaruvchi qurol-aslaha yoxud vosita nomini bildiradi: ajratqich, qorg‘ich, ag‘dargich, bug‘latgich, qisqich, purkagich, to‘plagich, to‘sqich, kuchaytirgich, tishcharxlagich, chizg‘ich, sovutgich (1. biol. oxladitel; 2. maxs. xolodilnik), o‘tkazgich, suzg‘ich, suzgich, qirg‘ich, o‘lchagich, sug‘orgich, to‘g‘rilagich, qaytargich (mayoq), portlatgich, o‘lchagich va sh.k;

  2. ba’zan: a) ish- harakat subyekti (o‘timli fe’llardan)- yirtqich; b) ish-harakat o‘rni, joyini anglatadi: bosqich;

  3. ish-harakat sifati, xususiyatini ifodalaydi: tishlong‘ich (tishla- moq) (Kononov, 1960; 119-120).

-(i)sh affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur sermahsul model hozirgi o‘zbek adabiy tilida tubandagi terminlarni hosil qiladi:

  1. ish, harakat nomini bildiradi – siljish, otish, tutish, quturish, achish, bijg‘ish, so‘rilish, yoyilish, minalashtirish (harb.) va h.k.;

  2. hodisa, jarayon, ba’zan natija yoki harakat nomini uning aniq moddiy ifodasidan kelib chiqqan tarzda ifodalaydi (Kononov, 1960; 116): urush, urish (tib. yurak urishi), quyilish, bukish, purkash, g‘umbaklashish, urug‘lanish, changlanish, chekinish, qo‘riqlash, shishish, yaralanish va h.k.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida katta qo‘lamdagi texnika terminlarining aynan –(i)sh affiksli model yordamida yasalayotganini alohida ta’kidlash
zarur.
Biz tomondan olib borilgan kuzatuv –(i)sh affiksining, ayniqsa, hozirgi o‘zbek tili harbiy terminologiyasi tarkibiga kiruvchi terminlarni yasashda faol va mahsuldor ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu affiks fe’l asoslarga qo‘shilib, talay motivlangan terminlarni hosil qiladi: og‘ish, tutish, uchish, qo‘nish, portlash, saflash, qo‘riqlash, niqoblash, tekshirish, kodlashtirish, tisarilish, pelenglash, bazalashtirish, panalash, qirish,chekinish va h.k.
Tahlilga tortilayotgan model shuningdek, huquqiy terminlarni ham yasashda faolligi va mahsuldorligi bilan xarakterlanadi: undirish, takomillashtirish, aniqlash, tugatish, almashtirish, qonunlashtirish va
h.k. Ayni holatni jismoniy tarbiya va sport terminologiyasida ham kuzatamiz: sakrash, suzish, chopish, yiqitish, urish (gol), uzatish va h.k.
-ma affiksli so‘z yasovchi model
XIV asrdan e’tiboran faol qo‘llanishga kirgan urg‘u tushuvchi –ma affiksli sermahsul model quyidagi turfa ma’no-mazmunlarni ifodalovchi terminlarni yuzaga keltiradi:

  1. natija, voqea-hodisa, jarayon, kamdan kam hollatlarda ish-harakat nomini ifodalaydi (Kononov 1960;118): otishma, payvandlama, ko‘chirma, aylanma (1.suv o‘rami; 2. doira), ko‘rgazma, tenglama (mat.), qo‘chma (til.ma’no), yollanma (harb. armiya), aylanma (harb. harakat), qo‘shilma (harb.), uzatma (sport) va h.k.;

  2. kasallik turlarni bildiradi: toshma, bo‘g‘ma, terlama, qichima, o‘sma va h.k.;

  3. taom, ovqat nomlarini anglatadi: dimlama, qiyma, suzma, o‘rama, qatlama, qaynatma va h.k.;

  4. narsa-predmet, buyum nomini ifodalaydi: tortma, chizma, chatishma, tirkama, to‘shama, moslama (asbob), quyma, bosma (qo‘l richagi), to‘qima, eritma, qorishma, aralashma, ag‘darma, qurilma, sochma (harb. o‘q), yig‘ma ( harb. ko‘prik), ko‘tarma (harb. ko‘prik; tex. kran), tirkama va h.k.

Xullas, yuqorida keltirilgan ashyoviy materiallar –ma affiksli modelning ham ilmiy, ham texnikaviy ma’noni anglatuvchi terminlar yasashdagi mahsuldorligidan dalolat beradi.

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin