O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə10/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Uran, Neptun, Pluton, asteroid, Ulug‘bek asteroidi, Osiyo asteroidi, Galley kometasi, Neuymin kometasi, selenonim, Kirill krateri kabi astroponimlar ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda faol ishlatilmoqda, darslik, qo‘llanma hamda turli xarakterdagi lug‘atlarda qayd etilmoqda (Primov, 2009).
Xullas, genetik ko‘rinishi nuqtayi nazaridan o‘zbek tilida qo‘llanuvchi terminlar: a) terminologiya tizimiga tayyor til birligi sifatida qabul qilingan so‘zlar; b) maxsus nom tarzida yasalgan so‘zlarga taqsimlanadi. Bunday ko‘rinishni muayyan lisoniy hodisa va vaziyatlarning mahsuli, deb baholash kerak bo‘ladi.
Tarixiy manbalarda muayyan narsa-predmet, tushunchani ifodalashda ba’zan sinonimik qatorlarning ishtirok etgani kuzatiladi. Masalan: bek-amir, tümän-nάhiya, qol-buranğar, maƞlay hiravul,
yalavac-rasul-qάsid va h.k. Terminologiyadagi sinonimlar o‘zgacha tabiat va boshqa funksiyalarga ega bo‘lgani bois (stilistik vazifa bajarmaydi) ayrim tilshunoslar tomonidan dubletlar deb nomlanadi (Reformatskiy, 1987.91). Sinonimiya (variantdorlik) terminologik sistema shakllanishining boshlang‘ich davrlariga xos, bu davrda variantlar miqdoran ko‘p bo‘lib, eng maqbul terminni tanlash hodisasi hali reallashmagan edi (Danilenko, 1977,73).


Savol va topshiriqlar:


  1. O‘zbek tili ilmiy terminologiyasi necha turdan iborat?

  2. O‘zbek terminologiyasining shakllanishi qachon boshlangan?

  3. O‘zbek terminologiyasining rivojlanishida eski o‘zbek adabiy tilining roli qanday?

  4. Qo‘hna manbalarda qo‘llangan istilohlarning o‘zbek terminologiyasida saqlanish darajasi qanday?

  5. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy”dostonida ishlatilgan harbiy istilohlar tizimini aniqlashda aqliy hujum usulini qo‘llang:

Kelgäč-oq laškarini tüzdi ravάn, Ayladï rasm-i jalάdatnï ayάn.
Hūkm qïldïki: yasansun laškar Yašnasun javšan-u tiğ-u miğfar. Äksäri jibälik-u javšanlik, Čarxdïn körmägän el tavsanlik. Kimdä-kim jibä-u javsan yoq edi Xud-u qalqan bilä köŋli toq edi.

  1. “Boburnoma”da qo‘llangan ijtimoiy-siyosiy istilohlar xususida mulohaza yuriting.

  2. Ogahiy tarix asarlaridagi diplomatiya terminlarini belgilang.

  3. Nujum ilmiga oid istilohlarning “Xamsa”da ifodalanishiga diqqat qiling.

  4. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarida qo‘llangan sinonim istilohlarni toping.




Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin