O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Affiksatsiya usuli bilan yasalgan ot turkumli termin (turdosh ot) lar



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə26/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Affiksatsiya usuli bilan yasalgan ot turkumli termin (turdosh ot) lar


    1. Ot (sifat) turkumli so‘zlardan yasalgan terminlar.

-chi affiksli so‘z yasovchi model
O‘ta sermahsul va turg‘un hisoblanmish –chi affiksli model hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida amaliy qo‘llanishda qolayotgan katta miqdordagi terminlar bilan ifodalangan. Mazkur model turdosh otlar
yasovchi modellar qatorida eng mahsuldorligi va faolligi bilan ajralib turadi (Gulyamov, 1955; Shoabdurahmonov, 1980;175-178; Begmatov 1985;132-133). Mazkur model ot so‘z turkumidan aksariyat shaxs oti, ish
- harakatni bajaruvchi, biron kasb bilan shug‘ullanuvchi, ijtimoiy mansublik (Sherbak, 1977;103; Sravnitelno-istoricheskaya grammatika 1988;144-146) kabi ma’nolarni ifodalovchi otlarni hosil qiladi.
-chi affiksining tarixiy taraqqiyoti jarayonida harakat-holat, kasb- hunar, mutaxassislik ma’nolarni ifodalashi ravshan namoyon bo‘ladi. VII-XIV asr qadimgi turkiy runik hamda eski turkiy til yozma manbalarida ushbu affiks (-čï//-či) ishtirokida yasalgan bedizči ( rezchik po derevu, kamnyu, vayatel)(DTS,90), bitkäči (pisets, pisar)(DTS,10), ayğučï (sovetnik)(DTS,28), alïmčï (zaimodavets, kreditor) (DTS,35), altunčï (zolotix del master) (DTS,40) singari juda ko‘p terminlar qo‘llangan. Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub “Muqaddimat ul- adab” lug‘atida bu qo‘shimcha ishtirokida yasalgan, turli kasb va hunar egalarini anglatuvchi yigirmadan ortiq nomlar qayd etilgan: paxsačï (vozvodyashiy glinobitniye steni), yağčï (maslodel), čağïrčï (vinodel), bïčaqčï (nojovnik) va h.k. (Dadabayev, 1990; 80).
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy “Muhokamat ul- lug‘atayn” asarida – čï//-ci affiksining vazifasiga alohida diqqat qaratgan holda, uning qurčï, xizάnačï, yarağčï, čavgάnčï, nayzačï, šukurčï, yurtčï, šilančï, axtačï, qusčï, barsčï, qoruqčï, tamğačï, jibäči, yorğačï, hάlvačï, kemäci, qoyčï singari turfa mansab va rutbalarni ifodalashdagi faolligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiyning yozishicha, qazčï, quvčï, turnačï, kiyikči, tavušqančï kabi qush ovi bilan bog‘liq ko‘pgina terminlar ham ushbu affiksi ko‘magida yasalgan (Alisher Navoiy, 1967;116-117).
Ilmiy-texnikaviy inqilob davrida, globallashuv, internet va kompyuterlashtirish asrida –chi affiksli modelning so‘z yasash imkoniyatlari va doirasi bir necha barobar oshib ketdi.
Ushbu modelning so‘z yasashdagi vazifasi o‘zbek tilining terminologik so‘z yasalish me’yorlarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
-chi bilan yasalgan otlarning ma’noviy o‘ziga xosliklari u qo‘shilayotgan o‘zakka hamda uning o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiyatlar ta’sirida shakllanadi.
-chi affiksli ot – terminlar semantik strukturasiga ko‘ra, bir qancha guruhlarga bo‘linadi.

  1. Biron bir kasb-hunar, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi subyekt nomini ifodalovchi terminlar: traktorchi, sportchi, vositachi, neftchi, kabelchi, elektrchi, ekskavatorchi, hisobchi, soliqchi, uchuvchi, to‘quvchi

va h.k.
Umumiy hodisalar hamda kasb-hunar, mutaxassislik terminlari qatori ularning o‘z terminologiyasiga ega bo‘lgan turli soha va yo‘nalishlari ham mavjuddir.
chi affiksi kasb-hunar, mutaxassisliklarning umumiy ma’nosini bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, ushbu kasb-hunar va mutaxassisliklarga taalluqli ot-terminlarni yasaydi: xizmatchi, tilchi, jangchi, chorvachi va h.k.;
muayyan kasb-hunar, mutaxassislikning aniq sohasida band bo‘lgan shaxsni anglatuvchi ot-terminlarni hosil qiladi: tankchi, avtomatchi, dozimetrchi, zenitchi, pontonchi, karatechi, gimnastikachi, voleybolchi, bo‘yoqchi, betonchi, montajchi, payvandchi, g‘ijjakchi, skripkachi, rubobchi, nog‘orachi, dasturchi, raketachi (tex.) va h.k.
-chi affiksli model kasb-hunar, faoliyatning aniq sohasini ifodalovchi nomlardan rang-barang mazmun-ma’noli otlarni yuzaga chiqaradi. Chunonchi:

  1. qandaydir narsa-predmet, buyum, ashyo yaratuvchi subyekt nomini bildiruvchi terminlar yasaydi: taqachi, gilamchi, domnachi, muqovachi, beshikchi, tanburchi, dutorchi va h.k.;

  2. ayni kasb, hunar, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs nomini anglatuvchi terminlarni hosil qiladi: ayg‘oqchi, qo‘poruvchi, ixtirochi, arendachi, auksionchi, surushtiruvchi, taftishchi, sinovchi va h.k.;

  3. muayyan kasb-hunar sohasida qo‘llanuvchi asbob-uskuna, jihoz, buyum, texnika vositalari nomlaridan ushbu texnika vositalarini boshqaruvchi shax otini yasaydi: mototsiklchi, kombaynchi, buldozerchi, to‘pchi, granatamyotchi, mashinachi (tikuvchi), greyderchi, ekskavatorchi, kompyuterchi, tankchi, tarpedachi (harb.), raketachi (harb.) va h.k.;

  4. qandaydir bir obyektga mas’ul, mutasaddi ishchi, xizmatchi, arbob nomini ifodalovchi terminlarni yuzaga keltiradi: omborchi, do‘konchi, korxonachi, dorixonachi, soqchi va h.k.;

  5. aniq faoliyat, kasb-hunar soha yo‘nalishini anglatuvchi asoslarga qo‘shilib, mazkur soha bilan band shaxslar nomini bildiruvchi terminlar yasaydi: dengizchi, yo‘lchi, atomchi, kimyochi, metallchi, metrochi va h.k.;

  6. fanning turli sohalarida xizmat qiluvchi mutaxassislar, xodimlar nomini ifodalovchi terminlar yasaydi: tarixchi, adabiyotchi, folklorchi, lug‘atchi, tilchi va h.k;

  7. muayyan narsa-predmet, buyum, mahsulotni sotuvchi subyekt nomini voqelantiradi: morschi, gazetachi, holvachi, kompyuterchi, gilamchi, telefonchi va h.k.

Xuddi shunday yo‘l bilan yasalgan ba’zi yasama terminlar ham biron-bir mahsulotni tayyorlovchi yoki uni realizatsiya qiluvchi – sotuvchi shaxsni ifodalaydi: paxtachi, pashmakchi, qalpoqchi, beshikchi, eshikchi, shokoladchi va h.k.

  1. Mehnat, hodisa, ish-harakat bilan mashg‘ul shaxslarni ifodalovchi ot-terminlarni yuzaga keltiradi: isyonchi, bosqinchi, navbatchi, jinoyatchi va h.k.

Ma’lum bir ish - harakat ishtirokchisi nomini bildiruvchi terminlar yasaydi: namoyishchi, himoyachi, marofonchi, muzokarachi, sulhchi, iste’molchi va h.k.
Qaysidir oqim, yo‘nalish, yo‘l tarafdori, muxlisi nomini anglatuvchi terminlarni hosil qiladi: monarxiyachi, respublikachi, separatchi, oppozitsiyachi, kantchi, gegelchi va h.k.
Sport jamiyatlari va klublar nomlarini ifodalovchi so‘zlarga qo‘shilib, shu jamiyat yoki klublar a’zolarini anglatuvchi terminlar yasaydi: paxtakorchi, dinamochi, navbahorchi, qizilqumchi, lokomotivchi, nasafchi va h.k.
Ekstralingvistik omillar ta’siri, chunonchi, so‘nggi vaqtlarda fan, texnika, axborot texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi natijasida o‘zbek tilida –chi affiksi ishtirokida narsa-predmet, buyum, apparatlar nomlarini atovchi terminlarning miqdori yanada ortdi.
Bunday hodisa birinchilardan o‘zbek harbiy terminologiyasi sistemasida qayd etilgan bo‘lib, bular jumlasiga bombardimonchi (bombardirovshik), qiruvchi aviatsiya (istrebitelnaya aviatsiya), shturmchi (shturmovik), fotorazvedkachi samolyot (samolyot – fotorazvedchik), niqoblovchi o‘t ochish (maskirovochniy ogon), niqoblovchi tutun (maskiruyushiy dim), tralchi tank (tank-tralshik) singari terminlar kiritiladi.
Zoologiya terminlari tarkibida esa nina so‘zidan yasalgan ninachi, baliq zoonimidan hosil qilingan baliqchi, shuningdek, sutemizuvchi(lar), kemiruvchi kabi birliklarning qo‘llanayotganini kuzatamiz.
-lik affiksli so‘z yasovchi model. Ushbu qolip o‘zbek tilida o‘ta sermahsul so‘z yasovchi modellardan biri bo‘lib, uning ko‘magida nafaqat sof o‘zbekcha (turkiy), balki o‘zlashma so‘zlardan ham quyidagi turdagi ot-terminlar hosil qilinadi:
Holat, sifatning mavhumligi, umumiyligi ma’nosini ifodalovchi ot-
terminlarni yuzaga chiqaradi. Mazkur ma’noli otlar asosan o‘zakdan anglashilgan holat-sifat, fazilat-sifat yoki muayyan belgiga muvofiq voqelangan hodisani bildiruvchi ismlardan yasaladi. Ayrim faktlarga diqqat qaratamiz: liberallik, safarbarlik, jangovorlik, ishtahasizlik (tib.giporeksiya), mentallik va h.k.;
belgi - xususiyat, sifat yoxud holatni ifodalovchi ot-terminlar yasaydi: zichlik, suyuqlik, tenglik, ko‘rlik (tib.ablepsiya), sarosimalik, gomogenlik, debillik, betoblik, amalparastlik, betaraflik, qo‘poruvchilik, barqarorlik. taqiqlanganlik va h.k.;
qandaydir yumush, mashg‘ulot, vazifaga mo‘ljallangan narsa, buyum, ashyo nomini ifodalaydi: urug‘lik, qishlik, paxtalik, taglik va h.k.;
onda-sonda –lik//-liq affiksli otlar qatnashchi, ishtirokchi nomini anglatadi: boshliq;
ma’lum bir joy, yerni nomlovchi ot(eko)-terminlar yasaydi: tog‘lik, qirlik, jarlik, qumlik, bo‘shliq, tuzlik va h.k.;
shaxsning yashash o‘rni, turar joyi, kasb-hunari, biror narsaga moyilligi, mashg‘ulot turi, xizmat joyi, maqomi kabi ma’nolarni ifodalovchi ot-terminlarni voqelantiradi: askarlik, ovchilik, fuqarolik, prezidentlik, rektorlik, jarrohlik, mashinistlik, kosmonavtlik, radistlik, shaharlik, bosh vazirlik, feldsherlik, general-gubernatorlik, prokurorlik va h. k.;
hosil qiluvchi asosning ko‘lami, hajmi yoki sifati natijasi ma’nolarini ifodalovchi ot-terminlarni shakllantiradi: yettilik, birlik (1. gram. birlik; 2. mat. bir), ko‘plik, ikkilik, to‘rtlik va sh.k;
pul birliklari nomlarini bildiruvchi terminlar yasaydi: so‘mlik, dinorlik, dollarlik, markalik, liralik, somonlik, tangalik, tiyinlik va sh.k;
texnika bilan band bo‘lgan soha yo‘nalishlari hamda korxonalar nomlarini atovchi terminlarni hosil qiladi: temirchilik, payvandchilik, chilangarlik, aviasozlik, po‘latsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik, robotsozlik, raketasozlik va h.k;
muayyan hodisa, voqea, ko‘rinishni anglatuvchi ot-terminlarni shakllantiradi: jinoyatchilik, huquqbuzarlik, homiylik, vasiylik, badihago‘ylik, maddohlik, chala tug‘ulganlik va h.k.

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin