1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari
oltinchi sessiyasi bo‗lib o‗tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so‗zlab, sobiq Ittifoqda so‗nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‗ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.
Prezident I.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e‘lon qildi va uni mustaqillik to‗g‗risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Sessiyada “O‟zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to„g„risida” Oliy Kengash Bayonoti qabul qilindi.
O‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‗zgarishlarni e‘tiborga olib,
xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‗z taqdirini o‗zi belgilash huquqiga asoslanib,
O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas‘uliyatni anglab,
shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‗rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to‗g‗risidagi Xelsinki shartnomalariga qatiy sadoqatini bayon etib,
millati, diniy e‘tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qati nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha‘ni va qadr-qimmatini ta‘minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib,
Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e‘lon qiladi.
(O‟zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to„g„risidagi Oliy Kengash Bayonotidan).
O‘zbekiston Respublikasi, – deb ta‘kidlanadi Bayonotda, – to‗la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo‗ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o‗zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‗zini ochiq deb e‘lon qiladi.
Oliy Kengash sessiyasi “O‟zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e‟lon
Dostları ilə paylaş: |