ХолмўминовЖ. Табиий ресурслардан фойдаланиш ва муҳофаза қилишнинг экологик-ҳуқуқий муаммолари. -Т.: Фалсафа ва ҳуқуқ институти, 2009.
Ўзбекистон тарихи. Иккинчи китоб (1939-1991 йиллар). -Т.: ―O‘zbekiston‖. 2019. 428-459 бетлар.
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси / Масъул муҳаррир Н.Талипова. - Т.: ―Fan va texnologiya‖. 2014.
Қобилов Ш.Р. Мустақиллик ғойибдан келган эмас ... -Т.: ―Ўқитувчи‖. 2012.
ҚувватовН.Б. Ўтиш даври: назария ва амалиѐт. –Т., ―TURON-MATBAA‖. 2013. 136 б.
Қувватов Н.Б. Ўзбекистонда ўтиш даври ва жамият тараққиѐти. -Т.: ―Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти‖. 2013.
Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili.
О‗zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yо‗liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bu har qanday iqtisodiy islohotning xalq manfaatlari va uning ijtimoiy himoyasini ta‘minlashga qaratilishini anglatadi.
Mustaqillikkacha bо‗lgan davrda, sobiq Ittifoqning mustabid siyosati natijasida 80- yillarning ikkinchi yarmiga kelib, О‗zbekistonning davlat byudjeti defitsiti hamda inflyatsiya darajasining ortib borishi, xalq iste‘moli tovarlarining yetishmasligi, ishlab chiqarish va mehnat samaradorligining pasayib ketishi kabi bir qator salbiy tendensiyalar mamlakatda iqtisodiy- siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi.
Ushbu davrda respublika aholisining о‗sish sur‘atlari sobiq Ittifoqning boshqa davlatlariga nisbatan 3 barobar yuqori bо‗lgan, shu jumladan, bolalar ulushi ham. Shu bilan birga, uzoq yillar davomida mutanosib suratda ish joylari va yashash sharoitlari yaratilmaganligi oqibatida
ishsizlik darajasining о‗sishi, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi aholi daromadlarining kamayishiga olib keldi. Bularning umumiy oqibati esa aholi farovonligi darajasining tushib ketishiga sabab bо‗ldi. Statistik ma‘lumotlarga kо‗ra, ushbu davrda mamlakat aholisining 45 % daromadlari yashash minimumidan past darajada bо‗lgan.
Bu davrda respublika aholisining ijtimoiy holati, ijtimoiy ta‘minoti va ijtimoiy himoyasi masalalari qoniqarsiz holatda bо‗lgan. Bunda qishloq aholisining 5 foizigina vodoprovod va kanalizatsiya bilan, taxminan 50 foizi ichimlik suvi bilan, 17 foizi tabiiy gaz bilan ta‘minlangan edi xalos. Uy-joy, sog‗liqni saqlash muassasalari, maktablar, bolalar bog‗chalari, madaniyat obyektlari yetishmas edi.
Mana shunday keskin bir sharoitda O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda O‘zR) о‗z mustaqilligini qо‗lga kiritdi.
Tub о‗zgarishlarning boshlang‗ich bosqichi 1991-1995 yillarda asosiy e‘tibor oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari iste‘mol qilish keskin kamayishi, ommaviy ishsizlik paydo bо‗lishining oldini olish, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yо‗l qо‗ymaslik, ijtimoiy sohalar sog‗liqni saqlash, ta‘lim, fan va madaniyat tarmoqlari doimiy ishlashini ta‘minlashga qaratildi.
Islohotlarning bu bosqichida О‗zbekiston ijtimoiy himoya siyosatining asosiy vazifasi imkon qadar yalpi ishsizlikka yо‗l qо‗ymaslik hamda narxlarning erkinlashtirilishi natijasida aholi daromadlaridagi ―yо‗qotishlar‖ni kamaytirish bо‗ldi.
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, milliy va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda, iste‘mol bozorlari himoyasi va davlatning iste‘mol xavfsizligiga asos solindi. Asosiy oziq-ovqat va iste‘mol mollarining keskin kamayib ketishiga yо‗l qо‗ymaslik uchun chegaralangan mahsulotlarning normalashtirilgan tizimi ishlab chiqildi. Shuningdek, himoya chorasi sifatida iste‘molchilarga subsidiyalar berish tizimi va iste‘mol bozoridagi asosiy oziq-ovqat tovarlarini mamlakatdan tashqariga chiqib ketishiga yо‗l qо‗ymaslikning turli shakllaridan keng foydalanildi.
Qishloq aholisiga hususiy tomorqalar ajratilishi, shuningdek, aholi asosiy qismining real maoshi kamayishini kompensatsiya qilish maqsadida tadbirkorlik faoliyati qо‗llab-quvvatlandi. Davlat statistika qо‗mitasi ma‘lumotlariga kо‗ra, bu yillar ichida qishloq aholisi xususiy tasarrufidagi yer hajmi ikki barobarga oshdi, natijada, har bir oila tasarrufidagi tomorqalar 1990 yildagi 12 sotixdan 30 sotixga yetdi. Bu chora-tadbirlar bozor munosabatlariga xos yuqori samarali tomorqa xо‗jaliklarini tashkil etish imkonini yaratdi.
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishlashga moslashmagan ta‘lim hamda sog‗liqni saqlash tizimi ham islohotlarning dastlabki bosqichida tub о‗zgarishlarni talab qilardi. Bunda aholining sog‗lig‗i va ta‘lim darajasini bir butun tizim sifatida saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu siyosat о‗tish davrining eng murakkab boshlang‗ich davrlarida ijtimoiy sohadagi asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirishga kо‗mak berdi. Shunday yondashuv tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‗ich shart-sharoitlar va sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga ega bо‗lgan О‗zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab о‗tishga muvaffaq bо‗ldi.
Bu davr ichida O‘zR aholisining ijtimoiy ta‘minoti hamda himoyasining huquqiy asoslari yaratildi. O‘zRning Konstitusiyasi, ―O‘zRda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tо‗g‗risida‖ (20.11.1991), ―Aholini ish bilan ta‘minlash to‘g‘risida‖ (13.01.1992), ―O‘zRning fuqaroligi tо‗g‗risida‖ (02.07.1992), ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖ (02.07.1992), ―Mehnatni muhofaza qilish tо‗g‗risida‖ (06.05.1993), ―Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tо‗g‗risida‖ (07.05.1993), ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti tо‗g‗risida‖ (03.09.1993) kabi bir qator ij- timoiy muhim ahamiyatga ega qonunlar qabul qilindi.
Ikkinchi bosqichda (1996-2003 yillar) makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlash, inflyatsiya darajasini pasaytirish, iqtisodiyotda tuzilmaviy о‗zgarishni amalga oshirish, iste‘mol bozorini tо‗ldirish orqali aholi turmush darajasini kо‗tarish uchun shart-sharoitlar yaratildi. 1996 yildan boshlangan iqtisodiy yuksalish aholi daromadlari о‗sishining tabiiy manbaiga aylandi. 1997- 2003 yillar davomida aholining real pul daromadlari yillik о‗rtacha 22 foizdan о‗sdi.
Ijtimoiy siyosatning ustuvor yо‗nalishlari aholining umumiy ijtimoiy himoyasi о‗rniga ijtimoiy himoyaning manzilli shakllariga о‗tishda namoyon bо‗ldi. Ish bilan ta‘minlash, aholi daromadlarini, inson kapitali salohiyatini oshirish ijtimoiy siyosatning ustuvor yо‗nalishlariga aylandi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash dasturi ishlab chiqildi. Natijada aholining, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchilarning ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlanganlik darajasi oshdi. 1997-2003 yillarda aholining ichimlik suvi bilan ta‘minlanganlik darajasi, xususan, qishloq joylarda 36,8 foizdan 47 foizga, tabiiy gaz bilan ta‘minlash 69 foizdan 78,3 foizga yetdi.
Aholi salomatligida toza ichimlik suvi muhim ahamiyat kasb etadi. 2018 yilda Respublikamizda bu kо‗rsatkich 65 % ni tashkil etgan bо‗lsa, 2019 yilda u 75 % ga yetkazildi.
1997 yildan boshlab ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlarida ijtimoiy dasturlar tizimi amalga oshirila boshlandi. Ta‘lim sohasida ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ qabul qilinib, uning asosida yangi maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurildi, mavjudlari kapital ta‘mirlandi. О‗quv binolari zamonaviy jihozlar, о‗quv qurollari, kompyuter sinflari bilan ta‘minlandi. Yangi milliy ta‘lim standartlari, darsliklar ishlab chiqildi. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi uchun har yili davlat byudjetining ijtimoiy sohaga yо‗naltirilgan qismining deyarli yarmi sarflandi.
Ushbu davrda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qо‗llab-quvvatlash maqsadida yillik davlat dasturlari amalga oshirildi. Bular qatorida ―Inson manfaatlari yili‖ (1997), ―Oila yili‖ (1998), ―Ayollar yili‖ (1999), ―Sog‗lom avlod yili‖ (2000), ―Ona va bola yili‖ (2001),
―Qariyalarni qadrlash yili‖(2002), ―Obod mahalla yili‖ (2003) kabi yillik davlat dasturlari ijtimoiy siyosatning yanada kuchayishida alohida о‗rin tutdi.
Uchinchi bosqichda 2004 yildan boshlab bugungi kunga qadar iqtisodiyotda, bank tizimi, soliq-byudjet siyosatida о‗tkazilgan institusional va tuzilmaviy islohotlar natijasida kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qо‗llab-quvvatlash, yangi ish joylari yaratish hamda aholi daromadlari о‗sishiga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada, sо‗nggi sakkiz yil ichida aholi daromadlarining real о‗sishi 20 foizni tashkil etdi.
Ushbu bosqichda mamlakatimiz rivojlanishida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi davri alohida о‗rin tutadi. O‘zRda 2009 yili qabul qilingan ―Inqirozga qarshi choralar dasturi‖ doirasida bir qator investitsion dasturlar amalga oshirilib, aholi bandligi va daromadlarining о‗sishiga, ijtimoiy infrastruktura va xizmatlar sohasining rivojlanishiga, aholining о‗z-о‗zini boshqarish organlari orqali manzilli ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e‘tibor berildi.