To‟g‟ri chiziqning bir tomondan chegaralangan bo‟lagi nur deyiladi. O nuqta- nurning boshi.
Nurni belgilashda boshidagi harf oldin yoziladi: OA nur; OB nur.
Son nuri. Sonlarni to‟g‟ri chiziq nuqtalari bilan tasvirlash ko‟pgina qulayliklarga ega.
Uchi O nuqtada bo‟lgan Ox nur chizaylik. Nur O nuqtadan o‟nga yo‟nalgan bo‟lsin. Bu yo‟nalishni nurga qo‟yilgan “o‟q” (strelka) ko‟rsatib turadi (6 - rasm).
- birlik kesma O nuqta sanoq boshi O A(2) B(4) C(7)
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9
6 – rasm.
Uzunligi 1 deb qabul qilinngan kesma birlik kesma deyildi .
Birlik kesmani Ox nurda O nuqtadan boshlab , o‟ng tomonga birin ketin qo‟yib chiqamiz: birlik kesmaning bir uchini O nuqtaga qo‟yamiz, ikkinchi uchi Ox nurning biror nuqtasiga mos keladi. Bu nuqra to‟g‟risiga 1 sonini yozib qo‟yamiz.
Birlik kesmani Ox nurga shu usulda (yo‟sinda) ketma-ket qo‟ya borib, natural sonlarga mos keladigan nuqtalarni topamiz.
Dostları ilə paylaş: |