5-sinf matematika kursi.
Kesma. To‟g‟ri chiziq. Nur.
Kesma. Daftaringiz sahifasiga 2 ta nuqta qo‟ying. Ularni birini A bilan belgilang, ikkinchisini B bilan belgilang. Bu nuqtalarni chizg‟ich yordamida tutashtiring, kesma hosil bo‟ladi. Unda A va B nuqtalar kesmaning uchlari deyiladi. Kesma AB yoki BA kabi belgilanadi (1- rasm).
Har bir kesma tayin uzunlikga ega.
uchi uchi
B A C B
AB yoki BA kesma
1 – rasm. 2 – rasm.
AB kesmada olingan ihtiyoriy C nuqta AB ni AC va CB qismlarga ajratadi (2 - rasm). AB kesmaning uzunligi uning qismlari uzunliklarining yig‟indisiga teng:
AB=AC+CB
To‟g‟ri chiziq. Kesmani uchlaridan boshlab har ikki tomonga cheksiz davom ettirsak, to‟g‟ri chiziq hosil bo‟ladi. To‟g‟ri chiziq har ikkita bosh harf bilan belgilanadi, bu harflar to‟gri chiziqni istalgan ikki nuqtasiga qo‟yilishi mumkin (3 - a rasm). Bunda u AB yoki BA kabi
bazan bitta kichik harf bilan ham belgilanishi mumkin (3 - b rasm).
A B a to‟g‟ri chiziq
b)
3 - rasm.
Ikkita nuqta orqli bitta va faqat bitta to‟gri chiziq o‟tkazish mumkin. Kesma-to‟g‟ri chiziqning ikki tomondan chegeralangan bo‟lagi (4 - rasm).
a
A B
4 – rasm.
Nur. To‟g‟ri chiziqda belgilangan biror O nuqta uni ikki qismga ajratadi: AO va OB (5 - a, b rasmlar). Bu qismlarning har biri nurdir.
O – nur boshi OA nur OB nur A O B A O O B
b)
5 – rasm.
Dostları ilə paylaş: |