Masalan (-3;2) nuqtani yasang. Absissalar o‟qida -3 koordinatali nuqtani belgilymiz va bu nuqta orqali shu o‟qqa perpendikular o‟tkazamiz. Ordinatalar o‟qida koordinatasi 2 bo‟lgan nuqtani belgilaymiz va u orqali ordinatalar o‟qiga perpendicular o‟tkazamiz. Shu perpendikularning kesishish nuqtasi izlanayotgan M nuqta bo‟ladi (24 - rasm).