28
madaniyatshunOslik asOslaRi
— sun’iy, ya’ni
ikkinchi tabiat;
— inson
faoliyati majmui;
— faoliyat vositalari yig‘indisi;
— ijodiy
faoliyat;
— ijodiy
faoliyat mahsuli;
— umuman jamiyat;
— jamiyatning ma’naviy holati;
— jamiyatning ma’naviy hayoti;
— jamiyatning sifati;
— inson
sifatlari;
— shartli belgilar tizimi yig‘indisi va boshqalar.
Bunday rang-baranglikning sababini madaniyat hodisasining o‘ta
serqirraligi, murakkabligi bilan tushuntirish mumkin. Biroq turli-tumanlik,
hatto qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan, ularning barchasi
madaniyatni ijtimoiy hodisa deb e’tirof etadi.
Bu murakkabliklar ma’lum ma’noda madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlarning
kelib chiqishi bilan bog‘langan deyish mumkin. Avvalo shuni aytish kerakki,
madaniyat tushunchasi hamma zamonlar uchun xos bo‘lgan umumtarixiy
kategoriyalar sirasiga kiradi. Insoniyat tarixining biron-bir davri yo‘qki,
madaniyat tushunchasi unga nisbatan nazariy va amaliy ahamiyat kasb
etmagan bo‘lsin.
Kishilar turli davrlarda har xil tarzda hayot kechirganlar. Moddiy hayot
sharoitlari ta’sirida ijtimoiy tuzum, ularning ongi va hayot tarzi ham, binobarin,
ularning o‘zlari ham o‘zgara borganlar, bu narsa madaniyatda ham o‘zining
ifodasini topa borgan. Binobarin, har bir davr, har bir jamiyat nafaqat madaniy
meros, an’analar bilan bog‘langan, shu bilan birga, o‘ziga xos mazmun va
shaklga ega madaniyatni ham vujudga keltirgan. Shu ma’noda, madaniyat
hamisha
umuman emas, balki muayyan tarixiy qiyofada namoyon bo‘lgan.
Madaniyatlarning rang-barangligi, ular o‘rtasidagi murakkab o‘zaro
aloqadorlik ana shundan kelib chiqadi. Modomiki, «umuman mada niyat
mavjud emas ekan, madaniyat to‘g‘risida umumiy tasavvurlar, umumiy
tushunchalar qayerdan paydo bo‘ldi?» degan tabiiy savol tug‘ilishi mumkin.
Madaniyatshunoslik ilmida shunday tushunchalar shakllanganki, ularda
qayerda va qachon paydo bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir madaniyatga xos
umumiy xususiyatlar aks etadi, ularsiz biror bir madaniyatning mavjud bo‘lishini
tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, madaniyat rivojlanishining har bir
bosqichida bunday umumiylik alohidalik shaklida voqe bo‘ladi.
Inson madaniy mohiyat sifatida tashqi, tabiiy kuchlarga tobe bo‘lib bog‘lanib
qolmasdan o‘zini holis, erkin his etishi zarur, buningsiz u shaxsiy fazilatlarini
kamol toptira olmaydi. Tarixiy taraqqiyot ko‘rsa tadiki, kishilar ko‘p hollarda o‘z
hayotiga dahldor muhim hodisalarni shaxsan o‘zlariga emas, balki faqat tashqi