O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
sharoitlarga tegishli deb hisoblaydilar, oqibat natijada ularni ilohiylashtirishga, 
shuningdek, topinish va sig‘inish predmetiga aylantirishga harakat qiladilar. 
O‘tmishda yuzaga kelgan mifologik va diniy ibodatlar shunday tobelikni ifodalab, 
insonning madaniy mohiyat sifatidagi erkinligiga monelik ko‘rsatib kelganligi 
ma’lum. Shubhasiz, bu narsa insonning tabiat stixiyalaridan to‘la «ajralib chiqa 
olmaganligi» holatiga ko‘p jihatdan muvofiq kelar edi.
Kundalik  turmushda  foydalanilayotgan  aksariyat  narsa-hodisalar 
kishilarning o‘zlariga bog‘liqligini, ya’ni shaxsiy jismoniy va ma’naviy faoliyati 
tufayli yuzaga kelganligini, mehnat mahsuli ekanligini asta-sekinlik bilan anglay 
borish natijasida madaniyat to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar yuzaga keladi. 
Chunonchi, yerdan barakali hosil ko‘tarish nafaqat xudoning irodasiga, balki 
shu bilan birga, insonning yaxshi ishlashiga ham bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi 
tasavvurlarning shakllanishi tabiatni ilohiylashtirish bilan uni qayta ishlash 
mumkinligi, ya’ni madaniy faoliyatni amalga oshirish o‘rtasidagi tafovutni bilib 
olishga yordam beradi.
Inson ijodiy faoliyatining kengayishi va samarasining ortib borishi oqibatida 
madaniyat sohasiga tegishli narsa-hodisalar tabiat yoki g‘ayritabiiy kuchlar 
ta’sirida emas, balki tabiiy narsalarni insonning o‘zi tomonidan qayta ishlash, 
qayta  yaratish,  takomillashtirish  natijasida  yuzaga  kelganligi  to‘g‘risidagi 
tasavvurlar chuqurlashib boradi. Shunday qilib, madaniyat tushunchasi inson 
tomonidan yaratilgan, biroq tabiat predmetlaridan tafovut qiladigan narsalar 
ma’nosini anglata boshlaydi. Shu ma’noda, madaniyatni kashf etish insonning 
o‘ziga, o‘z mehnat faoliyatiga, o‘zining ijodiy, samarali kuch-qudratiga bog‘liq 
ekanligini anglashning ifodasidir. Bu narsa nafaqat ma’naviy, balki shu bilan 
birga, uning moddiy, ijtimoiy, siyosiy faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Bora-bora 
madaniyat kishilar faoliyatining butun sohalarini ilg‘ab oladigan ijtimoiy hodisa 
ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlar tarkib topadi. Ko‘rinadiki, madaniyat nihoyatda 
murakkab va serqirra hodisadir. Fan tarixida madaniyatga turlicha yondashish 
natijasi o‘laroq, xilma-xil konsepsiyalar, nazariyalar, izohlash usullari tarkib 
topadi. Ularning ba’zi birlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Qadriyat nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra, madaniyat kishilar tomonidan 
ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida yaratilgan hamda yaratilayotgan moddiy 
va ma’naviy qadriyatlar yig‘indisidan iboratdir. Madaniyatshunoslik ilmi tarkib 
topishi jarayonida shakllangan bu nazariya o‘zining bir qator tushuntirish 
usullarini ishlab chiqqan.
Birinchi usulga ko‘ra, inson mehnatining barcha mahsulotlari, tabiatdan 
farqli o‘laroq, inson yaratgan barcha narsalar madaniyat tushunchasiga kiradi, 
natijada «keng ma’nodagi madaniyat» (inson yaratgan barcha narsalar) va 
«tor ma’nodagi madaniyat» (asosan, ma’naviy qadriyatlar) tushunchalari kelib 
chiqqan.


30
madaniyatshunOslik asOslaRi
Ikkinchi usul madaniyat faqat ma’naviy qadriyatlar majmuidan iborat, deb 
hisoblaydi, moddiy ishlab chiqarish mahsulotlari va inson faoliyatining boshqa 
sohalardagi natijalarini bu tushunchaga kiritmaydi.
Uchinchi talqin madaniyat tushunchasiga barcha qadriyatlarni emas, inson 
mehnatining barcha buyumlarini, hatto ma’naviy ishlab chiqarishning barcha 
mahsulotlarini emas, balki faqatgina ijodiy faoliyat bilan bog‘liq, uning natijasi 
o‘laroq yuzaga kelgan mahsulotlarni kiritadi.
Bu usullarning har biri madaniyatni o‘rganishda o‘ziga xos maxsus «soha»ni 
belgilab  oladi.  Birinchi  holatdagi  «soha»  inson  tomonidan  yaratilgan  va 
yaratilajak barcha narsalar olami; ikkinchi ko‘rinishda — yolg‘iz ma’naviy 
qadriyatlar ko‘lami; uchinchi ko‘rinishda — faqat ijodiy faoliyat mahsulotlaridir. 
Qadriyatlar nazariyasining murakkab tomoni shundaki, unda madaniy faoliyat 
natijalari hisobga olingan holda, madaniyatning predmetlashmagan jihatlari, 
ya’ni inson tuyg‘ulari, tabiatga munosabatlari, ijodiy jarayondagi ruhiy holatlariga 
kam e’tibor beriladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, madaniyatshunoslik ilmi 
tarixida qadriyat nazariyasi ijobiy rol o‘ynagan.
Faoliyat nazariyasi. Bunga ko‘ra, madaniyatning eng muhim elementi 
qadriyat  emas,  balki  inson  faoliyatidir.  Madaniyatning  yuzaga  kelishi  va 
taraqqiyotida inson faoliyati eng muhim omil hisoblanadi, shunga muvofiq 
inson madaniyat o‘rganadigan predmet sohasining markazida turadi. Bu 
usulning bir necha ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ularning birinchisi bo‘yicha 
«madaniyat» tushunchasi insonning butun faoliyatini qamrab oladi, yoki har 
qanday insoniy faoliyat madaniy faoliyatdir. Ikkinchisiga ko‘ra, «madaniyat» 
tushunchasi  inson  faoliyatining  barcha  sohasini  emas,  balki  faqat  ijodiy 
sohasini, ya’ni qandaydir yangi, mo‘’jizakor, takrorlanmas narsalarni yaratadigan 
faoliyatini  ifodalaydi.  Uchinchisiga  muvofiq,  «madaniyat»  tushunchasiga 
faoliyatning o‘zi emas, balki faoliyat usullari kiradi.
Bu  konsepsiyaning  barcha  ko‘rinishlari  «tabiat-madaniyat»  nisbatini 
belgilaganda, tabiiy bo‘lgan narsa madaniy bo‘la olmaydi, yoki aksincha, degan 
fikrga asoslanadi. Bu konsepsiya doirasida madaniyat va jamiyatning nisbati 
muammosini, ularning o‘zaro aloqasini hal etish bir qadar murakkabliklarni 
keltirib chiqaradi. Shunday tasavvurlar ham ilgari suriladiki, bularga muvofiq, 
faoliyatning barcha usullari, ijtimoiy hayotning barcha shakllari madaniyat 
tushunchasiga kiradi. Tabiiyki, bu tahlitda fikr yuritish jamiyat bilan madaniyatni 
aynan  teng  qilib  qo‘yadi.  Aytish  kerakki,  faoliyat  har  doim  aniq-ravshan, 
muayyan tarzda namoyon bo‘ladi va o‘ziga nisbatan ham aynan shunday 
aniq-ravshan konkret yondashishni taqozo qiladi. Agar insoniy faoliyat bir 
butun, yaxlit holda madaniyat sifatida tushuntiriladigan bo‘lsa, jamiyatda 
bu faoliyatga kirmaydigan, undan tashqarida turadigan yana qanday narsa-
hodisalar qolishi mumkin? Aftidan, hech narsa. Bundan madaniyat tarixi jamiyat 


31

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin