Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
1
A. Zohidov. Milliy mafkura: dastlabki saboqlar. //Muloqot, 1991, 12-son, 28-b.
yig‘ilishida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishida
so‘zlagan nutqida qonunchilik hokimiyatini yanada takomillashtirish yuzasidan
bildirgan fikrlari jamiyatimiz va fuqarolarimizning siyosiy-huquqiy madaniyatini
yuksaltirishda nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi
2
.
IqTISODIY MADANIYAT
Bozor munosabatlarini tarkib toptirish sharoitida iqtisodiy bilimlar,
e’tiqodlar, fikrlash tarzi bilan faol ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyat o‘rtasidagi
o‘zaro aloqadorlik muhim omil hisoblanadi. Bu narsa iqtisodiy madaniyat
tushunchasida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy madaniyatning mazmuni va tarkibini yoritish iqtisod bilan
madaniyat o‘rtasidagi munosabat masalasini qarab chiqishni taqozo etadi. Bu
ijtimoiy hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik ikki yoqlama, ya’ni bir-biriga o‘zaro
ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga egadir.
Bir qarashda milliy daromad bilan kishilarning ma’naviy qadriyatlari
o‘rtasida bevosita aloqadorlik yo‘qday tuyuladi. Biroq madaniyatning ijtimoiy
hayotda tutadigan o‘rni jihatidan fikr yuritadigan bo‘lsak, bu aloqadorlikni
yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Madaniyat nafaqat hozirgi zamon kishilari va ijtimoiy tuzum tomonidan
yaratilgan qadriyatlar va me’yorlar, balki shu bilan birga, uzoq vaqt davomida
xalq tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar natijasi hamdir. Madaniyat o‘zigacha
bo‘lgan qadriyatlardan bugun uchun foydali va kerakli bo‘lganlarini tanlab oladi,
ularni jamiyatda yuz berayotgan mohiyatli o‘zgarishlar negizida yangilaydi,
mazmunan boyitadi.
Odatda, madaniyatni jamiyatning xotirasi, deb ataydilar. Buning ma’nosi
shuki, madaniyat bugungi iqtisodiyot (xizmatchilar, ishchilar, iqtisodiy
tuzilmalar, munosabatlar va shunga o‘xshashlar)ni mamlakat o‘tmishida qo‘lga
kiritilgan taraqqiyot mezonlari bilan bog‘laydi, o‘tmish tajribalarini amaliy
faoliyat tarkibiga olib kiradi. Chunonchi, madaniyat tizimida hunarmandlarning
ilg‘or an’analari saqlab qolinadi, shuningdek, madaniyat orqali muayyan
jamoalar, iqtisodiy jihatdan baquvvat ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi barqaror
munosabatlar, o‘zaro iqtisodiy hamkorlik, rasmiy qog‘ozlar va ko‘rsatmalarga
nisbatan an’anaviy hurmat ruhidagi munosabatlar targ‘ib qilinadi.
Ko‘rinadiki, madaniyatning iqtisodga, demakki, iqtisodiy madaniyatning
jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlariga ko‘rsatadigan ta’siri juda rang-
barang va sermazmundir. Afsuski, yaqin o‘tmishda kommu nistik mafkura
64
madaniyatshunOslik asOslaRi
ta’sirida har ikkala ijtimoiy (ham iqtisod, ham madaniyat) tuzilma siyosatning
qurboni bo‘ldi. Iqtisodiy madaniyatning moddiy asosi va mohiyatini ishlab
chiqarish vositalariga ijtimoiy egalik belgilab berdi, shaxs manfaatlari jamoa
manfaatiga butunlay bo‘ysundirildi, mehnatga haq to‘lashda boqimandalik
mafkurasi asos qilib olindi, oqibatda, shaxsning iqtisodiy tashabbuskorligi
barham topa boshladi. Bu esa erkin ijodiy tafakkur bilan iqtisodiy faoliyat
o‘rtasidagi birlikka putur yetkazdi, rasmiy buyruqbozlik manfaatlari ustuvorlik
qildi.
Mustaqillik tufayli iqtisodiy madaniyatning mazmuni va mohiyatida tubdan
o‘zgarish yuz berdi. I. A. Karimov yozgan ediki, «mulkchilik, ishlab chiqarish
munosabatlari, ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish omillari, boshqarishni bozor
va rejali tartibga solish mexanizmlari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi
va ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyat kabi boshqa tushunchalar umuman yangi
mazmun kasb etmoqda»
1
.
Milliy istiqlol jamiyat iqtisodiy madaniyatiga yangicha muhit baxsh etdi,
uning mafkuraviy va siyosiy, g‘oyaviy va partiyaviy tazyiqlariga barham berdi,
iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, qonun oldida barchaning bab-baravarligi,
davlatning iqtisodiy sohada bosh islohotchi ekanligi, ijtimoiy muhofaza
tamoyillari, yangi jamiyatga bosqichma-bosqich o‘tish mezonlari, jamiyat
va shaxs, shaxs va davlat munosabatlari yangicha asosga qo‘yildi, bular esa
iqtisodiy madaniyatning yangicha yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek jamiyatida yangicha iqtisodiy madaniyat tarkib topishi
va rivojlanishi uchun real shart-sharoitlar yuzaga keldi. Biroq bu imkoniyatning
voqelikka aylanishida sub’ektiv omillarning o‘ziga yarasha o‘rni borligi tabiiy
bir hol. Buning uchun «kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish,
ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini sarflash
sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish»
1
hamda ularni amalda
qo‘llash qobiliyatlarini tarkib toptirish, uni o‘z faoliyati negiziga qo‘ya bilish
malakalarini tarbiyalash talab qilinadi.
Iqtisodni sog‘lomlashtirish faqat iqtisodiy madaniyatni sog‘lomlashtirish
va rivoj toptirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli siyosat
va mafkuraning tazyiqiga, madaniyatdagi konservatizm tendensiyalariga,
xizmatchilar ruhiyatidagi mutelik asoratlariga, hokimiyatga sajda qilishlik
kayfiyati kabilarga barham berish, fuqarolik va, ayni vaqtda, xo‘jayinlik tuyg‘usini
shakllantirish va mustahkamlash iqtisodiy madaniyatni sog‘lomlashtirishning
negiziga aylandi. Nafaqat ma’naviy-axloqiy sohada, balki iqtisodiy faoliyatda
1
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «O‘zbekiston», 2000, 20,
43-b.
|