Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
estetik munosabatni tarbiyalash; shaxs estetik tarbiyasida milliy madaniyatning
roli; jismoniy tarbiya va sport sohasida estetik faoliyat.
— san’at asarlarini yaratish. Bu san’atkorning ijodiy qobiliyati; hayot
hodisalarini badiiy hodisalarga aylantira olish iste’dodi; san’atkorning o‘ta
kuzatuvchanligi va xotira quvvati; inson ichki dunyosini tushuna olishi,
psixologik jarayonlarning inson tashqi qiyofasida namoyon bo‘la olishini
chuqur anglab yetish; iste’dod – talant kabilarni bildiradi.
estetik faoliyatni shakl jihatidan ikki katta turga bo‘lish mumkin.
Bulardan:
— birinchisi — estetik faoliyatning fikriy, yoki, nazariy shakli. Bunga estetik
ongning oddiy hamda nazariy ko‘rinishlari — estetik kechinma, mushohada,
did, ideal, qarashlar va boshqalar kiradi;
— ikkinchisi — predmetli-amaliy ko‘rinishdagi estetik faoliyat shakllari.
Bu asosiy estetik g‘oyalar, me’yorlar, tasavvurlarni konkret predmetlarda,
san’at asarlarida, madaniyat qadriyatlarida amaliy jihatdan gavdalantirishdan
iborat.
har qanday faoliyatda bo‘lgani singari estetik sohada ham muayyan ehtiyoj
asosiy rol o‘ynaydi. Inson faoliyatining tabiati ana shu ehtiyojga bog‘liq bo‘ladi.
estetik ehtiyojning umumiy belgisi shundaki, u inson faoliyatining barcha
sohalarini, ijtimoiy hayotning butun jabhalarini qamrab oladi, ular orqali o‘zini
namoyon qiladi. Tor ma’noda barcha qadriyatlarni estetik idrok etish, baholash
zaruriyatini ruhan sezish, insoniy faoliyat sohalarida mukammallikka intilish
estetik ehtiyojni qondirishga qaratiladi. estetik faoliyatga ham shu xususiyat
xosdir. har qanday faoliyat insonning mohiyatli kuchlari erkin ifodalanishini
bildirar ekan, demak, bu faoliyat estetik faoliyat darajasiga ham ko‘tarilishi
mumkin. Shu ma’noda estetik faoliyat har qanday konkret faoliyatning
«insoniylashuv» belgisidir. Bu narsa san’atda ustuvor o‘rin tutadi.
Jamiyatning estetik madaniyatini quyidagilar tashkil etadi: tabiat, turmush,
ijtimoiy munosabatlarni estetik o‘zlashtirish jarayonlari va natijalari; san’at
taraqqiyotining darajasi; ijtimoiy tabaqa, guruhlarning estetik qarashlari,
didlari va manfaatlari holati; nafosat tarbiyasi va amaliyoti hamda kishilarning
sotsial-estetik faollik darajasi.
estetik madaniyat qadriyatlarini o‘zlashtirish shaxsiy va ijtimoiy tajribaning
o‘zaro aloqadorligi negizida amalga oshadi, unda shaxsning estetik
dunyoqarashi, qadriyatlarga tanlab munosabatda bo‘lish malakalari, go‘zallik
va mukammallik to‘g‘risidagi tasavvurlari, predmetli olam, san’at qadriyatlarini
idrok etish shakllari, estetika, san’atshunoslik to‘g‘risidagi bilimlari muhim omil
hisoblanadi. Shaxsning estetik madaniyati, shunday qilib, estetik qadriyatlarni
1
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: «O‘qituvchi», 1992, 11-b.
78
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaratish, o‘zlashtirish va iste’mol qilish usullaridan tashkil topadi.
estetik madaniyatda badiiy faoliyat alohida o‘rin tutadi. estetik madaniyat
bilan badiiy madaniyat o‘rtasidagi umumiylik va tafovutlar masalasi shundan
kelib chiqadi. Badiiy madaniyat estetik madaniyatning o‘zagi hisoblanadi, biroq
ular aynan teng ma’noda ishlatiladigan tushunchalar emas. Agar estetik omil
madaniyatning boshqa turlarida ahamiyati jihatidan ikkinchi darajali o‘rinda
tursa, badiiy madaniyatda u ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida aytilganidek, insonning moddiy-texnikaviy yoki ilmiy sohadagi
faoliyatida ham estetik jihatlar mavjud, biroq bu sohalarning mohiyati
estetik kategoriya bilan o‘lchanmaydi. Badiiy madaniyatning tabiati va
mohiyatini esa estetik faoliyatni hisobga olmay turib tushunish mumkin
emas. Boshqacha aytganda, estetik qimmati bo‘lmagan badiiy asar haqiqiy
badiiy madaniyat hodisasi bo‘la olmaydi. Gnoseologik (bilish) yoki tarbiyaviy
jihatdan, masalan, roman yoki badiiy film nechog‘lik dolzarb mavzuga
bag‘ishlanmasin, estetik talablarga javob bermasa, u haqiqiy ma’no kasb
etmaydi. Shu ma’noda turg‘unlik yillarida vujudga kelgan ko‘plab g‘oyaviy
saviyasi past, «xom» asarlar badiiy madaniyatga faqat rasmiyatchilik nuqtai
nazardan tegishli bo‘lgan, holos.
Ikkinchi tomondan, badiiy madaniyat nafaqat estetik, balki diniy, axloqiy,
bilish, tashkiliy madaniyatlarning ham xususiyatlarini o‘zida gavdalantiradi.
Aytish mumkinki, badiiy madaniyat sohasida mehnat madaniyati (ijodiy
faoliyat madaniyati sifatida) va iste’mol madaniyati (badiiy qadriyatlardan
foydalanish madaniyati sifatida) ham o‘z ifodasini topishi mumkin. Badiiy
adabiyotda, tasviriy san’atda, musiqada faqatgina estetik emas, shu bilan bir
qatorda, diniy, gnoseologik, tashkiliy, axloqiy ehtiyojlar va qobiliyatlar ham
amal qiladi. San’atning ko‘p funksiya bajarishi va ko‘p ma’noli ekanligining
boisi ham ana shunda.
San’atda ezgulik, adolat, jasurlik kabi axloqiy g‘oyalar o‘z badiiy ifodasini
topib, axloqiy madaniyat bilan o‘zaro aloqaga kiradi. haqiqiy insonparvar
san’at jamiyatning axloqiy muammolarini yoritish bilan cheklanmaydi, balki
shu bilan birga, ularni o‘ziga xos tarzda o‘quvchi yoki tomoshabinga etkazadi,
san’at muxlislarining ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Bugina emas, insonni
yanada yuksak axloqiy xatti-harakatlar ko‘rsatishga da’vat etib, tashkiliy
madaniyat funksiyasini ham bajaradi. Ko‘pgina badiiy asarlarning maxsus
ravishda kishilarni tarbiyalashga mo‘ljallab yozilganligi, ularning ijtimoiy-
tashkiliy uyushqoqlikka da’vat etishi ma’lum. Chunonchi, harbiy marshlar,
davlat va partiya madhiyalari, cherkov musiqalari, siyosiy qo‘shiqlar va siyosiy
felyetonlar ana shunlar sirasiga kiradi. Xullas, estetik va badiiy madaniyat o‘zaro
bir-biri bilan bog‘langan, ana shu asosda jamiyat hayotida muhim ma’naviy
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviy madaniyatning barcha unsurlari
|