Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
jumlasidandir.
hozir quruqlikning 10 foizidan oshiqrog‘i qayta ishlanmoqda, 6, 5 foizini
bog‘lar, plantatsiyalar, ekin maydonlari tashkil etadi. Shu sababli yangi
yerlarni o‘zlashtirish muammosi kun tartibidan tushgan emas. Tabiatni
zararkunandalardan, ayniqsa, qishloq xo‘jalik ekinlarini kasalliklardan saqlash
vazifasi ham juda muhim. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, shular sababli g‘alla
hosildorligi 6 foizga pasayib ketmoqda, 400 mln. kishi ratsionini tashkil etishga
yetadigan 10 foiz hosil nobud bo‘layotir.
Bundan bir asr muqaddam yerga ishlov berishda 90 foizdan ortiq mehnat
qo‘l kuchiga asoslangan edi, hozirgi paytda 95 foizdan ko‘proq jismoniy
ishlarni mashinalar bajarmoqda. XX asrda insoniyat tomonidan sarflangan
energoresurslar ko‘lami butun XIX asr davomida ishlatilgan miqdorga teng
bo‘ldi. Fan insoniyatga mukammal bo‘lgan energiya ishlab chiqarishning
yangidan-yangi manbalarini topishga xizmat qilayotir. hozirgi zamon
fani ishlab chiqarishning moddiy xomashyoviy bazalarini ham o‘zgartirib
yubormoqda. Metallarning nihoyatda katta zahiralaridan foydalanish yo‘llari
axtarilmoqda, yanada mukammal sintetik materiallar yaratishga erishilmoqda,
ishlab chiqarish sohasida kompyuterlarning bir necha avlodi samarali faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Shuni aytish kerakki, totalitar sho‘ro tuzumi sharoitida obyektiv haqiqat
tamoyillariga bo‘ysunadigan fan sohasiga ham partiyaviylik, mafkuraviylik,
sinfiylik kabi aqidalar zo‘ravonlik bilan kirib keldi, fanning mohiyati va tabiati
uchun xos bo‘lmagan g‘ayriilmiy tamoyillar tiqishtirildi, fan siyosatning oddiy
xizmatkoriga aylantirildi, ayniqsa, ijtimoiy — gumanitar fanlar sohasida bu narsa
ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keldi.
Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda barcha fanlarning rivoj topishi
uchun obyektiv shart-sharoitlar yuzaga keldi, jahon fanining deyarli barcha
sohalari rivoj topmoqda. Bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda fan
sohasiga rahbarlik qilinmoqda. Fanlar Akademiyasi qoshida Fundamental
ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzildi. Birgina «Fizika-
Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi xodimlari yadroviy materiya
sohasidagi muhim fundamental tadqiqotlarni bajarish bilan bir qatorda
ko‘pgina maqsadlarga mo‘ljallan gan keramika va yuqori haroratga bardoshli
boshqa metallarni ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ularni
O‘zbekistonning qator sanoat tarmoqlarida elektrotexnika, to‘qimachilik,
avtomobil, kran qurish va boshqa tarmoqlarda qo‘llay boshladilar.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham yangicha dunyoqarash asosida
madaniyatimiz va dinimiz tarixi, iqtisodiy taraqqiyotimiz muammolari keng
o‘rganilmoqda. I. A. Karimov ta’kidlaganidek: «Jahon sivilizatsiyasiga dahldor
84
madaniyatshunOslik asOslaRi
bo‘lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini
ta’minlash qiyin... Mamlakatimizda fundamental tadqiqotlar ko‘lamini
kengaytirish, uzoqni mo‘ljallab, olis istiqbol taraqqiyotini ko‘zlab ish tutish
lozim. Fundamental fanga umid bilan qarashimiz, unga keng yo‘l ochib
berishimiz darkor»
1
.
Fanning zamona talablari darajasida taraqqiy topishi uchun g‘oya, moddiy
asos, tegishli sharoit va fikr, tafakkur erkinligi»
2
taqozo qilinadi. Darhaqiqat,
hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy inqilobi, fan sohasidagi keskin o‘zgarishlar
uni ijtimoiy-siyosiy jihatdan muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlashni
taqozo qilmoqda. Bugungi kunda har qanday mamlakatni jadal rivojlantirish
borasidagi dasturiy vazifalar fan va ilmiy infrastrukturani yanada taraqqiy
ettirish bilan uzviy bog‘langandir.
O‘zbekistonda fan va ta’limni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan
strategik vazifalar milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan butunlay yangi
mohiyat va yo‘nalish kasb etmoqda, jamiyat va fuqarolarning madaniy darajasini
oshirish milliy taraqqiyotimizning ustuvor vazifalari qatoridan o‘rin olmoqda.
Bu jarayonlarning madaniy qiyofasini quyidagilar bilan belgilash mumkin:
jamiyat madaniyati ijodkorlari — kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligi
ta’minlanadi; professional ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi
mustahkamlanadi; ta’limni boshqarish, kadrlar tayyorlashda marketing tizimi
takomillashadi; uzluksiz ta’lim tizimida axborot maydoni rivojlanadi; tarbiyaviy
va ma’rifiy faoliyat takomillashadi, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy salohiyati
yuksaladi; yuksak darajali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga
erishiladi va h. k.
hozirgi paytda respublikamizda 46 mingga yaqin kishi fan sohasida band
bo‘lib, ulardan 2,8 mingdan ortiqrog‘i fan doktori, 16 mingdan ziyodi fan
nomzodi hisoblanadi, fanning ko‘pgina yo‘nalishlarida fundamental va amaliy
tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu sohada, Prezidentimiz I. A. Karimov alohida
ta’kidlaganidek, jahon darajasida quyidagi ilmiy maktablar muvaffaqiyatli
ishlamoqda:
— matematika, ehtimollar nazariyasi va ijtimoiy jarayonlarni matematik
modellash, informatika va hisoblash texnikasi;
— geologik jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganish, tektonika, geofizika,
seysmologiya va boshqalar;
— molekulyar genetika, gen-hujayra injeneriyasi, biotexnologiya va h. k;
— moddalarning kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalarini o‘rganish;
— jahon va mamlakatimiz tarixini, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy
merosini, o‘zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixiy va hozirgi rivojlanish
masalalari
1
.
|