75
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
estetik madaniyat insonning ma’naviy-hissiy faoliyati bilan uzviy bog‘langan
munosabat va qadriyatlar tizimini ifodalaydi. estetik madaniyat sohasi
insonning voqelikka munosabatida uning o‘z-o‘zini erkin namoyon etishi bilan
bog‘langandir. Bu erkinlikning mohiyati shundaki, inson tabiat narsalarini qayta
ishlashda uning o‘z jinsi va turiga mos me’yorni topa oladi va gavdalantiradi.
estetik madaniyat jamiyat madaniyatining ixtisoslashtirilgan qismi bo‘lib,
uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog‘lab
tushuntirish mumkin. estetik munosabat va unga muvofiq keladigan estetik
qadriyatlar tizimi estetik madaniyatning barqaror jihatlari hisoblanadi. estetik
madaniyatning xususiyatlari esa uning negizini tashkil etuvchi faoliyatning
o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, faoliyat deyilganda insonning olamga nisbatan predmetlar bilan
bog‘langan munosabati tushuniladi. Faoliyat tufayli inson tabiatni takror hosil
qiladi, o‘zgartiradi, binobarin, faoliyat asosida insonning ijodkorlik qobiliyati
yotadi. Faoliyat inson mavjudligining ijtimoiy usuli bo‘lib, ma’naviy-moddiy,
intellektual jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Faoliyat qo‘l harakatiga o‘xshash fikrlar
yo‘nalishini ham, inson xulqi qoidalariga o‘xshab ketadigan bilish jarayonini
ham ifoda etadi.
Faoliyat amal qilmog‘i uchun quyidagi uch jihat zarur: faoliyat sub’ekti,
faoliyat obyekti, faoliyat jarayoni. Faoliyatning sub’ekti obyekt yoki boshqa
sub’ektlarga yo‘naltirilgan faol jihatlar majmuidir. Shu ma’noda muayyan shaxs,
u yoki bu ijtimoiy guruh va, nihoyat, jamiyatning o‘zi ham faoliyat sub’ekti
bo‘lishi mumkin.
estetik faoliyatning sub’ekti estetik qobiliyat, ijodiy erkin mushohada
va obrazli fikrlash layoqatiga ega, muammoli holatlarda erkin xatti-harakat
ko‘rsata oladigan inson hisoblanadi. Sub’ekt o‘zigacha mavjud va tayyor estetik
qadriyatlarni «fahmlash» bilan chegaralanmaydi, aksincha, har safar predmetni
u o‘z tasavvuri va idealiga muvofiq qayta ishlaydi. estetik faoliyat jarayonida
sub’ektning estetik
ehtiyojlari takomillashib, boyib boradi.
Sub’ektlarning faolligi yo‘naltirilgan jihatlar yig‘indisi faoliyat obyektini
tashkil etadi. Tabiat predmetlari, ijtimoiy hodisalar, insonning o‘zi shunday
obyekt bo‘la oladi. Bordi-yu sub’ektning harakati uning o‘z-o‘ziga qaratilgan
bo‘lsa (masalan, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini o‘zi anglash kabi), unda sub’ekt ayni
vaqtda obyekt o‘rnini ham bosishi mumkin. Faoliyat jarayoni, borliqning asosiy
qonuniyatlari (yaxlitlik, mutanosiblik, uyg‘unlik, me’yoriylik va boshqalar),
ularning tashqi ifodalari (yorqinlik, ifodaviylik va boshqalar), ijtimoiy taraqqiyot
qonunlari (ijtimoiy ravnaq, erkinlik, insonparvarlik va boshqalar) estetik
faoliyatning asosini tashkil etadi. Tabiiyki, bu xossalar tashqarida yotmaydi,
aksincha, ularni aniqlamoq uchun maxsus faoliyat ko‘rsatish kerak. estetik
faoliyat obyekti ana shunday vazifani bajaradi.
Faoliyat sub’ekt tomonidan obyektni o‘zlashtirish darajasini ifodalaydigan