92
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaxshiliklar va ezguliklarga to‘la, insonning komil bo‘lishligi uchun imkoniyatlar
yetarli. Shubha yo‘qki, xalqimizning ma’naviy merosi, ma’naviy olami hamda
o‘zligi islom dini tufayli uzoq vaqt saqlanib kelmoqda.
To‘rtinchidan, din o‘z mohiyati jihatidan axloqiy va ma’naviy fazilatlarni
qayta tiklashga da’vat etilgandir. Diniy e’tiqodlarga keng yo‘l ochilgan, din
mustaqillik ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning
axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy. Bu o‘rinda buyuk alloma Bahouddin
Naqshbandning quyidagi so‘zlari ibratlidir: «Ibodat o‘n qism, o‘ndan to‘qqiz
qismi halollikni qidirish, bir qismi esa boshqa ibodatlardir»
2
. Buning ma’nosi
shuki, har bir kishi o‘z mehnati bilan topgan samarasi, mahsuloti hisobiga umr
kechirishi kerak. Darhaqiqat, din, ayni paytda, shakllangan axloqiy qoidalar
majmuasi, unda xalq axloqiy kamolotining bosh va asosiy talablari mujas-
samlashgandir. Bu axloqiy dastur va axloqiy ne’matlar esa hamma vaqt xalq
tomonidan vasiyat etib qoldirilgandir.
Beshinchidan, diniy e’tiqodlar, g‘oyalar hozirgi paytda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlarning chinakam
poydevori bo‘lib xizmat qilishini ham alohida ta’kidlash lozim. Iqtisodiy, siyosiy,
demokratik islohotlarning moddiy kuchga aylanishi, shubhasiz, shu faoliyat
sohiblari bo‘lgan insonlarning halolligi, o‘z burchiga sadoqati kabi omillarga
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shuningdek, bu tizimda xalq va mamlakatning
osoyishtaligi, ma’naviy barqarorligi ham yaratuvchanlik salohiyatiga ega. Shu
ma’noda,
islom tinchlik, iymon, ehson, poklik, vatanparvarlik dinidir.
Tarkiban o‘ta murakkab bo‘lgan bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida
insonning fe’l-atvori, xulqi, odobi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’sirida
shakllanadi. Jumladan, shaxsning nafaqat oilaviy hayotiga, balki kasbiga,
faoliyatiga, mansabiga, burchiga munosabatlari shariat talab va tamoyillari
ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Sir emaski, shariat musulmonlar hayotidagi
barcha tamoyillar, me’yorlar, mezonlar, talablarni o‘zaro yaxlit holda tushunadi,
ularni faoliyat sohiblari xatti-harakatiga tadbiq etadi. Boshqacha aytganda,
fuqarolar, jamoalarning ma’naviy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati nafaqat
dunyoviy mezonlar, shular bilan bir qatorda musulmon dinidagi qadriyatlarga
tayangan holda ham qaror topadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy
islohotlarning demokratlashuvi jarayonida, I. A. Karimov aytganidek, sharqona
islomiy axloq Kodeksining ahamiyati orta boradi. Shunday ekan, bugun
siyosiy-ijtimoiy hayot haqida gap ketganda dinning, eng avvalo, ham milliy,
ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi ahamiyati orta borishini e’tibordan soqit
qilib bo‘lmaydi.
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 262—267-b.