94
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaxlit ibtidoiy jamoa madaniyatining bir qismini tashkil etgan edi, bir vaqtning
o‘zida ham ijodiy, ham oddiy xayolparastlikni o‘zida birlashtirardi. Afsonada
insonning tabiat kuchlari oldidagi zaifligi, ojizligi aks etib, unda ilm-fan, estetik
tasavvur kurtaklari, axloqiy qadriyatlarning eng sodda qoidalari va, shu bilan
birga,
turli yanglishishlar, «man qi lish»lar namoyon bo‘ladi.
Madaniy faoliyatning tarkibiy qismini tashkil etgan badiiy faoliyatda diniy
ibodatli tomonlar katta o‘rin egallab, foydali-amaliy jihatlar bilan qo‘shilib
ketgan edi. Masalan, qadimgi odamlar yovvoyi hayvonlarni kamon o‘qi
bilan sanchib tasvirlash orqali bo‘lajak ovda o‘zlari uchun kutilgan zafarning
muqarrarligini namoyish etmoqchi bo‘lganlar. Shu tariqa, estetik faoliyat
voqelikni bilishga asoslanib, qadimgi odam ongida bilish bilan afsona yaxlitlikni
tashkil etadi.
San’atning dastlabki kurtaklari ayni vaqtda murabbiy-tarbiyachi vazifalarini
ham bajargan. Tasvirlar, naqshlar, raqslar, ertak-afsonalarda avloddan-
avlodga o‘tib turgan amaliy, axloqiy, estetik, umuman, ma’naviy tajriba
mujassamlashgan edi. Badiiy faoliyatning ilk shakllari uyushtiruvchilik,
birlashtiruvchilik tamoyillariga ham xizmat qilgan. Yashash uchun kurash
maqsadida va yagona manfaat asosida birlashgan jamoaning xatti-harakatlari,
urinishlari vositasida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan g‘alaba — ovda hayvon
ustidan g‘oliblik (ovning samarali bo‘lishi) san’atda tasvirlanib, qadimgi odamlar
ma’naviy hamkorligining muhim omillaridan biri sifatida ifodalangan edi.
San’atning juda ko‘p belgi va xossalari badiiy-madaniy faoliyatning ilk
shakllarida ko‘zga tashlanib turadi, lekin ularda hali yakka shaxs omili yetishmas
edi. Chunki qadimgi odamlar urug‘ va qabila uchun umumiy his-tuyg‘u hamda
tasavvurlar bilan yashagan bo‘lib, o‘zini voqelikdan ajratolmagan edi.
San’atning mohiyati shundaki, uning ma’no-mazmuni boshidan oxirigacha
shaxs bilan bog‘lanadi, shaxs bilan shakllanadi, shaxs bilan qadr topadi. Shaxs
nafaqat san’at ijodkori, badiiy qadriyatlar yaratuvchi, shu bilan birga, san’atning
asosiy obyekti va mavzusi hamdir.
San’at ijtimoiy hayotning murakkab, rang-barang munosabatlari bilan
uzviy aloqador bo‘lib, bir vaqtning o‘zida u ham mehnatning alohida turi, ham
ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning muayyan
shakli, ham o‘ziga xos bilim, ham ijodiy faoliyatning alohida ko‘rinishi, demakki,
umuman madaniyat ifodasi sifatida yashab keladi.
San’at, birinchi navbatda, ijtimoiy ong shaklidir, uning boshqa barcha
tavsiflari ana shu sifatdan kelib chiqadi va shunga asoslanadi.
San’atning ijtimoiy turmush jarayonlari bilan bog‘liqligi ma’lum. Buni
1
Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: «O‘zbekiston»,
1997.