O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Shunday qilib, san’at bizda insonning o‘zini tasvirlash orqali ham, uning 
atrofidagi hodisalarni aks ettirish orqali ham muayyan tuyg‘ular uyg‘otadi. 
San’at narsalardan, tabiat hodisalaridan inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’no 
izlaydi, qidirib topadi va ko‘rsatadi.
San’at  voqelikni  aks  ettirib,  barcha  badiiy  qadriyatlarni  o‘zida 
mujassamlashtirar va qamrab olar ekan, demakki, voqelik san’atning asosiy 
mavzui hisoblanadi. San’at voqelikka qadriyatli munosabat timsoli sifatida ayni 
vaqtda bilishning ham o‘ziga xos alohida turini anglatadi. Chunki u obyektiv 
haqiqatlarni,  estetik  qadriyatlarni  anglash  va  bilish  jarayonining  tarkibiy 
qismidir. San’at narsa-hodisalarning mohiyatini o‘ziga xos tasviriy va ifodaviy 
yo‘l bilan ochib beradi, inson ruhiy holatining eng nozik nuqtalarigacha kirib 
boradi.
San’at  bilan  fan  madaniy  faoliyatning  mahsuli  sifatida  bir-biriga  juda 
yaqin, lekin ular birining o‘rnini ikkinchisi bosa olmaydi. Masalan, Abdulla 
Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani, Oybekning «Navoiy» romanlari tarixiy 
tadqiqotlar  darajasida  ma’lumot  bera  olmaydi,  tabiiyki,  bu  uning  asosiy 
funksiyasi  ham  emas.  Boshqa  tomondan,  muayyan  tarixiy  tadqiqotlar 
«O‘tgan kunlar», «Navoiy» asarlarini o‘qish jarayonida tug‘ilgan tasavvurlar 
o‘rnini bosolmaydi. San’atning fandan farqli jihati uning tarixiy jarayonlarni, 
xalq hayotining rang-barang sohalarini yakka olingan shaxslar taqdiri orqali 
ifodalashda ko‘zga tashlanadi. San’at inson hayotining fan kuchi yetmaydigan 
sirli tomonlariga kira olish, uning xulq-atvori sabablari tagiga etish, o‘ziga, 
odamlarga,  tabiatga  bo‘lgan  munosabatini  aniqlashda  ijtimoiy  ongning 
boshqa turlaridan ajralib turadigan o‘ziga xos qudratga egaligidadir.
San’at  inson  ko‘z  o‘ngida  jamiyat  madaniy  hayotining  barcha 
murakkabliklarini, ehtiroslar va qarashlar jozibasini, ziddiyatli kayfiyatlarni 
o‘ziga xos tarzda gavdalantiradi.
San’atning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rnini belgilash ko‘p jihatdan uning 
mafkuraviy tabiatini anglash bilan bog‘liqdir. Shuni ta’kidlash kerakki, san’at 
hech vaqt yolg‘iz u yoki bu mafkura, u yoki bu qarash larning emas, balki 
umuminsoniy manfaatlar va intilishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalash vositasidir. 
har qanday mafkura umumin soniy bo‘lsagina san’at mag‘zidan o‘rin oladi. 
Mafkuraning san’at mag‘ziga kirib, singib borish jarayoni xilma-xil shakl va 
yo‘nalishlarga egadir.
San’at  ma’naviy  hayotda  sodir  bo‘layotgan  har  qanday  o‘zgarishlarga 
munosabat bildiradi, davr ma’naviy-madaniy muhitining hamma tomonlarini, 
1
  Qaralsin:  Ismoil  al-Buxoriy.  hadis.  4-jild, T.:  Qomuslar  bosh  ta’ririyati.  1992,  204, 
348-b.
2
  Temur tuzuklari. Toshkent, G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991, 57-b.
7— Zakaz  23


98
madaniyatshunOslik asOslaRi
shuningdek, ijtimoiy tafakkur ruhini aks ettiradi. «Davr ma’naviy muhiti» san’at 
turlarining hammasida bir xil aks etmaydi. Bular orasida, masalan, badiiy 
adabiyot bunday «muhit»ga eng yaqin turadi, sho‘rolar davrida yozuvchilar 
ijodida kommunistik mafkura muammolari nihoyatda keng o‘rin egallaganligi 
bunga misol bo‘la oladi. O‘sha davrda ko‘p yozuvchilarning roman, qissa, 
hikoya, drama, umuman asarlari badiiy to‘qimasiga kommunistik mafkura 
g‘oyalari  keragidan  ortiq  darajada  singdirilgan  bo‘lib,  ular  davr  ma’naviy 
hayotining manzaralari, kommunistik-sinfiy, siyosiy-axloqiy, falsafiy g‘oyalar, 
aqidalar bilan to‘lib-toshgan edi, o‘z davri xususiyatini aks ettiruvchi «san’at-
mafkura» tizimini gavdalantirardi.
San’at voqelikni aks ettirish jarayonida jamiyatda amal qilayotgan axloqiy 
munosabatlarni, odob qoidalarini, g‘oya va qarashlarni, inson ichki dunyosini, 
axloqiy qiyofasini ham ochib beradi. Shu bois, san’atni inson axloq-odobining 
ko‘zgusidir, deyish mumkin.
Axloqiy  muammolar  majmui  badiiy  asar  mazmunining  tarkibiy  qismi 
ekanligi  sir  emas.  Ayniqsa,  badiiy  adabiyot,  teatr,  kino,  tasviriy  san’at 
asarlarida muammolar tuguni, to‘qnashuvlar, qahramonlarning fe’l-atvori, 
xatti-harakatlari, tasvirlanayotgan obyektning muallif ko‘zi (aqli, iste’dodi) 
bilan baholanishi — bularning hammasi axloqiylik bilan sug‘orilgan bo‘ladi. 
haqqoniylikka asoslangan san’at doimo ezgulikka xizmat qiladi. Amir Temur, 
Bo‘ronli  edigey,  Otabek,  Anvar,  Jaloliddin,  Ulug‘bek,  Navoiyning  ramziy 
qiyofalarida xalqning o‘lmas va abadiy axloqiy fazilatlari tarannum etilgan. Ayni 
paytda, san’at yovuzlik va axloqsizlikning xunuk va pastkashligini fosh etish 
orqali ham axloqiylikka xizmat qiladi. Masalan, A. Qahhorning «Og‘riq tishlar», 
e. Vohidovning «Oltin devor», B. Rahmonovning «Yurak sirlari», «Surmaxon» 
komediyalarida yovuzlik, xudbinlik, loqaydlik, yulg‘ichlik kabi xunuk illatlarni 
ochib tashlash aslida ezgulik, poklik, rostgo‘ylik, halollik kabi insoniy fazilatlarni 
tasdiqlashga bo‘ysundirilgan.
San’at qadim davrlardan beri din bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelgan, 
qadimdan san’at va din an’anaviy bir butunlikni tashkil etgan edi. San’at va 
din zaminida yotgan his-tuyg‘u bir xil ma’noga ega emas, albatta. Masalan, 
san’atda ham, dinda ham xayol surish mavjud, biroq badiiy xayol surish diniy 
xayoldan tubdan farq qiladi. Din, oldingi sahifalarda qayd etilganidek, voqelikni 
mavhum, qiyosiy tarzda xayol qilsa, san’atda xayol voqelikka nisbatan timsollar 
vositasida mujassamlashadi.
Agar din voqelikni mavhum shaklda aks ettirsa, san’at in’ikosda dalil-isbotli 
tarixiylikka asoslanadi. Din ko‘proq ilohiylikka suyanadi, san’at esa dunyoviylik 
1
  I. A. Karimov.  Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. — T.: O‘zbekiston, 1996, 
7—8-b.


99

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin