90
madaniyatshunOslik asOslaRi
qilich, kitob kabi tushunchalar bilan birga iymonga suyanib ish tutishni
ta’kidlaydi. Iymon, deydi u, insonni barcha jonli zotlardan farqlantirib turadigan
xususiyatdir. Iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, elu xalqining
or-nomusini
himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat deb biladi.
Yuqorida aytilgan fikrlar umuman din, xususan, islom va islomiy
qadriyatlarning xalqimiz tarixida tutgan buyuk ma’naviy salohiyatini tasavvur
etishga asos bo‘ladi.
Respublikamizda milliy mustaqillikka erishish tufayli bozor munosabatlari
tomon qo‘yilgan har bir qadam ma’naviy merosimizni, xususan, diniy
qadriyatlarimizga yangicha munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Yaqin
vaqtlargacha ma’naviyatimizdan sun’iy ravishda chetlashtirilgan diniy omillar
o‘z maqomiga ega bo‘lganligi ravshan. holbuki, «asrlar mobaynida xalqimizning
yuksak ma’naviyat, adolat parvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq
falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va, o‘z navbatida,
bu falsafiy-axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib
bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg‘un holda, Xoja
Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy,
Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir
ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg‘un holda shakllanishi lozim»
1
.
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi paytda islom qadriyatlariga suyanish
musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ularni kishilarimiz hayotiy
faoliyatlariga singdirish ham tarixiy, ham mantiqiy, ham madaniy jihatdan
zarurdir, ayni vaqtda, bu — xalqimizning dunyoqarashi, axloqining mazmunini
belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi.
Avvalambor, din va dindorlar ahlining jamiyatda tutgan o‘rnini hisobga
olgan holda, ma’naviy hayot bilan diniy munosabatlarni uyg‘unlashtirish
masalasi ijobiy hal etilmoqda. Mustaqillik sharoitida e’tiqod erkinligi, davlat
bilan dinning o‘zaro munosabati, dindor fuqarolar haq-huquqlarining
konstitutsion negizga qo‘yilishi, respublika ijtimoiy hayotida dinning mavqei,
xalq o‘rtasida totuvlikni ta’minlashdagi ahamiyati, teng huquqli fuqarolar
degan insonparvarlik va vatanparvarlik qoidasining ro‘yobga chiqishida uning
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kabi murakkab muammolar oqilona tarzda hal etildi.
Boshqa tomondan, din davlatdan rasman ajratilgan bo‘lsa ham, jamiyatda
yashab turishi, davlat o‘z yo‘liga, din o‘z yo‘liga rivoj topishi hodisasidan ayrim
fuqarolarning uni qurol qilib olib siyosatga aralashuvlari, osoyishtalikka rahna
solishlari, g‘arazli niyatlarda foydalanishga, soxta obro‘ orttirishga intilishlari
mustaqillik siyosatiga zid ekanligi ochiq-oydin e’lon qilindi.
Darhaqiqat, mustaqillik tufayli yurtimizda erishilgan iymon erkinligi ba’zi
g‘arazgo‘y va mutaassib kishilarda undan siyosiy manfaatlar va maqsadlar
uchun foydalanish xavfini yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I. A. Karimov