O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
tabiiyotshunoslik fanlari majmui va tegishli amaliy tadqiqotlarning yetakchilik 
mavqei markaziy o‘rin egalladi.
Fan ilmiy bilishga asoslanadi, uning asosiy belgilari nimalarda ko‘rinadi? 
Ilmiy bilish haqiqat tushunchasi bilan uzviy bog‘langan, boshqacha aytganda, 
fan — haqiqatlar yig‘indisidan iboratdir. Inson aqli ilmiy bilishning asosiy quroli 
hisoblansa ham, u suyanadigan dalillar, ma’lumotlar, g‘oyalar, nazariyalar, 
konsepsiyalar obyektiv mazmunga egadir, binobarin, ular insonni o‘rab olgan 
olamni, ro‘y beradigan hodisalar va jarayonlar qay tarzda mavjud bo‘lsa, 
o‘shanday in’ikos etadi. Bilimlarning obyektivligi, haqiqiyligi ijtimoiy-tarixiy 
tajriba asosida tekshirib olinadi. Amaliyot sinovidan o‘tgan, shu jarayonda 
tasdiqlangan bilimlargina haqiqat hisoblanadi.
Biroq har qanday haqiqat, shuningdek, ishonarli va obyektiv bilimlar ham 
ilmiy bo‘la olmaydi. hech qanday ilmiy qimmatga ega bo‘lmagan siyqasi 
chiqqan hodisani qayd etish ham haqiqat belgisiga ega bo‘lishi mumkin. 
haqiqat tizimiylik belgisiga ega bo‘lgan taqdirdagina ilmiylik kasb etadi. 
Darhaqiqat, qismlarga bo‘lingan haqiqiy dalillar (ular qanchalik ko‘p bo‘lmasin) 
hali ilmiy bilim degani emas. Bilimlarning tizimiyligi ham o‘z-o‘zicha ularning 
haqiqat ekanligiga kafolat bera olmaydi. Masalan, din g‘oya va tamoyillar 
tizimiga egadir, biroq u fan o‘rnini bosa olmaydi. Fanni alohida ajratib turgan 
narsa unda obyektiv haqiqat bilan tizimiylikning uzviy birligidir.
Fan hodisalarni tasnif qilib, muayyan tamoyillar asosida tizimga kiritib 
umumlashtiradi. Ilmiy bilim umumlashtiruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, 
shu bilan bilishning boshqa shakl va usullaridan ajralib turadi. Umumiylik, 
umumlashtirish xususiyati har qanday fanning diqqat markazida turadi, u 
alohidalik va xususiylikdan umumiylikni keltirib chiqaradi, uni tushunchalar 
va  kategoriyalarda  ifodalaydi.  Shubha  yo‘qki,  umumiylikni,  zaruriylikni, 
qonuniylikni  ajratib  olish  uchun  xususiy  va  tasodifiy  hollardan  mavhum 
fikrlashga qarab borish lozim. Mavhum fikrlashsiz hech qanday umumlashtirish 
mavjud emas, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar esa ilmiy bilishning asosiy 
qurollaridan bo‘lib, abstraksiya — mavhum fikrlashning ifodasidir.
Umumlashtirish va mavhum fikrlash ilmiy bilishga xos ekan, tabiiyki, u 
nazariy bilish hisoblanadi. Demak, ilmiy bilishning navbatdagi belgisi nazariy 
xulosalar chiqarish bilan bog‘langandir. empirik dalillar, ma’lumotlar ilmiy 
bilishning tayanch nuqtalari bo‘lsa ham, eksperiment haqiqatga erishishning 
asosiy vositalaridan biri bo‘lsa ham, fan tomonidan foydalaniladigan butun 
hodisa (fakt)lar majmuasi, o‘z navbatida, mantiqiy qayta ishlashga, nazariy 
qayta qarab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
1
  I. A. Karimov.  Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 5-b.
6— Zakaz  23


82
madaniyatshunOslik asOslaRi
Nihoyat,  fanning  asosiy  belgilaridan  yana  biri  shundaki,  u  muntazam 
ravishda rivojlanib boradigan tizimdir. Ijtimoiy hayot, tajriba fanning oldiga 
doimo  yangidan-yangi  hodisalarni  ko‘ndalang  qilib  qo‘yadi,  fan  ularni 
nazariy umumlashtirishni, buning natijasida konsepsiyalarning mazmunan 
boyishi, chuqurlashuvi va yangilanishini, eski nazariyalarning yangilari bilan 
almashinishini ta’minlaydi. Fan hech qachon qotib qolgan aqidalar bilan kelisha 
olmaydi, u muntazam ravishda mukammallashib boradigan tizimdir.
Fan o‘zining ichki mantig‘iga ega bo‘lib, shu asosda muayyan g‘oya va 
konsepsiyalarni, yangi fikr, nazariy qarashlarni vujudga keltiradi. Fanning nisbiy 
mustaqilligi ham ana shunda ko‘rinadi.
Ilmiy bilishning yuqorida qayd etilgan o‘ziga xos belgilari ichki jihatdan 
o‘zaro bog‘langan holda fanning sotsial funksiyalarini ifoda etadi, jamiyat 
taraqqiyotida tutadigan o‘rnini belgilab beradi.
Ma’lumki,  ijtimoiy-tarixiy  amaliyot  moddiy  ishlab  chiqarish  faoliyatini 
ham  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  faoliyat  taraqqiyotining  muayyan  bosqichida 
tabiat to‘g‘risidagi bilimlar yuzaga kelganligi ma’lum. Bular tabiatshunoslik 
(matematika, fizika, biologiya, kimyo, astronomiya, botanika va boshqalar) 
bilimlaridir. Fan ijtimoiy-tarixiy amaliyot tarkibi bu bilan chegaralanib qolmaydi, 
balki kishilarning sotsial munosabatlarni qayta qurish sohasidagi faoliyatini 
ham qamrab oladi. Faoliyatning bu turi negizida insoniyat jamiyati to‘g‘risidagi 
bilimlar tarkib topadi. Bular jamiyatshunoslik bilimlari deb ataluvchi — tarix, 
tilshunoslik, falsafa, dinshunoslik, axloqshunoslik va boshqa ko‘plab fanlarni 
o‘z ichiga oladi.
Taraqqiyotning muayyan bosqichida bilish jarayonining o‘zi ham bilish 
obyektiga aylanadi. Kishilar ongning paydo bo‘lishi, bilish shakllari, ilmiy 
bilishning o‘ziga xosligi, uning imkoniyatlari va boshqa jihatlarini o‘rgana 
boshlaydi, oqibat-natijada bilish — tafakkur qonuniyatlari tadqiq etiladi. Bilish 
haqidagi, xususan, tafakkur to‘g‘risidagi fan tizimi inson bilimlarining alohida 
sohasi sifatida ajralib chiqishining boisi ham ana shundadir.
Tabiatshunoslik fanlari ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotida shubhasiz 
muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy fanlarning tarixiy ahamiyati shundaki, ularni 
egallash insonning ijtimoiy tabiati mukammallashuviga olib keladi.
Fanning eng muhim sotsial funksiyalaridan yana biri uning kishilarning 
olam to‘g‘risidagi fikrlashlarini umumlashtirishga xizmat qilishida, dunyoqarash 
vazifasini bajarishida namoyon bo‘ladi.
hozirgi ijtimoiy taraqqiyot fan oldiga juda katta muammolarni hal etish 
vazifasini qo‘yadi. Yer yuzida ko‘rayib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan 
yetarli darajada ta’minlash, kishilarni har qanday kasal liklardan forig‘ etish, 
ishlab  chiqarishning  eng  mukammal  uslublarini  yaratish,  energiyaning 
yangi, ulkan manbalarini insoniyatga xizmat qildirish kabi muammolar shular 


83

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin