O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Shaxs axloqiy madaniyatining shakllanishi uning butun ichki olami bilan 
bog‘langan. Bu ichki olam har bir insonda chuqur individual xarakterga ega 
bo‘lib,  asosan,  uning  muayyan  hayot  shart-sharoitlari,  madaniy  darajasi, 
psixologik belgilari va fiziologik xususiyatlari, didlari, intilishlari va boshqalar 
bilan belgilanadi. Shaxsning axloqiy olami uning o‘z ehtiyojlarini eng avvalo, 
muayyan sohada faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan (masalan, sport bilan, badiiy 
havaskorlik bilan shug‘ullanish va h. k. ) ehtiyojlarini ifodalab, tashqi olam bilan 
o‘zaro ta’sir doirasida amal qiladi.
Shaxs axloqiy madaniyatining tarkib topishi va mukammallashuvi har doim 
o‘z-o‘zini nazorat qilishni, vijdonan o‘z-o‘ziga baho berishni ko‘zda tutadi. 
O‘z-o‘zini baholashda nafaqat shaxsning ayrim xatti-harakatlari, balki uning 
bir butun faoliyati, shuningdek, axloqiy qarashlari va tuyg‘ulari, qobiliyat va 
botiniy imkoniyatlari obyekt bo‘lishi mumkin. Vijdon tushunchasida shaxsning 
axloqiy bilimlari, e’tiqodlari, malaka va mayllari, qadriyatlari va yo‘l-yo‘riqlari, 
demakki, uning tomonidan o‘zlashtirilib va egallab olingan jamiyat axloqiy 
tamoyil va me’yorlari darajasi mujassamlashgan bo‘ladi.
Insonning amaliy axloqiy mohiyati mehnatda, ijtimoiy faoliyatda, iste’molda 
va boshqa sohalarda ko‘zga tashlanadi. Shaxs bu sohalarning har birida o‘z 
xatti-harakatini axloqiy jihatdan tartibga soladi. Shaxsning axloqiy madaniyati 
keng ma’noda faol shakllangan axloqiy fazilatlar yig‘indisini, shuningdek, uning 
muayyan ijtimoiy vazifani ado etishdagi zaruriy axloqiy-irodaviy belgilarini 
ham o‘z ichiga oladi.
Shu ma’noda shaxs axloqiy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida uning 
kasb-korlik axloqi, shu jumladan, ishbilarmonlik fazilatlari ham namoyon bo‘ladi. 
Bularning ichida eng muhimlari — tashabbuskorlik, ishga ijodiy yondashish, 
mustaqillik, qat’iyat, tashkilotchilik, mas’ullik, layoqatlilik, saranjom-sarishtalik, 
sinchkovlik, halollik, intizomlilik hisoblanadi. Ularning har biri xohlagan ixtisos 
sohasida amal qilishi mumkin. Masalan, saranjom-sarishtalikni olib ko‘raylik. 
Sarishtalik axloqiy fazilat sifatida muhandis-konstruktor, transport haydovchisi, 
huquqshunos, mashinist, shifokor, talaba va boshqalar faoliyati uchun ham 
zarurdir.
Mehnat  turlari  qanchalik  rang-barang  bo‘lmasin,  sarishtalik  hamma 
joyda shaxsning axloqiy fazilati sifatida bir xil vazifani bajaradi. Shaxs axloqiy 
madaniyati shakllanishining shartlaridan biri ham har bir kishida ixtisoslikdan 
kelib chiqqan holda, jamiyat axloqiy talablarini anglab yetish, uni ixtisoslikning 
axloqiy tamoyillariga uyg‘unlashtirishdan iboratdir.
Shu  sababli,  kishilarni  axloqiy  jihatdan  tarbiyalash  muhim  vazifadir. 
1
  Qaralsin: A. O‘lmasov, M. Sharifxo‘jayev. Iqtisodiyot nazariyasi. 84-b.


74
madaniyatshunOslik asOslaRi
Tarbiyaviy ishlarning murakkabligi shundaki, u tashqi axloqiy omil bo‘lib, har bir 
insonga individual tarzda, ya’ni uning turmush tajribalari, xarakter xususiyatlari, 
axloqiy yo‘nalishlari qamrovidan o‘tib ta’sir qiladi. Shunday ham bo‘ladiki, 
insonning axloqiy-psixologik mayllari tashqi ta’sirlarga salbiy munosabatda 
bo‘ladi. Uni bartaraf etishda insonning shaxsiy faolligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi 
— buningsiz o‘z-o‘zini tarbiyalab bo‘lmaydi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash insonning o‘ziga nisbatan axloqiy munosabatini 
tartibga  soladi,  undagi  salbiy  qiliq,  xatti-harakat  va  odatlarning  bartaraf 
etilishiga olib keladi, ijtimoiy talablarga javob beradigan sifatlarni rivojlantiradi, 
ayni vaqtda jamoatchilik xulqi, mehnatga munosabat, vatanparvarlik kabi 
fazilatlarni tarkib toptirish va rivojlantirishga qaratiladi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash jamiyat axloqiy tamoyillarini va axloqiy bilimlarni 
shaxsiy e’tiqodga, axloqiy xulq malakasi va odatlariga faol aylantirishdan 
iboratdir. Shaxsning axloqiy kamolotga erishuvi uning o‘z-o‘ziga talabchanligi, 
o‘z-o‘ziga tanqidiy yondashuvi, o‘z-o‘ziga intizomli munosabatda bo‘lishi 
demakdir. Bular boshqa tashqi ta’sirchan omillar bilan bog‘liq holda shaxs 
axloqiy madaniyati shakllanishining muhim negizi bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsning axloqiy madaniyati tarkiban quyidagilardan iborat:
— axloqiy tafakkur madaniyati: «axloqiy baholash qobiliyati», axloqiy 
bilimlardan foydalanish qobiliyati, malakasi; yaxshilik bilan yomonlikning 
farqiga borish qobiliyati; har qanday sharoitda ustuvor axloqiy tamoyillarni 
qo‘llab-quvvatlash; 
— tuyg‘ular madaniyati: insondagi axloqiy ta’sirchanlik, axloqiy hamdardlik, 
ustuvor axloqiy talablarni chuqur his etish layo qati
— xulq madaniyati: insonning axloqiy tajribasida fikr va tuyg‘ular birligiga 
erishish, namunaviy axloqiy andoza, kishilar xatti-harakatida ularni qo‘llay 
bilish darajasi
— odob (etiket): shaxs xulqi shakllarini qat’iylashtiradigan qoidalar bilan 
o‘zaro muloqotda amalga oshirish darajasi.
Axloqiy madaniyatning asosiy maqsadi ma’naviy va jismoniy jihatdan 
kamol topgan insonni tarbiyalashdan iboratdir. Mustaqillik sharoitida milliy 
istiqlol  g‘oyalari  bilan  sug‘orilgan  axloqiy  madaniyat  «sog‘lom  avlod»ni 
voyaga yetkazish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. «Sog‘lom avlodni 
tarbiyalash  —  buyuk  davlat  poydevorini,  farovon  hayot  asosini  qurish 
deganidir»
1
.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin