O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
jarayonida yuzaga keladi, rivojlanadi, oqibat-natijada jamiyat iqtisodiy mada-
niyatining xarakterini belgilaydi.
Shuni  aytish  kerakki,  kishilarning  jamiyat  iqtisodiy  hayotining  turli 
sohalarida maqsadga muvofiq ijodiy faoliyati, sifat jihatidan yangi natijalarga 
erishuvi iqtisodiy madaniyatning mazmunini tashkil etadi.
Jamiyat  iqtisodiy  madaniyati  shaxs  iqtisodiy  madaniyati  tushunchasi 
bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxsning iqtisodiy madaniyati uning o‘z-o‘zini kamol 
toptirishini ifoda etib, nafaqat madaniyat qadriyatlarini yaratish, boyitish va 
iste’mol qilish darajasini, balki bu jarayonda o‘z erkinligini yanada yuqori, 
yangicha bosqichga ko‘tarishni ta’minlaydi.
Shaxs iqtisodiy madaniyatining ahamiyati shundaki, u mehnat faolligini, 
uning  oqilona  ehtiyojlari  va  manfaatlarini,  ularni  harakatga  keltiradigan 
mexanizmlarni tarkib toptiradi, oqibat-natijada iqtisodiy voqelikni qayta qurish 
va mukammallashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat faolligida iqtisodiy 
madaniyatning ideal, ijtimoiy burch, e’tiqod, zaruriyat, mas’uliyat, iste’mol 
singari komponentlari aks etadi. Ijodkorlik bu yerda alohida rol o‘ynaydi.
Shaxsning iqtisodiy madaniyati iqtisodiy bilimlar, e’tiqodlar va amaliy xatti-
harakatlarning birligidir. U tarkiban o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
— iqtisodiy bilimlarning muayyan darajasi (iqtisodiy bilimlar, ma’lumotlar, 
tasavvurlar yig‘ilmasi); 
— iqtisodiy bilimlarni amalda qo‘llay bilish qobiliyatlari (yuksak onglilik, 
xo‘jalik yuritishga qobiliyat, tashkilotchilik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik va h. 
k. ).
Iqtisodiy madaniyat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
— bilish funksiyasi. Bu funksiya iqtisod fanlarining holati, fan asoslarini 
tajribaga tadbiq etishning usul va yo‘llarini bilib olishga asoslanadi. hozirgi 
zamon  iqtisodiy  voqeligini  bilish  iqtisodiy  qonunlarni  egallash,  iqtisodiy 
hodisalar mohiyatiga chuqur kirib borish jarayonini chuqurlashtirishni nazarda 
tutadi. Iqtisodiy madaniyatni egallash orqali inson iqtisodiy hayot, jamiyatdagi 
yangiliklarni kashf etish, iqtisodiy munosabatlar tizimidagi uyg‘unlikni anglab 
yetishi mumkin.
—  dunyoqarash  funksiyasi.  Dunyoqarash  bir  qancha  ma’naviy-ruhiy 
qatlamlarni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiylaridan biri iqtisodiy dunyoqarash 
bo‘lib,  u  iqtisodiy  g‘oyalar,  qarashlar,  tasavvurlar  tizimidan  iborat.  Bozor 
iqtisodiyotiga  o‘tish  jarayonida  kishilarning  dunyoqarashini  tarbiyalash 
islohotlarni amalga oshirishning muhim ma’naviy omili hisoblanadi. holbuki, 
«zarur shart-sharoitni yaratmay turib, odamlarni jiddiy o‘zgarishlarga ruhan 
tayyorlamay turib, bozor munosabatlarining belgilarini o‘ta jadallik bilan, sun’iy 
ravishda o‘tkazish kutilgan natijalarni bermasligi u yoqda tursin, hatto bozor 


68
madaniyatshunOslik asOslaRi
iqtisodiyotini qurish g‘oyasiga putur etkazadi»
1
.
—  tarbiyaviy  funksiya.  Bu  funksiyaning  ahamiyati  shundaki,  iqtisodiy 
madaniyatni egallash, uni e’tiqodga aylantirish inson faoliyatining  muhim 
omili hisoblanadi. Bilimlarning e’tiqodga aylanishidagi bosh harakatlantiruvchi 
kuch — bu ehtiyojlar va manfaatlar bo‘lib, ular «kishilarning yashashi, mehnat 
qilishi va ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo‘lishi uchun iste’mol etilishi zarur 
mahsulotlar va xizmatlar majmui»ni ifodalaydi
1
.
Iqtisodiy  e’tiqod  kishilarning  iqtisodiy  faoliyatga  nisbatan  bo‘lgan 
munosabatini bildiradi. Bilimlar insonlar tomonidan aql-idrok va yurakdan 
o‘zlashtirilgan taqdirda e’tiqodga aylanadi. Iqtisodiy madaniyat bu jarayonda 
katta ahamiyat kasb etadi.
— amaliy funksiya. Buni, odatda, ishlab chiqarish funksiyasi deb ham 
yuritiladi. Iqtisodiy madaniyat ma’naviy va amaliy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga 
ega bo‘lib, u kishining xatti-harakatlariga, xulqiga chuqur ta’sir o‘tkazadi, 
insonning  ijtimoiy  faolligini  oshiradi,  to‘g‘rirog‘i,  mehnatga,  jamoa  bilan 
munosabatni uyg‘unlashtirishga, moddiy manfaatdorlikni har tomonlama 
asoslashga  da’vat  etadi.  Iqtisodiy  madaniyat  konkret  tashkiliy  malaka  va 
qobiliyatlarni o‘stiradi, xo‘jalik yuritishda hamma vaqt omilkorlikni, uning 
barcha zahiralarini ishga solish qobiliyatlarini oshiradi.
Prezidentimiz I. A. Karimov davlat qurilishi va iqtisodiy rivojlanish ning 
ma’naviy kamolot, yuksak axloqiylik bilan uyg‘un bo‘lishi haqidagi konsepsiyani 
ilgari surar ekan, bunda iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirish muhim omil 
hisoblanadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin