Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
urf-odatlar, an’analar, ko‘nikmalarni namoyon etadilar va h. k. Bularning
barchasida ikki jihat — obyektiv va sub’ektiv tomonlar o‘zaro bog‘langan
bo‘lib, ular bir-biriga o‘tib turadi. Chunonchi, bu jarayonda insonning o‘zi
sub’ekt sifatida faoliyat ko‘rsatsa, jamiyat va boshqa kishilar uning axloqiy
faoliyatining obyekti bo‘lishi mumkin. Biroq har bir inson ayni vaqtda boshqa
odamlar, jamiyat axloqiy faoliyatining obyekti hamdir.
Axloqiy madaniyat tarkibidagi axloqiy faoliyatda inson yoki jamiyatning
axloqiy ongi, axloqiy munosabatlari amaliy jihatdan yaxlit namoyon bo‘ladi,
axloqiy talablar, yuksak fazilatlar gumanistik mohiyat kasb etadi. Axloqiy
faoliyat tarkiban quyidagilardan iboratdir: axloqiy bilimlarni egallash; axloqiy
tuyg‘ularni shakllantirish; o‘z-o‘ziga axloqiy talabchanlik; muayyan mehnat
turlari bilan mashg‘ul bo‘lish; axloqiy tarbiyalanganlik va h. k.
Axloqiy madaniyat tarkiban yuqoridagi uch jihat (axloqiy ong, munosabat,
faoliyat)ni o‘z ichiga oladi va, ayni paytda, axloqning real ko‘rsatkichi,
axloqiylikning amaldagi me’yori sifatida yuzaga chiqadi. U nafaqat axloqiy
tasavvur va me’yorlarning butun tizimini, balki jamiyat axloqiy tajribasining
kishilar tomonidan faqat o‘zlashtirilgan qismini, axloqiy bilimlarning amaliyot
bilan reallashgan ko‘lamini o‘z ichiga oladi.
Abdulla Avloniyning yozishicha, axloqiy madaniyatning rang-barang
kategoriyalari mavjud. Binobarin, axloqiy madaniyat shunday ilmki, u kishilarni
yaxshilikka undab, yomonlikdan qaytishga da’vat etadi, deydi u. «Yaxshi
xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila
bayon qiladigan kitobni axloq deyilur»
1
.
Anglashiladiki, axloqiy madaniyat tushunchasining negizida axloq turadi.
Ma’naviy faoliyatning o‘ziga xos mahsuli bo‘lgan axloq yaxshilik va yomonlik,
burch va adolatparvarlik kabi tushunchalar orqali amal qiladi. Bularga
suyanadigan axloqiy baho kishilarning xulqi va ular o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga solib turadigan axloqiy qoidalar va me’yorlarda ifodalanadi. Axloq, bir
tomondan, axloqiy me’yorlar tizimidagi muayyan g‘oyalar, qarashlar, tamoyillar,
ikkinchi tomondan, kishilarning axloqiy fazilatlari, hissiyotlari va odatlaridir.
Shuni ta’kidlash kerakki, axloqning tarkibiy qismini tashkil etadigan qarashlar
va tamoyillar, me’yorlar va qoidalar hamda axloqiy fazilatlar mohiyatan o‘zida
konkret tarixiy mazmun va muayyan ijtimoiy ma’noni ifodalaydi. Bu mazmun,
yuqorida aytilganidek, kishilar o‘rtasida obyektiv tarzda amal qilinadigan
munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Shu sababli alohida olingan u yoki bu
jamiyatning axloqiy tamoyillari to‘g‘risida fikr yuritganda, ayni paytda, sotsial
guruhlarning axloqiy talab va me’yorlari nazarda tutiladi.
Axloqiy madaniyat inson xulqining konkret shakli sifatidagina mavjud
bo‘ladi. U, yuqorida ko‘rsatganimizdek, faqat kishilarning axloqiy ongidan
72
madaniyatshunOslik asOslaRi
iborat bo‘lmay, aynan ularning xulqi orqali reallashadi. Shunga ko‘ra, inson
xulqining axloqiy madaniyati degan tushuncha mavjud. Insonning axloqiy
xulq madaniyati u yoki bu axloqiy tamoyillar va talablardan emas, balki shu
bilan birga, uning o‘zi tomonidan o‘zlashtirilgan axloqiy qarash va tasavvurlar,
tuyg‘u va odatlarning yig‘indisidan iboratdir. Shunga ko‘ra, shaxsning axloqiy
fazilatlariga o‘zi aytgan so‘zlariga qarab emas, balki qilayotgan ishlaridan kelib
chiqib baho berish to‘g‘riroqdir.
Demak, axloqiy madaniyatni xulqning tashqi jihatlariga qarab belgilash
unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Tashqi tomondan juda ham xushmuomala bo‘lib
ko‘rinish ortida qandaydir g‘arazli manfaatlar yotishi sir emas. Binobarin,
insonning axloqiy madaniyati ichki mazmun bilan uning tashqi ifodalanishi
o‘rtasidagi uyg‘unlikni taqozo etadi.
Axloqiy madaniyatning o‘ziga xosligi uning vorisiylik qonuniyatlarida ko‘zga
tashlanadi. Buning ma’nosi shuki, yangi avlod o‘zidan oldin yuzaga kelgan
axloqiy qadriyatlardan ijodiy foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ma’lumki, ilk
axloqiy tasavvurlar zardu‘shtiylikning muqaddas kitobi — «Avesto» da, turkiy
xalqlarning qadimgi bitiklarida, yozma va og‘zaki adabiyotning rang-barang
asarlarida, xususan, pandnoma, odobnoma kabilarda, buyuk allomalarning
falsafiy merosida alohida o‘rin olgan.
Jamiyatning axloqiy madaniyati mazmunan shaxs axloqiy madaniyatidan
farq qiladi. Jamiyat axloqiy madaniyati axloqiy qadriyatlar va yo‘nalishlar
tizimini yaxlit va keng qamrovda ifodalaydi, shaxs axloqiy madaniyatida esa
ana shu tizimning muhim jihatlari individual o‘ziga xoslik bilan aks etadi.
Axloqiy madaniyatning bu ikki darajasi o‘zaro bog‘langandir. Jamiyat
axloqiy madaniyatining taraqqiyot darajasi ko‘p jihatdan shaxs axloqiy
madaniyati barkamolligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa tomondan, jamiyatning
axloqiy madaniyati nechog‘lik darajada boy bo‘lsa, shaxs axloqiy madaniyati
rivojlanishi uchun shunchalik qulay imkoniyat yuzaga keladi.
endi shaxs axloqiy madaniyatining ba’zi tomonlari bilan tanishib
chiqaylik:
Shaxsning axloqiy madaniyati quyidagilarning tarkibiy birligidan tashkil
topadi:
— uning jamiyat axloqiy qadriyatlarini o‘zlashtirish va boyitish darajasi;
— insonning shaxsiy axloqiy intilishlari bilan ijtimoiy axloqiy talablar
sohasidagi uyg‘unlik. Bu narsa jamiyatdagi ustuvor axloqiy tamoyillar va
me’yorlarga muvofiq ravishda shaxs axloqiy fazilatlarini shakllantiradi.
1
Qaralsin: A. O‘lmasov, M. Sharifxo‘jayev. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: O‘qituvchi, 1995,
84-b.
|