Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
shart-sharoitlar yaratilmoqda;
— fan, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik yo‘lga
qo‘yilmoqda. Bu sohada xalqaro-huquqiy me’yorlar yaratilmoqda, ustuvor
yo‘nalishlar amalga oshirilmoqda, ilmiy-pedagogik kadrlar, talabalarning
rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorligi kengaymoqda
1
.
Demak, fan taraqqiyoti har bir jamiyatning madaniy yuksalishini belgilovchi
mezonlardan biri hisoblanadi, respubkamiz ijtimoiy taraqqiyotida zamonaviy
fan yutuqlari ulkan ijtimoiy-siyosiy hamda ma’naviy-madaniy omil bo‘lib xizmat
qilmoqda.
D I N
Din insoniyatning ma’naviy madaniyati tizimida alohida o‘rin tutadi.
Dinning asosiy belgisi ilohiy kuch-qudratga bo‘lgan ishonch, e’tiqodda
namoyon bo‘ladi. Din tabiat va jamiyat hodisalarini tushuntirish usullaridan
biri sifatida ham madaniyat tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Madaniyatshunoslar fikricha, diniy madaniyat chuqur ijtimoiy ildizga ega
bo‘lib, asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amaliyoti birligida o‘z
ifodasini topadi. «Insonning diniy tasavvuri deganda uning dunyoqarashida
aks etadigan Tangri, farishtalar, maloyikalar, iblis-shayton, hur-g‘ilmonlar,
jinlar, ularning odamga munosabatlari to‘g‘risidagi tushunchalari majmuiga
aytamiz. Insonning diniy kayfiyatlari deganda uning hissiyoti bilan bog‘liq
bo‘lgan ojizligi, zaifligi, qo‘rqishi, umid va tasallisini tushunamiz. Insonning
diniy amaliyotlari esa Tangriga toat-ibodat, ya’ni besh vaqt namoz o‘qib sajda
va sig‘inish, ro‘za tutish, turli marosimlar va nazr-niyozlarni o‘z ichiga oladi»’
1
.
Kishilik jamiyati tarixi shundan dalolat beradiki, hamma vaqt ham kishilarda
diniy tasavvur, kayfiyat, amaliyot va tushunchalar mavjud bo‘lgan emas.
Diniy tasavvurlarning yuzaga kelishiga, asosan, inson va borliq o‘rtasidagi
murakkab munosabatlar sabab bo‘lgan. Olimlar eradan oldingi 5—4 ming
yilliklar davrida odamlarda Ollohga ishonib yashash tuyg‘usi shakllanganligi
haqida yozadilar.
Din ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyotining muayyan bosqichida insonning
dahshatli va tushunib bo‘lmaydigan tabiat kuchlari oldida ojizligini ifodalaydigan
ma’naviy hodisa sifatida paydo bo‘lgan. Zamonlar zayli bilan inson tabiatning
sirli hodisalarini tushunish sohasida tajriba to‘play borgan. Buning oqibatida
kishilar ongida tabiat hodisalari va narsalarida qandaydir ilohiy kuch bor, bu
kuchlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ezgulik va yovuzlik xususiyatlariga ega, degan
tasavvurlar hosil bo‘lgan.
Diniy tasavvurlar shakllanishining ilk bosqichida yakkaxudolilik emas,
aksincha, tabiat va jamiyatning rang-barang hodisalarida «muqaddas
88
madaniyatshunOslik asOslaRi
ruh», «jon» va boshqa ruhiy ibtidolar borligi haqidagi tushunchalar yuzaga
kelgan. Buning natijasida kishilar narsalarga, o‘simliklarga, hayvonlarga va
shunga o‘xshashlarga e’tiqod qo‘yib, ularga sig‘inganlar. Animiylik, fetishiylik,
totemiylik, afsungarlik kabi diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida shunday
aqidalar negiz bo‘lgan.
Real mavjud va, ayni vaqtda, g‘ayri hissiy (fetish) xususiyatlarga ega bo‘lgan
predmetlar dastavval diniy munosabatlar obyektini tashkil etgan. Fetishiylik
afsungarlik bilan bog‘langan bo‘lib, hodisalar yo‘nalishini sehrgarlik bilan
o‘zgartirish mumkinligini ishontirishga harakat qilgan. Predmetga xos deb
hisoblangan g‘ayri hissiy xususiyatlar keyinchalik ulardan alohida mustaqil
mohiyat-«ruh» sifatida ajratiladi, oqibat-natijada tanadan alohida yashovchi
«jon»- (animizm) haqidagi aqidalar yuzaga keladi. Urug‘chilik jamiyati barham
topishi jarayonida qabilaviy dinlar o‘rniga ilk sinfiy jamiyatga xos bo‘lgan
ko‘pxudolilikni ifodalovchi dinlar paydo bo‘ldi. Tarixiy taraqqiyotning bir qadar
so‘nggi bosqichlarida esa jahon dinlari — buddizm (e. o. VI-V asrlar), xristianlik
(I asr) va islom (VII asr) yuzaga keldi.
Shunday qilib, diniy ong va tasavvurlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi
mohiyatini ifodalab, tarixiy taraqqiyot mahsuli tarzida kelib chiqadi va
rivojlanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi barham topishi sharoitida politeistik
(ko‘pxudolilik), xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ravishda
shakllangan ijtimoiy munosabatlar davrida monoteistik (yakkaxudolilik)
dinlar yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Markaziy Osiyoda yuzaga
kelgan zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik, keyinchalik esa, islom
dini yuqoridagi xususiyatlarni o‘zida ifoda etadi.
Barcha jahon dinlari kishilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashga, mehr-
muruvvat, o‘zaro hurmat va yordam, halol-pok yashashga undovchi
umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Afsuski, kishilarni tarbiyalashda
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dinning bunday funksiyalari yaqin o‘tmishda
butunlay inkor etildi, diniy madaniyatning jamiyat va shaxs ma’naviy hayotidagi
roli butunlay yo‘qqa chiqarildi. Islom madaniyatining o‘ziga xos bebaho
qadriyatlari «Qur’oni Karim», «hadislar», «Tafsirlar»ni, diniy allomalarning jahon
e’tirof etgan asarlarini o‘rganish man etildi.
Milliy mustaqillik tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson hayotida
diniy qadriyatlarning tutgan mavqei o‘z o‘rniga qo‘yildi. Istiqlol tufayli amalga
oshirilayotgan bozor munosabatlariga ma’rifatli yo‘l bilan kirib borishning
asosiy tamoyillari, shubhasiz, ma’naviylikka suyanadi. Bozor munosabatlari
shakllanishi va taraqqiy etishiga ko‘mak beradigan ma’naviy omillardan
ustuvorlik bilan foydalanish masalasining muhimligi ham ana shundadir.
Ma’naviyatimizning tarixiy ifodasi va o‘zaklaridan biri hisoblanmish din va diniy
qadriyatlar bu jarayonda o‘ziga xos mavqe tutishi tabiiy. Darhaqiqat, xalqimiz
|