E.L.Yakovleva tomonidan taklif etilgan tuzatish dasturini xavola qilamiz. Yozilgan
so`zlarni tahlil qilish, ulardagi harflarni ko`rish uchun bolalarga diqqat qilish
o`yinlari taklif qilinadi. Bu o`yin asosida sanash, tuzatish testi yotadi. Buning uchun
katta shrift harflarida bosilgan eski ertak kitoblari olinadi. Bolalarga 5 daqiqa
davomida uchragan –a- harfini chizish taklif etiladi. Bunda bola 4 va undan ortiq - a- harfini qoldirsa yutkazadilar, agar kam qoldirsa yutadilar degan shart qo`yiladi.
Yutganlar rag`batlantiriladi.
O`yinni har kuni o`ynagan ma`qul, yutuklar natijasi esa, bir xaftada bir marta
e`lon qilinadi va g`olib taqdirlanadi. Topshiriqni bir-biriga qo`shni bolalarning
o`zlari tekshiradilar. Chunki bu yoshdagi bolalar o`z ishlaridan kura o`zgalar ishiga
juda qiziqadilar. Shunga kura ular sezmay qoldirgan xatolarga kura ularning bir
necha daqiqa davomida diqqat-e`tiborlarini to`plagan holatlari juda ahamiyatlidir.
Natijalar tahlili shuni ko`rsatadiki, 4 - haftadan so`ng o`qituvchining «Diqqat -
e`tiborli bo`l» degan shiori bolalarda diqqatning to`planishiga xizmat qiladi.
O`yin bilan bir vaqtda bolada ona tili darsligidan o`qish ko`rsatmasi beriladi.
Bu usul bilan so`z qanday yoziladi va qanday o`qilishi haqida qiyosiy tushunchaga
ega bo`ladi. Hammamiz bilamizki, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi,
diqqatni rivojlanishiga doir mashg`ulotlar bo`lib, ular o`quvchilarning o`ziga xos
xususiyatlarini, ya`ni ularni diqqat-e`tiborli bo`lishga, bilimlarni mustahkamlashga
va barcha topshiriqlarni bajarishga o`rgatadi. U mashg`ulotlar quydagilar:
«Aylanalar», «Kvadratlar», «Uchbo`rchaklar» aniq, lekin ko`tilmagan o`yini,
«Sabablar tizimini tuzish», «Muammoni izlashda ziyraklik va hokazolar».
Masalan, «Aylanalar» mashg`uloti. Mashg`ulot maqsadi:o`quvchilarda
ijodiy tafakkurning tezligi, o`zgaruvchanligi va o`ziga xosligini shakllantirishdir.
Mashg`ulot uchun zarur material oq qog`oz, qalam o`quvchilarga qo`yiladigan
talab, ya`ni beriladigan topshiriq quyidagicha: qo`lingizdagi qog`ozning qismiga
ismi-sharifinngiz, sinfingizni yozing. Sizning vazifangiz - qog`ozga aylanalar
chizib, ularning ichiga iloji boricha ko`proq rasmlar chizishdan iborat. Bunda
chizgan rasmingizning tagiga nomini yozib qo`ying. O`quvchilar topshiriq bilan
tanishtirilgandan so`ng, mashg`ulotni olib boruvchi doskada bir ikkita aylanani
29
chizib ularni ichiga rasm chizadi va tagida nomini yozib kursatadilar. Masalan: olma, soat, mashina. Sungra bolalar topshiriqni bajarishga kirishadilar va olingan
natijalar qaytaishlanadi.