Pedagog – tarbiyachining bolaga ta`lim berish jarayonida unga qo`yiladigan talablarni ilmiy jihatdan asoslash;
Tarbiyachi shaxsini shakllantirish va uning kasbiy mahorati haqida ma`lumot berish.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi, kirish, ikkita bob, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I.BOB. JAMIYATDA TARBIYACHI MODELINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1. Tarbiyachi modelini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang’ich bilim va tushunchalar beradi,ularga madaniy axloq, o’z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo’lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo’ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiyatga qiziqish kuzatuvchanlik, o’simlik va hayvonlarga g’amxo`rlik bilan qarash , mexnatsevarlik, kattalarning mexnatini qadrlash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.
Xalq sana’ti, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boriladigan ishda yordam beradi va jamiyatda ijtimoiylashuviga ko’maklashadi. Tarbiyachi kerakli bilim, ko’nikma , malakalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina o’z shaxsini shakllantiradi hamda bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi modelini shakllantirishda va jamiyatda o’z ijtimoiy pedagogik jihatlarining samaradorligini oshirishda o’z kasbining mohir ustasi bo’lish uchun maxsus tayyorgarlik ko’rishi shart. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
Tarbiyachi yosh avlodni tarbiyalashi uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarnni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan , ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan ilg’or tajribali pedagoklarning tajribasini o’rganib o’z ishiga tadbiq eta oladigan bo’lishi;
Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan ularning xulqi, xatti-harakati, sabablarini to’g’ri tahlil qilib unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi;
Yosh avlodni kerakli bilim , malaka , ko’nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy ixcham bo’lishi lozim.
Ta`lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak.
Bolalar bilim , malaka, ko’nikmalarini yaxshi o’zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;
Tarbiyachi o’ziga yuklangan vazifani bajarishi uchun bolalarda o’sha faoliyatga nisbatan qiziqish uyg’ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o’stirish, bolalarning xulqini xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;
Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo’yishi;
Kun tartibini to’g’ri tashkil eta bilishi, bolalar jamosiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;
Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan birga amalga oshiriladigan ta’lim tarbiyaviy ishlarda e’tiborga ola bilishi;
Tarbiyachi ota- onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o’tkazib axborot almashtirib turishi;
Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatida bo’lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo’lsa ovuntira olishi;
Kun tartibida olib borgan ta’lim tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo’llarini topa bilishi kerak.
Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to’g’ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Bunday shaxsiy sifatlar tarbiyachi shaxsini shakllantiradi va jamiyatda ijtimoiy pedagogik jarayonlarning rivojlanishiga yaqindan yordam beradi.
M.G.Davletshin o’z izlanishlarida tarbiyachi qiyofasida aks etishi zarur bo’lgan
shaxsiy va kasbiy sifatlarni yaxlit majmua tarzida quydagicha ifodalaydi:
Tarbiyachining shaxsiy xususiyatlari (bolalarni yaxshi ko’rish, amaliy psixologik, aql farosatlilik, mehnatsevarlik, jamoat ishlarida faollik, mehribonlik, kamtarinlik, odamiylik, dilkashlik, uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo’lish, o’z bilimini oshirishga intilish).
Kasbga xos bilimlarga egalik (ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad vazifalarini tushunishi, psixologiya asoslarini, yosh psixologiyasini bilishi zarur maktabgacha yoshidagi bolalarning psixalogik – pedagogik xususiyatlarini tushunishi, o’z fanini o’qitish metodikasini bilishi, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi, ota onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi).
O’z kasbiga xos xislatlarga egalik ( zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladigan o’quv tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar milly an`analar va urf – odatlarning ahamiyatini tushunishi tarbiyachining kuzatuvchanligi, o’z diqqat e’tiborini taqsimlay olishi, pedagogik fantaziyaning rivojlanishi, o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi, o’zini qo’lga ola bilishi, pedagogik takt, nutqning emmotsional ifodalanishi ).
Shaxsiy pedagogik uddaburonligi ( mashg’ulotlar uchun zarur materiallarni tanlay bilishi, tarbiyalanuvchilarning bilish qobiliyatini boshqara bilishi, ta’lim va tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi, pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi, mashg’ulot maqsadlarini rejalashtira olishi, o’zini ta’lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi).
Tashkilotchilik malakalariga egalik ( bolalar jamoasini uyushtira bilishi
Turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara bilishi, bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi, amaliy masalalarni hal etishda o’zining bilim va tajribalarini ustalik bilan qo’llay olishi).
Komunikativlik malakalariga ega ekanligi ( bolalrni o’ziga jalb etishni bilishi, bolalar va ota onalar bilan pedagogik munosabatni tartibga solishni bilishi, bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solishni bilishi, bolalar va ota – onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi).
Ijodiy xislatlarga egalik ( tarbiyachi mahoratini takomillashtirishga intilishi tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati, o’zini bolaning o’rniga qo’yib bo’lib o’tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi o’zining tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta’sir natijalarini oldindan ko’ra bilishi).
Jamiyatda tarbiyachi modelini shakllantirishning ijtimoiy va pedagogik, psixalogik tayyorgarligi – tarbiyachining ta’lim tarbiya jarayonining qonun qoidalarinio’zlashtirishi, pedagogik , psixalogik bilim malakalarga ega bo’lishi, ta’lim oluvchi shaxsining yosh va individual xususiyatlarini bilishi hamda ularning psixalogik holatni boshqara olish, ta’lim jarayonini , uning mazmuni, tamoyillari, ta’limni tashkil etishning shakl, metod, va vositalari haqida dastlabki nazariy ma’lumotlarga egalik darajasidir. Jamiyatda tarbiyachi modelini shakllantirishda uning ta’lim tarbiya jarayonini tarbiyalanuvchilar bilan olib borish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog o’zining tarbiyachilik mahoratini milliy istiqlol g’oyasini ozod va obod vatanga muhabbat va insonparvarlik ma’naviy axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekalogik tarbya, nafosat tarbiyasi, komil insonni voyaga yetkazish kabilarga e’tabor berishi lozim.
Behbudiy aytganlaridek “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”, Ibn Sino ta`kidlaganidek “ Kimga qanday pand –u nasixat qilsang unga
avvalo o’zing amal qil”.
Quyida keltirilgan barcha ko’rsatmalar tarbiyachi modelini shakllantirishning ijtimoiy pedagogik asoslarini tashkil etadi.