Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tayyorlash, voyaga yetkazish, va uni ma’lum bir kasbga yo’naltirish og’ir va mashaqqatlimehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqatli mehnat uzliksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir.
Malakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov “Yuksak - ma’naviyat yengilmas kuch “ asarida tarbiyachining kasbiy faoliyatiga shunday tarif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqida gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaxo merosni eslash bilan birga, ota – onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – tarbiyachi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz… muxtasar qilib atganda, talim olish dargohining inson va jamiyat taraqqiyotidaagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan tarbiyachi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o’lchab qiyoslab bo’lmaydi”1 degan edilar.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O’zbekistoning iqboli ta’lim sohasida olib borilayotgan islohatlarning mufaqqiyati ko’p jihatdan tarbiyachi va uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga , yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darjasida tarbiyalab voyaga yetkazishga nisbatan shijoatga bog’liq.
Ma’lumki MTT da tarbiyoviy jarayon bevosita tarbiyachi tamonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangich ijtimoiy sharoitda ta’limtarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadlarga erishish tarbiyachining mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari xilma xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilmli, odobli,e’tiqodli, vatanparvar, mexnatsevar, barkamol inson qilib o’stirish va kasbga yo’naltirish tarbiyachilar zimmasiga yuklatilgan.
Tarbiya – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo’lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tamonlama shakllantirish, uning hulq atvori va dunyo qarashi, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo’naltirilgan qizg’in faoliyat jarayonidir.2 Tarbiyachilar va doimiy izlanishda bo’lgan tarbiyachilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quydagi talablarga javob berishi kerak.
Har qanday pedagogik vaziyatlarda tarbiyalanuvchining ichki va tashqi dunyosini to’g’ri tushunish malakasi;
Pedagogik vaziyatlarni to’g’ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
Tarbiyoviy vaziyztni har tamonlama puxta baxolay olish qobiliyati;
Xilma – xil pedagogik taktlardan o’zi uchun eng muhimini ajrata olish;
Ziddiyatli tasodifiy xolatlarda ikkilanmasdan to’g’ri qaror qabul qila olish;
Tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;
Fikr va mulohazalarni so’z bilan mimika va fontamimika harakatlari bilan tarbiyalanuvchi ongiga aniq yetkaza olish;
Mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari faoliyatda tarbiyalanuvchilar bilan komunikativ aloqa o’rnata olish qobiliyati;
Qiyin holatlarda tarbiyalanuvchilarga yordam bera olish;
Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajratmaslik bir xil munosabatda bo’lish;
Har bir tarbiyalanuvchining yashirin ijobiy fazilatlarini ko’ra olish va takomillashtirish.
Pedagog – tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o’yinlarda, mashg’ulotlarda, birgalikda mehnat faoliyatida va ular bilan bo’ladigan muomalada ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyachi shaxsi har bir bolani diqqat bilan o’rganishi uning shaxsiy hususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatni namoyan qilishi, bolalarning hulq atvorini , ish natijalarini haqqoniy baxolashi kerak, ularga o’z vaqtida yordam ko’rsata olishi oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o’z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e’tiqodliligi, o’z kasbini sevishi lozim. Tarbiyachi shaxsiga quyiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o’z predmetini, umummetodikasini chuqur o’zlashtirgan bo’lishi zarur. Bu tarbiyachining obro’sini ko’taradi. Tarbiyachi shaxsiga xos bo’lgan muhim fazilatlardan biri bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagok bo’la oladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchu shaxsiga xurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada tarbiyachiga nisbatan ishonchni uyg’otadi, tarbiyachiga bolalarni chinakam ma’naviy murabbiysi bo’lishga imkon beradi. Tarbiyachi qobiliyati pedagogik mahoratga erishishning zamiridir pedagogik qobiliyat takibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tassavur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomila kiradi. Tarbiyachining qobiliyatlari pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayoni shakllanadi.
Tarbiyachi o’z ishining ustasi – bu yuqori madaniyatli, o’z fanini chuqur egallagan va so’z san`atidan yaxshi xabardor bo’lgan ta’lim – tarbiya metodikasini a’lo darajada o’zlashtirgan bo’lishi lozim. Bu tushunchlarni chuqurroq anglashga harkat qilsak quydagilarni aniqlashimiz mumkin:
Tarbiyachi qobiliyati tuhunchasining mazmun mohiyati
Ta’lim -tarbiya berish metodikasini mukamal egallagan bo’lishi
Tarbiyachilik kasbini tabiyat bergan qobiliyat rivojlantirish.
V.A.Slasttelin ta`rificha, pedagogik qobiliyat shaxsining kasbiy yo’nalishidagi yuqori ko’rinishi bilan har qanday faoliyat qobiliyatning asosiy ko’rsatkichi uning fikricha, maxsus umumlashgan malakalarni egallaganligidir. Tarbiyachilik kasbiy bilimlarining xususan pedagogik pisixalogik bilimlarining yetishmasligi yoki uning rad etilishi va hatti – harakati unga yetarlicha e’tibor bermaslik ko’pgina hollarda tarbiyachi tayyor materiallardan foydalanib o’z ustida izlanishlarni to’xtatib qo’yadi. Bu esa tarbiyachi shaxsiga nisbatan bilimsizlik darajasini olib keladi. Tarbiyachi bolalarni o’qitish emas, o’qishga boshqarib turishi tarbiyalash emas, tarbiya jarayoniga raxbarlik qilish uchun yaratilgan bu vazifani u qanchalik chuqur anglab yetsa u o’z bolalariga shunchalik erkinlik, tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash uchun sharoit yaratib bergan bo’ladi. Tarbiyachilik qobiliyatini haqiqatdan ham yuqori darajada egallagan tarbiyachi ta’lim tarbiya jarayonini go’yo chetdan kuzatib turgandek tuyuladi, aslida esa bu jarayon boshqarilib boriladi.
Buyuk grek faylasufi Suqrot o’sha davrlardatoq mutaxasis tarbiyachilarni “fikr akusherlari” deb nomlagan edi. Tayyor haqiqatni e’lon qilish emas balki bolalar ongida yangi fikr tug’ulishini taminlash zarur. Tarbiyachi ta’lim – tarbiya jarayonini boshqarishdagi birinchi vazifasi – maqsadni belgilaganidadir. Maqsad esa pedagogik faoliyatda tayanch omildir. Tarbiyachi va bolalarning umumiy mehnatini ma’lum yo’nalishga boshqarib boradi. Bu esa o’z o’rnida kutilgan natijalarga yetaklaydi. Boshqarish jarayoning mohiyati ana shundan iboratki, pedagogik jarayon ishtirikchilari harakatini muvofiqlashtirb turadi. Ta’lim jaroyonini boshqarish, avvalambor, bolalar bilimiga asoslanadi. Tarbiyachilarning tayyorlanganlik darajasi imkoniyatlar tarbiyalananliklari rivojlangan bo’lishi lozim.
Tarbiyachi shaxsi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Tarbiyachi tomonidan bajariladigan vazifalarning ko’pligi uning kasbida boshqa ko’plab boshqa ko’plab mutaxasisliklar elementlaridan foydalanishni taqozo etadi, aktyorlik, rejissiyorlik, menjerlik, tadqiqotchilik kabilardir. Ya.A Komenskiyning ta`kidlashicha tarbiyachilikning asosiy belgisi shundan iboratki, u o’zining yuqori darajadagi axloqiyligi, kishilarga muhabbati, bilimi va mehnatsevarligi va boshqa sifatlari bilan tarbiyachiga namuna bo’lsin va namuna ko’rsatib ularda insoniylikni tarbiyalasin3.