57
aralashtirmaslik kerak. Balans to‘g‘ri, ammo noreal bo‘lishi mumkin, ya’ni balans
ma’lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo‘ladi va haqiqiy mavjud mablag‘larni
ko‘rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real sharoitni, masalan, asosiy vositalar
ma’naviy eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi va shu
kabilarni ko‘rsatmaydi.
Balansning yahlitligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari
bo‘yicha tuzilishini, ya’ni korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalarida va
tarmoqlarida buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xildagi mazmuni, ularning
korrespondensiyasi va shu kabilar qo‘llanilishini anglatadi.
Balansning izchilligi har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi
lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy balansi (yil oxiriga bo‘lgan
ma’lumotlar) yil boshiga bo‘lgan boshlang‘ich balansi ma’lumotlari bo‘lishi kerak,
chunki hisobot yili oldingi yilning davomi hisoblanadi.
Balansning tushunarliligi - balansni tuzuvchilar va uni o‘qiydigan hamda
tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir. Balansni aniq va tushunarli qilish
uchun moddalar rekvizitlari va nomlari ikki tilda (o‘zbek va rus tilida) bayon
qilingan, uning shakli ancha soddalashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: