60
IV BOB. XO‘JALIK OPERATSIYALARIDA IKKIYOQLAMA YOZUV
4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi
Korxonalarda ko‘p miqdorda xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib, xo‘jalik
mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo‘jalik
mablag‘larining harakati to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni
olish talab
qilinadi. Bunday ma’lumotlarni balans yordamida olish mumkin emas.
Shuning
uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va
shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash
hamda nazorat qilish usulidir.
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki
ularning manbalarining boshlang‘ich
holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan
joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi.
Natijada schyotlardan ayrim
turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
istalgan paytda olish
mumkin bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan
jadval
shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi.
Ushbu
jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi.
“Debet” va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga
uning rivojlanish davri
boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII
asrlarda sotuvchi va bankir
o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan.
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi”
degan ma’noni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: