54
mos bo‘lishi kerak. Sinov balansi buxgalteriya davrining so‘nggi
kunida
tayyorlanadi.
18
8-jadval
Sinov balansi
T/R
Buxgalteriya yozuvi
Summa
Debet
Kredit
1
Xaridorlardan bo‘nak
XX
2
Xodimlarga bo‘nak
XX
3
Auditorga haq
XX
4
Bankda balans
XX
5
Bank kreditlari
XX
6
To‘langan bank foizlari
XX
7
Kapital
XX
8
Naqd pullar
XX
9
Sotish bo‘yicha komission haq
XX
10
Elektr xarajatlari
XX
11
Asosiy vositalar
XX
12
Tashqi tashuv qiymati
XX
13
Olingan foizlar
XX
14
Ichki tashuv qiymati
XX
15
Ma’muriy xarajatlar
XX
16
To‘lanmagan ijara hisobi
XX
17
Sug‘urtaga to‘lovlar
XX
18
Xaridlar
XX
19
Ijara
XX
20
Ta’mirlash va rekonstruksiya qilish
XX
21
Ish haqi
XX
22
To‘lanadigan ish haqi
XX
23
Sotish
XX
24
Xodimlarga ijtimoiy yordam xarajatlari
(asosiy shtat bo‘yicha)
XX
25
Sarmoya
XX
26
Har xil kreditorlar qarzi
XX
27
Har xil debitorlar qarzi
XX
JAMI
XXXXX XXXXX
Sinov balansi yordamida bir tashkilotning moliyaviy hisobotlarini chizish
mumkin
va
bu keng qamrovli
muvozanatro‘yxatini beradi. Masalan,
18
Learn Financial Accounting financial accounting basics tutorials point simply easy learning. 32-37 b.
55
savdofaoliyatida yalpi foyda aniqlash uchun foyda va zarar tahlil qilinadi, xulosa
qilishga tayyor hisobot tayyorlanadi.
Tugatish balansi korxona faoliyatini tugatish sanasida mol-mulk va uning
manbalari holatini tavsiflash uchun tuziladi. Tugatish
balansi asosida tugatish
komissiyasi korxonaning tugatilish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari
summasini belgilaydi, so‘ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani
tashkil etish chog‘ida muassislar tomonidan ustav kapitaliga kiritilgan badallarni
qaytaradi. So‘ngra korxona mol-mulkining qolganini uning muassislari o‘rtasida
taqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi
bahosida, ya’ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi.
Olinishi
umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Bo‘lish (ajratish) balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga
bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo‘linmasini
boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi
ham deb yuritiladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida
tuziladi.
Axborot hajmi bo‘yicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga
bo‘linadi.Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha
joriy hisob asosida
tuziladi.
Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar
(vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik
mablag‘larini aks ettiradi.
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma
korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi,
Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil
va alohida balansga
ajratiladi.
Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi.Alohida balansni
korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, bo‘limlar, korxonaning avtotransport
va turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi.
Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga
bo‘linadi.
Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir.
“Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”, “Sotib
olingan xususiy aksiyalar” singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.
Brutto (brutto) – italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi “qo‘pol”,
“tozalanmagan” degan ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil
56
ilmiy
tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini o‘rganish
va shunga o‘xshash maqsadlarda tuziladi.
Netto-balans — bu tartibga soluvchi moddalar (Kontraktiv va Kontrpassiv
schyotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib tashlangan, ya’ni
tozalangan balansdir. Netto (netto) so‘zi ham italyancha bo‘lib, “sof”, “toza” degan
ma’nolarni bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi xalqaro
standartlariga
muvofiq aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli
qo‘llaniladi. Masalan, “asosiy vositalarning eskirishi”, “nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi”, “savdo ustamasi” va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan
mos
ravishda chegirib tashlanib, ularning sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda esa
Kontrpassiv schyotlar qoldig‘i, masalan, “sotib olingan xususiy aksiyalar”
moddasining qoldig‘i u bilan bog‘liq tegishli modda, ya’ni “Ustav kapitali”
moddasi qoldig‘idan chegirib tashlanadi.
Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish balanslari
quyidagi ko‘rinishlarda tuziladi:
Dostları ilə paylaş: