O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
3.4. Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini
o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi
Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo‘lib, ularga asoslanib 
xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari 
baholanadi. Aynan mana shunday muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi bois 
buxgalteriya balansi buxgalteriya hisoboti shakllari ichida birinchi o‘rinda turadi. 
Undagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi 
tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, balki ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi 
mantiqiy va o‘ziga xos bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining 
mazmunini bilishda uni o‘qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega
shuningdek, faqat buxgalteriya balansiga xos bo‘lgan ayrim cheklashlarni albatta 
bilish zarur.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni 
undagi axborotdan foydalanuvchilar, eng avvalo tashqi foydalanuvchilarga 
qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning holatini ochib beruvchi, korxonaning 
joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil etilgan xususiy kapital va ayrim 
turdagi rezervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalar batafsillik darajasining 
yuqoriligi shundan kelib chiqadi.
Balansga xos ichki o‘zaro bog‘liqliklar axborotdan foydalanuvchilar 
ehtiyojining qondirilish darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyidagilardan iborat:


58 
1. Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisi passivdagi barcha 
bo‘limlar summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, bu balansning mohiyati bilan 
izohlanadi.
2. Xususiy kapitalning hajmi (passivdagi birinchi bo‘lim) uzoq muddatli 
aktivlar (aktivdagi birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo‘ladi. Bunday xulosa isbot 
talab qilmaydi. Chunki, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati joriy 
aktivlarsiz mumkin emas deb qabul qilingan. Shuning uchun xususiy kapitalning 
tarkibi uzoq muddatli va joriy aktivlar shakllanishini doimo nazarda tutadi. Milliy 
iqtisodiyotdagi tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari aktivdagi mulklar nisbatiga 
har xil ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu uslub bo‘yicha hisoblangan tafovut o‘z aylanma mablag‘larining 
mavjudligini ko‘rsatadi. Bu mablag‘lar va zaxiralar hamda xarajatlarni 
shakllantiradigan uzoq muddatli qarz manbalarining summasi kapital va 
rezervlarning jamini bildiradi (passivning birinchi bo‘limi), hamda uzoq muddatli 
kreditlar va qarz mablag‘lar (passivning ikkinchi bo‘limi) uzoq muddatli aktivlarni 
(aktivning birinchi bo‘limi) chegirib tashlagan holda. 
Shunday qilib, zaxiralar va xarajatlarni shakllantiruvchi asosiy manbalarning 
umumiy miqdori qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasi qo‘shilgan holdagi 
oldingi ko‘rsatkich miqdoriga teng.
3. Uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining birinchi bo‘limi) asosan o‘z 
mablag‘lari hisobidan shakllanishini e’tiborga olib, ularning miqdori xo‘jalik 
yurituvchi subyekt normal faoliyat ko‘rsatgan sharoitda, majburiyatlar (balans 
passivining ikkinchi bo‘limi) summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ularning nisbati 6/4 va undan yuqori 
bo‘lishi normal holat deb tan olinadi.
4. Balansda barcha aktivlar va passivlar juda batafsil beriladi. Bu uning 
aktivi va passivi bo‘yicha ayrim moddalari, natijada, ayrim mulklarni qoplash 
manbalari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishga imkon beradi. Masalan, uzoq muddatli 
va qisqa muddatli qo‘yilmalarni qoplash manbalari bo‘lib, maxsus mo‘ljallangan 
har xil fondlar va rezerv kapitali hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansining eng umumiy sharhi, uning 
ma’lum cheklashlarida (statiklik, baholash tamoyilining realligi va h.k.), undan 
foydalanuvchilarga, eng avvalo mulkdorlarning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida 
zarur axborotlarni taqdim etadi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin