O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi. Toshkent davlat agrar universiteti


Fond birjasining tashkiliy asoslari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/36
tarix05.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#125135
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Tos

 
2.Fond birjasining tashkiliy asoslari 
Klassik ko’rinishdagi fond birjasi – professional ishtirokchilar tomonidan 
uyushtirilgan, eng yaxshi qimmatli qog’ozlarning doimiy ravishda amal qilib turuvchi 
ulgurji bozori bo’lib, u savdo-sotiqning hamda qimmatli qog’ozlar va brokerlarga 
savdolarga ruxsat berishning alohida o’ziga xos bo’lgan tartib tamoyillariga egadir. 
Fond birjasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- birjaga faqat muayyan talablarga javob beradigan eng yaxshi qimmatli 
qog’ozlarga ruxsat etiladi; 
- birja savdolariga fond birjasi a’zolarining maxsus muossasasiga aloqador 
bo’lgan shaxslarga ruxsat etiladi; 
- qimmatli qog’ozlar bilan savdolar qilishning muvoqqat tartibi va 
andozalashtirilgan savdo-sotiq tadbirlarining mavjudligi; 
- savdo-sotiqni muayyan joyda markazlashtirish; 
- birjaning o’zini-o’zi tartibga solishi, ya’ni birjani boshqarishni birja savdolari 
ishtirokchilarining o’zlari amalga oshiradi. 
Fond birjalari real kapitalning rivojlanishini aks ettirgani holda ularning o’sishiga 
ko’p jihatdan yordam beradi. Ular qimmatli qog’ozlarni sarmoyadorlarning keng 
qatlami ichida tarqalishini rag’batlantiradi, bu esa iqtisodiyotni rivojlantirish va 
jamiyatni katta qismining moddiy ahvolini yaxshilanishiga ko’maklashadi. 
Fond birjalari bozor o’zgarishlari yo’liga qadam qo’ygan yosh mustaqil 
davlatlarda alohida ahamiyatga ega. Mazkur mamlakatlarda birjalar iqtisodiyotni 
xususiylashtirish va davlat tasarrufida chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. 
1991 yilning bahorida O’zbekston Xukumatining qarori bilan respublikamizning 
eng yangi tarixida birinchi “Toshkent” O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo 
birjasi tashkil etildi. Mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlar va 
tezkorlik Bilan boshlangan xususiylashtirish jarayoni sababli o’sha yilning o’zida 
ya’ni avgust oyida ushbu birja negizida “Toshkent” O’zbekiston Respublikasi 
universal tovar-fond birjasi tashkil etildi va ushbu birjaning tarkibida QQlar 
bozorining dastlabki rasmiy tashkiloti – Fond bo’limi ochildi. 1992 yilning yanvar 
oyidan boshlab ushbu bo’lim tomonidan qimmatli qog’oo’lar bilan muntazam 
ravishda savdo qiligsh ishlarini boshlagan. Respublikada «Birjalar va Birja ishi 


to’g’risida” gi qonuni qabul qilinib mazkur qonun talablaridan kelib chiqqan holda 
1992 yilning oxirida “Toshkent” birjasi “O’zbekinvest” –O’zbekiston moliya-
investitsiya kompaniyasi aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Tashkil etilgan 
yangi birja tarkibida ham fond bo’limi saqlanib qoldi. YUqorida ta’kidlanganidek 
Respublikamizda qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatining rivojlanib borishi natijasida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yilgi maxsus Farmoniga muvofiq 1994 
yil 8 aprelida uning negizida «Toshkent” fond birjasi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko’ra fond birjasi - bu 
qimmatli qog’ozlar bir maromda muomilada bo’lishining zarur shart sharoitini 
ta’minlash, ularning bozor bahosini belgilash va ularga doir ma’lumotlarni keragicha 
tarqatish, qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori 
darajada saqlab borishfaoliyatining alohida sohasi bo’lgan tashkilotdir. 
Fond birjasida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar quyidagi asosiy 
tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: 
- birja savdolarining ishtirokchilari shuningdek birja xizmachilari tomonidan 
qonunchilik va birja qoidalariga qat’iy amal qilinishi; 
- birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi; 
- birja savdolari o’tkazilishini oldindan belgilangan joy va vaqt Bilan 
reglamentlash yo’li orqali ushbu savdolarning reglamentlanishini ta’minlash; 
- tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi; 
- amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni belgilash
- birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog’ozlar haqidagi ishonchli va to’liq 
ma’lumotlarni zudlik Bilan e’lon qilish hamda birja savdolari ishtirokchilarini birja 
bitimlari narxlari to’g’risida xabardor qilish; 
- qonun yo’li bilan talab etiladigan birja axborotini taqdim etish va e’lon qilish 
kabilardir.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin